Ko`krak yoshidagi
bolalar og`iz shilliq qavatining asosiy xususiyatlari
shundan iboratki, epiteliy va shilliq osti pardasi qalinlashib boradi, chaynov
sohalarida va ipsimon so`rg`ichlar sohasida yassi epiteliy shoxlanishiga moyillik
paydo qiladi, shu bilan bir qatorda glikogenning yo`qolishi kuzatiladi. Shilliq osti
pardada qon tomirlar kamaya boshlaydi, hujayralar soni, ayniqsa plazmotsitlar
keskin kamayadi.
Bir yosh atrofidagi
bolalar og`iz shilliq pardasi qo`shuvchi to`qimasida,
uning asosiy moddasida oqsillarning kamayib ketishi ona organizmidan olingan
tayyor himoya vositalarini yo`qolib borishini ko`rsatadi. Bu esa o`z navbatida
organizmning immunobiologik xususiyatini bir muncha pasayganidan darak
beradi. Bunday holat shu davrdan boshlab bolalarning tez–tez kasallikka chalina
boshlaganligini tushuntirsa ajab emas.
Erta bolalik yoshida (1-3 yosh)
og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi aniq
shakllanib bo`ladi: lab, lunj, til epiteliy qavatida glikogen juda oz miqdorda
aniqlanadi,
hujayralar
sitoplazmasida
RNK
miqdorining
oshmasligi
shakllanishining turg`un bo`lishini ta’minlaydi.
Qo`shuvchi to`qima tolalari nozik, ingichka bo`lib ma’lum yo`nalishlarda
dastalanmagan to`rni hosil qiladi. Ko`shuvchi to`qima tolalari nozik, ingichka
bo`lib ma’lum yo`nalishlarda dastalanmagan to`rni hosil qiladi. Qo`shuvchi
to`qimaning asosiy moddasi mukopolisaxaridlar bilan to`yinmagan. Bazal
membrana yumshoq shakllanmagan tolalardan iborat.
1-3 yoshli bolalar og`iz shilliq pardasida hujayralar soni talaygina bo`lib,
ular asosan so`rg`ichlar qo`shuvchi to`qimani va tomirlar atrofida joylashgan
bo`ladi. Bu esa qon tomirlar o`tkazuvchanligi oshganligidan dalolat beradi. Bu
yoshda qo`shuvchi to`qimada labrotsitlar soni oshadi va ular asosan, qon tomir
devorlari atrofida joylashgan bo`ladi. Labrotsitlar to`qimada gemeostaz buzilishida
ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Plazmatik va gistiotsitit hujayralar sonining keskin ko`payib ketishiga sabab
bo`lishi mumkin. Bunga misol bolalarda o`tkir gerpetik stomatitning kechishi va
aynan shu yoshda juda ko`p (71,1 – 85 %) uchrashidir desak xato bo`lmaydi.
Birlamchi (4-7) va ikkilamchi (8-12) yoshli bolalar og`iz shilliq pardasi
ancha qalinlashgan, hujayralarda boshida (4-7) glikogen va RNK ko`payishi
keyinchalik (8-12) ularning kamayishini kuzatish mumkin. 8-12 yoshda
to`qimalarda oqsil moddasining ko`payishi kuzatiladi. Bu yoshda bazal membrana
qalinlashib zichlashadi, xususiy qavatida retikulin va elastik tolalar soni oshadi,
kollagen tolalar takomillashgan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |