Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

a)
b)
1-rasm. Enterokokk (a) va laktobakteriyalarning (b) sof kulturasidan surtma. 
 


143 
Periodontit.
Periodont to’q’imasiga mikroblarning q’aerdan tushishiga ko’ra 
apikal periodontit (ildiz kanali orq’ali tushadi) va marginal periodontit (patologik 
milk cho’ntakchasidan tushadi) farq’lanadi.
Periodontning seroz yallig’lanishi pulpada yoki milk cho’ntakchasida 
joylashgan yallig’lanish o’chog’idan tushadigan zaharli mahsulotlar ta’sirida 
yuzaga keladi. Yiringli periodontit esa mikroblarning periodont to’q’imasiga 
o’tgandan so’ng kelib chiq’adi (2-rasm). 
Yiringli periodontitning o’ziga xos xususiyatlaridan biri stafilokokklarga 
nisbatan anaerob bakteriyalar va streptokokkli floraning ko’p bo’lishidir. Bunda 
yallig’lanishning boshlang’ich bosq’ichida ―yashil‖ va nogemolitik streptokokklar 
uchraydi. Agar yallig’lanish mikroblarning ildiz kanali orq’ali o’tishiga bog’liq’ 
bo’lsa, mikrobli tarkib yiringli yoki gangrenoz pulpitning florasi bilan namoyon 
bo’ladi. O’tkir periodontitning surunkaliga o’tishida anaerob streptokokklar 
(peptostreptokokklar) soni ko’payadi, so’ngra ularga q’at’iy anaeroblar va boshq’a 
streptokoklar q’o’shiladi. 
2-rasm. Periodontit. 
Apikal granulemalarda aktinomistetlar, bakteroidlar, fuzobakteriyalar va 
spiralsimonlar topiladi (3 a, b - rasm). 
Sog’lom 
milk 


144 
 
a)
 
b)
 
3-rasm. Bakteroid (a) sof kulturasi va yiringdagi
s
treptokokklar (b).
Og’iz bo’shlig’idagi surunkali infeksiya o’choq’lari (surunkali periodontit, 
kista, surunkali osteomielit, aktinomikoz va h.k.) turli kasalliklarning sababchisi 
bo’lishi mumkin.
Har bir odamda immun javob irsiyatga asoslangan. Asosan bu, ba’zi rezident 
mikroblarning AG lariga nisbatan sust immun javobga ega bo’lgan odamlarga 
tegishlidir. Surunkali gangrenoz pulpitlar, surunkali periodontitlar (granulematoz), 
parodontit, surunkali perikoronit, surunkali osteomielit og’iz bo’shlig’ining 
surunkali odontogen infeksiya o’choq’lari hisoblanadi. 
Surunkali odontogen yallig’lanishning rivojlanishida q’uyidagi o’zgarishlar 
kuzatiladi: infeksiya o’chog’idan mikroblar tarq’aladi. Tishlarni tozalash, kyuretaj 
q’ilish, tishlarni olish, tishlar implantastiyasi, og’iz bo’shlig’ida ortopedik va 
ortodontik moslamalarni o’rnatish kabi muolajalar q’isq’a vaq’t davom etuvchi 
bakteriemiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashq’ari, og’iz bo’shlig’idan 
mikroblar og’ir nekrotik gingivitlar va stomatitlarda, absesslar hosil bo’lganda 
patologik milk cho’ntakchalaridan, nekrotik pulpitlarda ildiz kanallaridan, 
surunkali periodontitda kistalar va granulyastiyalardan q’onga o’tishi mumkin. 
Organizm reaktivligi me’yoriy holatda bo’lganda q’isq’a vaq’t davom etuvchi bu 
bakteriemiya faq’atgina tana haroratining ko’tarilishi bilan namoyon bo’lishi 
mumkin. 


145 
Rezistentlik omillarining faolligi susayganda mikroblar infeksiya o’chog’idan 
chiq’q’andan so’ng ko’payadi va boshq’a to’q’imalarga kolonizasiyasi kuzatilishi 
mumkin. Bunday holatda og’iz bo’shlig’i bakteriyalari o’ta xavfli hisoblanadi, 
chunki ularning ko’pchiligi boshq’a hujayralarning va tuzilmalarning yuzasiga
adgeziya bo’lish xususiyatiga egadir.
Dekstran hosil q’iluvchi 
Str. mutans
va 
Str
. s
anguis 
streptokokklari
 
ko’pincha 
endokardit sababchisi bo’ladi, narkomanlarda esa ular sepsisni keltirib chiq’aradi
.
Chunki bu streptokokklar nafaq’at tishlarning emal yuzasiga, balki yurak 
klapanlari to’q’imasiga ham yopisha olish xususiyatiga ega.
Og’iz bo’shlig’i mikroblari (oral mikroblar) o’tkir bakterial miokardit, 
infekstion endokardit va bosh miyada yallig’lanish jarayonlariga sababchi bo’lishi 
mumkin. Ayniq’sa, hamma tizimlarning rezistentligi pasaygan holatlar va 
kasalliklarda (leykemiya, agranulositoz, immunodepressantlar q’o’llanilganda, 
immuntanq’isliklarda) odontogen zararlanish xavfi juda yuq’ori bo’ladi. Anaerob 
bakteriyalarni o’stirish texnikasining yaxshilanishi, ba’zi odontogen kasalliklarning 
sababchisi - og’iz bo’shlig’idagi bakteroidlardan biri - 
Capnocytophaga 
(Bacteroides) ochraceus
ekanligini aniq’lashga imkon berdi. Bu mikrob nekrotik 
stomatogingivit sabab bo’lgan septisemiyali bemorda topilgan va u doimo 
nekrozga uchragan tish pulpasidan olingan namunada va periodontal o’choq’da 
mavjud bo’ladi.
Ko’p bakteriyalar toksinlar va biologik faol moddalar ishlab chiq’aradi. Bu 
moddalarning juda kam miq’dori ham xo’jayin to’q’imalari va a’zolarida chuq’ur 
o’zgarishlar chaq’iradi. Pilakchalarda va kanalning nekrotik materialida biologik 
faol endotoksin katta miq’dorda aniq’lanadi. Endotoksin yoki grammanfiy 
bakteriyalar membranasining LPS va boshq’a metabolitlar organizmda q’uyidagi 
patologik holatlarni keltirib chiq’arishi mumkin:

nerv tolalari periferik oxirlarining degenerativ o’zgarishlari; 

endotoksinning pirogen ta’siri subfebril haroratga, bosh og’rig’iga, 
bo’g’imlar va mushaklardagi og’riq’q’a olib keladi; 

leykositlar faoliyatining buzilishi. 


146 
Parodontning yallig’lanish kasalliklariga q’uyidagilar kiradi:

gingivit (4-rasm) 

parodontit 

parodontoz (5-rasm) 

parodontomalar 

periimplantit 
Parodontning yallig’lanish kasalliklari (gingivit va parodontit) aholi o’rtasida 
keng tarq’algan (40 yoshdan kattalarda 90% dan yuq’ori) va kattalar o’rtasida 
tishlarning zararlanishida asosiy sabablardan biri hisoblanadi. 
Mahalliy va chet el mualliflarining ko’plab tadq’iq’otlari tish karashining 
miq’dori bilan surunkali gingivitning og’irlik darajasi o’rtasida yaq’q’ol bog’liq’lik 
borligini isbotladi. Og’iz bo’shlig’i gigienasi o’tkazilmagan holatlarda 10-21 
kunlarga borib kataral gingivit rivojlanadi, gigienik tadbirlar amalga oshirilganda 
esa, milklar yallig’lanishining susayishi yoki yo’q’olishi q’ayd etiladi. 
Patologik milk cho’ntaklaridan ajratib olingan anaeroblarning ko’pchiligi 
gialouronidaza, DNKaza, RNKaza, kollagenaza, proteaza kabi gistolitik 
fermentlarni ishlab chiq’aradi, endotoksin saq’laydi, yog’ kislotalari, indol, aminlar 
va ammiak kabi sitotoksik substansiyalar ajratadi.

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish