59-rasm. Pastki jag` tishlar alveolyar o`sig`ida destruktiv, osteoporoz
o`zarishlar. Panoram rentgen tasviri.
Suyak to`qimalaridagi destruktiv buzilish jarayoni to`rt bosqichdan
(boshlang`ich, I, II, III) iborat.
Jarayonning
boshlang`ich
bosqichi
alveolalar
o`rtasidagi
suyak
to`sinchalarning qisman yoki to`liq destruksiyasi bilan harakterlanadi. Bunda
to`sinchalar cho`qqi qismida suyak destruksiyasi bo`lmasligini yoki yengil
osteoporoz o`zgarishlarni kuzatish mumkin. Agar suyak to`qimasining
destruksiyasi yoki osteoporozi to`sinchalarning 1/3 qismida kuzatilsa, xastalik I
darajali, 2/3 qismida kuzatilsa II darajali, 2/3 qismdan ko`prog`ida bo`lsa
xastalikning III darajali jarohatlanganligini bilish mumkin. (57- rasm).
6.7. Milklarning surunkali kataral yallig`lanishi
Keltirib chiqargan sabablarga ko`ra, mahalliy (chegaralangan) va diffuz
(keng tarqalgan) bo`ladi. Malalliy milk yallig`lanishlari asosan mahalliy noxush
ta’sirotlar oqibatida yuzaga keladi. Noxush ta’sirotlardan mikrobli blyashkalar, tish
toshlari, kariyes kovagining o`tkir qirralari, osilib turuvchi plombalar, ortodontak
vositalar, metall yoki plastmassadan tayyorlangan tojlar, shuningdek tishni
davolash jarayonida ishlatiluvchi kimyoviy moddalarning (mishyak, formalin)
milkka tushishi shular jumlasidandir.
Diffuz yallig`lanish hazm sistemasining bir qator xastaliklarida (surunkali
dizenteriya, gepatit, xoletsistit, surunkali kolit), organizmda kislorod tanqisligida
(yurak-qon tomir xastaliklari), markaziy asab sistemasi kasalliklarida, balog`at
yoshidagi ichki sekretsiya bezlari faoliyatining o`zgarishida, S vitamini
tanqisligida va surunkali yuqumli xastaliklarda yuzaga keladi. Bayon qilingan
kasalliklar organizmning, jumladan parodont to`qimasining mikroblarga nisbatan
turg`unligini susaytiradi.(43-rasm) Shuning uchun bu xastaliklarda kelib chiqqan
116
surunkali milk yallig`lanishini umumiy belgilar sifatida nazarda tutish lozim va uni
bartaraf qilishda mahalliy choralar bilan birgalikda asosiy kasallikni aniqlab, davo
tadbirlarini qo`llash zarur.
Surunkali milk yallig`lanishida bemorda shikoyat bo`lmasligi mumkin.
So`rab-so`rishtirilganda og`izda noxush ta’m borligini, noxush hid paydo
bo`lganligini, axyon-axyonda ovqat chaynash paytida milk qonaganligini va
sezilar-sezilmas og`riq paydo bo`lishini aniqlaymiz.
Bunday bemorlarda xastalikning boshlanish davrida milk so`rg`ichlarining
shishganligini, keyinchalik esa ularning hajmi oshib, gipertrofiya belgilari paydo
bo`lganini, ba’zan milk qirg`oq qismida shish belgilari, suv yig`ilishi hollarini
ko`ramiz. Milk shilliq pardasining tusi o`zgarmasligi mumkin, biroq so`rg`ichlar
paypaslanib sekin bosilganda qonash belgilari kelib chiqishi xususiy xol bo`lib
hisoblanadi. Bunday hollarda vazoparez (tomirlar devoridagi elastiklik
xususiyatining keskin pasayishi) simptomi kuzatiladi. Yallig`langan milk sathiga
to`mtoq uchli asbob bilan bosilganda hosil bo`lgan iz juda sekinlik bilan yo`qoladi.
Xastalikning keyingi - ikkinchi davrida shishinqirab, hajmi oshgan milk
so`rg`ichlari va qirg`oq shilliq pardasi ko`kimtir tusga kiradi, qon oqishi kamayadi.
Yallig`lanish
jarayoni
asosiy
xastalikning
qaytalanishi
bilan
yana
o`tkirlashadi.(64,65-rasmlar)
Surunkali kechuvchi gingivit qaytalanib o`tkirlashganda milkda og`riq
paydo bo`ladi, qon oqishi kuchayadi, yallig`langan milk sathi shishadi va qizaradi,
milk-tish cho`ntagida serozli ekssudat ko`payadi. Tekshirilib ko`rilganda so`lak
tarkibida leykotsitlarning ko`chib tushgan epiteliy hujayralari sonining
oshganligini (Yasinovskiy sinamasi) va milk sathida gematoma (qon qo`yilishi)
hosil bo`lish vaqti qisqarganligining (Kulajenko sinamasi) guvoxi bo`lamiz.
Bemorning umumiy ahvolida o`zgarish kamroq kuzatilsada, yengil bexollik va
subfebril tana harorati qayd etiladi.
Patomorfologik
(to`qimada
me’yordan
chetga
chiqish
hollari)
o`zgarishlardan shilliq parda epiteliysining ko`plab ajralishi (deskvamatsiya),
qalinlashuvi (parakeratoz), limfo-leyko-plazmotsitar infiltrgatsiyasi, to`qimada suv
yig`ilishi va kollagen tolalarning bo`kishi kabi belgilar aniqlanadi. To`qimada
bunday o`zgarishlarni ko`rish uchun milk so`rg`ich qismidan kesib olinib
(biopsiya), gistologik preparat tayyorlanadi va mikroskop ostida ko`riladi.
Biopsiyadan tayyorlangan preparatlar maxsus bo`yoqlar bilan bo`yalganda,
to`qimada glikogen moddasining ko`plab yig`ilishini, semiz hujayralar sonining
oshganligini va oqsil-mukopolisaxarid birikmasining o`zgarganligi ma’lum
bo`ladi. Bu xil patomorfologik o`zgarishlar milk to`qimasida surunkali
yallig`lanish jarayoni kechayotganligidan va bu jarayonning o`tkirlashganligidan
dalolat beradi.
Surunkali milk yallig`lanishini parodontit xastaligidan osonlik bilan farqlab
ajratish mushkullik tug`dirmaydi. Parodontit xastaligidan farqli o`laroq,
gingivitlarda klinik yoki parodontal cho`ntaklar hosil bo`lmaydi. Rentgen tasvirida
tishlarni o`rab turgan alveolyar suyak to`qimasida o`zgarishlar qayd qilinmaydi.
Surunkali kataral milk yallig`langanda tezda milk shilliq pardasidagi belgilar
yo`qolib, milk dastlabki holiga qaytadi. Asosiy xastalikni aniqlash va davo
117
tadbirlarining o`z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida parodontit xastaligi
rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |