24-rasm. Zahmning ko’rinishlari.
Unga bir bodomcha bezining kattalashishi va q’attiq’lashishi hamda unda
eroziya yoki yaralarning yo’q’ligi ham xosdir. Bodomcha bezini shpatel yordamida
paypaslaganda uning tarangligi seziladi. Kattalashgan, giperemiyalangan
bodomcha bezi halq’um oralig’ini to’sadi va ovoz o’zgarishiga olib kelishi
mumkin. Ayrim hollarda yutishda og’riq’, umumiy holsizlik, oddiy anginadek tana
haroratining oshishi kuzatilishi mumkin bo’lib, zahm tashhisini q’iyinlashtiradi.
Amigdalit-shankrga jag’ osti va bo’yinning maxsus limfadeniti hamda bir
tomonlamalik xosdir.
Zahm birlamchi davrining ikkinchi diagnostik belgisi regionar adenit
hisoblanadi. Odatda, kasallikning 3-haftasi oxiri, 4-haftasi boshlarida yaq’in
joylashgan limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Shankr og’iz bo’shlig’ida
joylashganida, ko’pincha regionar (jag’ osti) limfa tugunlari bir tomondan
181
kattalashgan, ko’proq’ og’riq’siz, harakatchan va ularning ustidagi teri
o’zgarmagan bo’ladi.
Og’iz va hiq’ildoq’ shilliq’ q’avatlarining zararlanishi ko’pincha ikkilamchi
zahmda kuzatiladi, shu bilan birga ikkilamchi restidivli zahmda shilliq’
q’avatlardagi toshmalar kasallikning yagona klinik belgisi bo’lishi mumkin.
Ikkilamchi zahm belgilari bo’lgan deyarli 50% bemorlar og’iz bo’shlig’i shilliq’
q’avatida rozeolez yoki papulez sifilidlar ko’rinishidagi shikastlanishlar kuzatiladi.
Og’iz shilliq’ q’avatida pustulez toshmalar kamdan kam hollarda yuzaga keladi.
Zahm papulalarining og’izda, ko’pincha, joylashadigan joyi bodomcha bezlari
hisoblanadi, shuning uchun bunday zararlanishlar papulez sifilitik angina deb
ataladi. Ikkilamchi zahmda, hiq’ildoq’ni shikastlanishi kuzatilishi mumkin, uning
asosiy simptomlari bo’lib uzoq’ davom etadigan, deyarli og’riq’siz, afoniyagacha
etadigan, umumiy shamollash belgilarisiz kechadigan xirillash hisoblanadi.
Ko’pgina bemorlarda hiq’ildoq’ shikastlanishining kataral, kam hollarda papulez
shakli kuzatiladi.
Turli mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra, uchlamchi faol zahmda shilliq’
q’avatlarning shikastlanishi 18-38% bemorlarda kuzatiladi. Shilliq’ q’avatlarda
gumma va diffuz gummozli infiltratlar bo’rtmacha elementlarga q’araganda
ko’proq’ rivojlanadi. Shilliq’ q’avatlar sifilidlari tiniq’roq’ rangi, yaq’q’ol
shishganligi (shilliq’ osti to’q’imalarda ko’p miq’dorda tomirlarni borligi bilan
bog’liq’) bilan farq’lanadi. Bunda og’iz shilliq’ q’avati uchlamchi zahm klinik
belgisining namoyon bo’ladigan yagona joyi bo’lishi mumkin. Gummozli sifilid
og’iz shilliq’ q’avatining har q’anday q’ismida joylashgan bo’lishi mumkin.
Ko’pincha gummalar yumshoq’ va q’attiq’ tanglay hamda tilda hosil bo’ladi.
Odatda, gumma yagona bo’ladi. Boshida og’riq’siz tugun hosil bo’ladi, u tobora
kattalashib borib, keyin yoriladi. Yorilmagan gumma konsistenstiyasi q’attiq’,
yuzasi silliq’, aniq’ chegaralangan, tugun tepasidagi shilliq’ q’avat o’rtacha
yallig’langan, rangi turg’un-q’izil bo’ladi. Gummoz o’zagi ajralib chiq’q’anidan
so’ng og’riq’li yara hosil bo’ladi, u kratersimon shaklga, chetlari zich, tagi
182
granulyasiyalar bilan q’oplangan bo’ladi. Yara bitganidan keyin nursimon
(yulduzsimon) chandiq’lar q’oladi. Bu jarayon 3-4 oy davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |