Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

1-Rasm. 
Tish 
kurtagi 
rivojlanishining dastlabki davri. 
1-ko`p qavatli og`iz bo`shlig`i 
epiteliysi (bo`lajak milk epiteliysi); 
2-epiteliy tasmachasi; 3-emal 
organ pulpasi; 4-hosil bo`layotgan 
dentin; 5-odontoblastlar qavati; 6-qon 
tomirlar; 7-tish so`rg`ichi; 8-emal 
organining qirg`og`i. 


11 
rivojlanish jarayonida tashqi va ichki qavat hujayralari hosil bo`ladi. Hosil 
bo`lgan tashqi qavat hujayralari kubsimon, ichki qavat hujayralari esa silindr 
shakliga ega bo`lib, ular ameloblastlar deb yuritiladi. Tashqi va ichki qavat 
xujayoralari yoysimon bo`lib, uchlari bir-biri bilan tutashadi. Natijada emal a’zosi 
vujudga keladi. Hosil bo`lgan ichki va tashqi hujayralar qavati orasida juda nozik 
to`rsimon to`qima - emal a’zosining pulpasi, yulduzsimon hujayralar to`plami 
shakllanadi. (1-rasm). 
Emalning shakllangan emal a’zosining ko`ksiga (qadax bo`shlig`iga) 
qarama-qarshi tomondan mezenxima to`qimasi o`sib kirib, tish so`rg`ichini hosil 
qiladi. Keyinchalik mezenxima to`qimasi shakllanib, tish kurtagi atrofini o`rab 
oladi va umumiy tish qopchig`i - follikulani shakllantiradi. Hosil bo`lgan tish 
follikulasi o`z ichiga emal a’zosini va tish so`rg`ichini oladi. 
Rivojlanishning keyingi davrlarida emal a’zosining ichki silindrsimon 
hujayralar qavatidan (ameloblastlar) - emal, tish so`rg`ichining chetida joylashgan 
hujayralardan (odontoblastlar) - dentin, markaziy qavat hujayralaridan - tish 
pulpasi shakllanadi. (2-rasm) 
2-Rasm. Tish qattiq to`qimalarining 
hosil bo`lishi. 
1-enameloblastlar; 2-emal to`qimasi; 3-
milk 
epiteliysi; 
4-dentin 
to`qimasi; 
5-
odontoblast 
hujayralari; 
6-emal 
organi 
qoldig`i; 7-tish so`rg`ichi (pulpasi). 
Epitelial tish tasmasi va kurtaklari 
homila rivojlanishi davrida oldin pastki, keyin 
yuqori jag` sohasida paydo bo`ladi. Oldingi 
tishlar kurtagi pastki jag` sohasida 7-xaftaning, 
yuqori jag` sohasida esa 8-haftaning oxirida 
hosil bo`ladi. 
Tish kurtaklari jag`lar sohasida alohida 
shakllanib bo`lgandan so`ng, ularni birlashtirib turgan tasmachalar so`rila 
boshlaydi. Bolaning tug`ilishi paytida ular hali to`liq so`rilishga ulgurmaydi. 
Ba’zan istisno tariqasida tasmachalar ma’lum bir qismining so`rilmay qolishi 
epiteliy marvaridchalari holida qayd qilinadi. 
Sut tishlarining mineral tuzlarga to`yinish jarayoni asosan homila davriga 
to`g`ri keladi. Dastlab tish so`rg`ichining cho`qqi qismida dentin qatlami vujudga 
keladi. Keyin esa emal hosil bo`lish jarayoni kuzatiladi. Homilaning 17-20-
haftalarida boshlangan tish qattiq to`qimalarining hosil bo`lish jarayoni oldingi 
kurak tishlarda 14-18 oylarda tugallansa, chaynov tishlarda 18-30 oylarda, qoziq 
tishlarda esa 22-36 oylargacha davom etadi. 
Sut tishlar ildizining to`liq shakllanishi oldingi kurak tishlarda bola 
tug`ilgandan keyin 2 yoshgacha, chaynov tishlarida 4-4,5 yoshgacha davom etadi. 


12 
Bola tug`ilgandan keyin 6 oy o`tgach, birinchi sut tishlari milkni yorib chiqa 
boshlaydi. Sut tishlarining yorib chiqish muddati, ildizlarining shakllanish va 
so`rilish muddatlari 1-jadvalda keltirilgan. 
1 jadval. 
Sut tishlarining chiqish, shakllanish va so`rilish muddatlari. 
Tishlar 
Chiqish muddati, 
oyi 
Ildiz 
shakllanishining 
tugash yili 
Ildiz so`rilishining 
boshlanish yili 

II 
IV 
III 

6-8 oy 
8-12 oy 
12-16 oy 
16-20 oy 
20-30 oy 
2 yoshda 
2 yoshda 
4 yoshda 
5 yoshda 
4 yoshda 
5 yoshdan 
6 yoshdan 
7 yoshdan 
8 yoshdan 
7 yoshdan 
Shunday qilib, 2,5-3 yashar bolaning og`iz bo`shlig`ida sut tishlar qatori 
to`liq shakllanadi va ular quyidagi klinik tish formulasi yordamida ifodalanadi: 
V IV III II I I II III IV V 
V IV III II I I II III IV V 
Bundan ko`rinib turibdiki, sut tishlari klinik formulada doimiy tishlardan 
farqli o`larok, arab raqamlari bilan emas, balki rim raqamlarida o`z ifodasini 
topgan.
Sut tishlari yorib chiqishi bilan ularning suyak alveolasi ichidagi rivojlanish 
davri tugaydi va ikkinchi - ildiz shakllanish davri boshlanadi. Tish ildizi asosan 
bola tug`ilganidan keyin shakllana boshlaydi. Bu jarayon tishlar chiqish paytidan 
boshlanib, bir necha yil davom etadi. 
Uchinchi davr - bu to`liq shakllangan sut tashlarining faoliyat davri bo`lib, 
o`rtacha 2 yil davom etadi. Bu davr so`nggida tish ildizining so`rilish davri, ya’ni 
to`rtinchi davr boshlanadi. U o`z navbatida o`rtacha 3-5 yil, sut tishi tushib 
ketguncha davom etadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish