Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

So`z boshi. 
 
Ma’lumki tishlar kariyesi va parodont kasalliklari yer shari aholisi o`rtasida 
eng ko`p tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi va ularni bartaraf qilishga qaratilgan 
sarf harajatlar davlatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir etadi. Lekin, eng asosiysi bu 
kasalliklar o`z asoratlari bilan inson salomatligiga chuqur putur yetkazishi 
mumkin. 
So`ngi ma’lumotlarga ko`ra O`zbekiston Respublikasi hududida, shaharda 
yashovchi bolalarda kariyes kasalligining tarqalishi 6 yasharlar orasida 87,76% ni, 
12 yashar bolalar orasida 68,04% ni, shunga mos ravishda kariyes jadalligi 3,96 va 
1,49 ko`rsatkichni tashkil etadi. Voyaga yetganlar va kattalar orasida (33-44 yosh) 
kariyes tarqalish ko`rsatkichi 97,37% ni, jadallik ko`rsatkichi esa 8,37 ga tengdir. 
Qishlok sharoitida yashovchi 6 yasharli bolalar o`rtasida kariyes tarqalishi 80,91%, 
uning jadalligi esa 3,3 ni, 12 yoshlilarda 66,2% va 1,69 ni tashkil qilsa, katta 
yoshdagi kishilar orasida bu ko`rsatkichlar 93,8% va 7,37% ni tashkil etadi. 
Respublikamizda kariyes tarqalishining o`rtacha ko`rsatkichi 81,8% ni tashkil etsa, 
parodont kasalligi 12,3% dan (bolalarda)-53,7% ni (kattalarda) tashkil qilar ekan 
(S. X. Yusupov. 1999 y). 
Zikr etilganlar shuni ko`rsatadiki Respublikamiz hududlarida asosiy 
stomatologik kasalliklar ancha keng ko`ulamda tarqalgan bo`lib, ularning jadallik 
darajasi ham ancha yuqori. Shularni inobatga olgan holda Respublikamiz hukumati 
bolalar salomatligini muxofaza qilish maqsadida ishlab chiqqan «Sog`lom avlod» 
dasturida mazkur kasalliklar profilaktikasi ham o`z aksini topgan. 
Stomatologik kasalliklar prfilaktikasi-bu og`iz bo`shlig`i a’zolari, tishlar 
kariyesi va parodont kasalliklarini, ularning rivojlanishini kompleks tadbir choralar 
ishlab chiqib tadbiq qilish asosida oldini olishdan iboratdir. Bugungi kunga kelib 
shu narsa ochiq oydin ma’lum bo`ldiki yuqori malakali davolash ishlarini amalga 
oshirish bilan kariyes va parodont kasalliklarining tarqalishi va jadalligini 
pasaytirishning iloji yo`q ekan. Kariyes va parodont kasalliklarining keng 
tarqalganligini bugungi kunda ushbu xastaliklarning etiologiyasi va patogenezi bir 
muncha o`rganilganligini inobatga olinganda, ularni kamaytirishning birdan bir 
yo`li mazkur kasalliklarni oldini olish borasida samarali, ommaviy usullarni qidirib 
topish va tadbiq qilish stomatologlar oldida turgan asosiy vazifa ekanligi ko`rinadi. 
Jaxon stomatologiyasi amaliyoti ma’lumotiga ko`ura mamlakatlarda 
samarali profilaktik tadbir choralar majmuini omma o`rtasida dastur sifatida 
qo`llash va shu asosida ishlar olib borish, yuqorida keltirilgan kasalliklarni sezilarli 
darajada kamayishiga sabab bo`lar ekan. Eng asosiysi profilaktika yo`li bilan 
tishlar salomatligini yaxshilash, ularning kasalliklarini va asoratlarini davolash 
yo`li bilan bartaraf qilishdan 20 marotaba arzonga tushar ekan. 
Ma’lumki, tish emalida kechadigan mineral tuzlar almashinuvining dinamik 
muvozanati 
buzilgan 
taqdirda 
kariyes 
xastaligi 
rivojlanadi. 
Kariyes 
boshlanishining asosiy belgisi o`choqli demineralizatsiya jarayoni bo`lib 
hisoblanadi va bu jarayon o`z vaqtida aniqlansa uni remineralizatsiya chaqiruvchi 



preparatlardan foydalanib bartaraf etish mumkinligi bugungi kunda xech kimga sir 
emas. 
Parodont kasalliklarini ham o`rganish profilaktik tadbir choralarini samarali 
usullarini ishlab chiqib, ularni amaliyotda qo`llash bu kasallikni oldini olish, 
tarqalishini sezilarli darajada pasaytirish mumkinligini ko`rsatdi. 
Jaxon Sog`likni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda bolalar 
o`rtasida parodont kasalligining tarqalishi ancha yuqori bo`lib 70% ni tashkil qilar 
ekan. Jumladan bular ichida 80% - surunkali gingivitni, 10% -gipertrofik gingivitni 
tashkil qilsa, 10% i – parodontitlarga to`g`ri kelar ekan. Parodont xastaligi mavjud 
bulgan bolalarning asosiy qismida og`iz bo`shlig`i gigiyenasining pastligi, tishlar 
qatori anomaliyalarining mavjudligi va boshqa mahalliy faktorlar borligi 
aniqlangan. 
Mazkur darslikda bolalar o`rtasida uchraydigan nokariyes kasalliklari, og`iz 
bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklari kariyes asoratlari, parodont kasalliklarini 
bartaraf qilish kompleks chora-tadbirlari birlamchi va ikkilamchi profilaktika 
tadbir choralari sifatida talabalarga taqdim etilgan. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish