TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Mazmun bo‘yicha beriladigan savol-javoblar bajariladigan laboratoriya ishiga tegishli fizik
qonuniyatlarga, formulalarni va ularning ahamiyatini bilishga, fizik jarayon yoki hodisani tahlil
qilishga va nihoyat eksperiment xususiyatlarini tushunishga qaratilgan.
Аmaliy bilimlarni o‘z ish faoliyatlariga qo‘llashga undovchi topshiriqlar mazmuni bo‘yicha
talaba o‘qituvchi maslahatidan foydalanishi mumkin. Bunda laboratoriya mashg‘ulotini olib
boruvchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatlariga alohida eʼtibor qaratishlari kerak.
Berilayotgan maslahatlar talabalarga olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llashga
yo‘naltirishi, u yoki bu pedagogik faoliyatning mohiyatini o‘ylab ko‘rishga yordam berishi
mumkin. Shu maqsadda “o‘qituvchi-talaba” muloqotida o‘qituvchining talabalar oldiga ko‘proq
muammoli savollar tizimini izchil qo‘yib borishiga intilishi lozim bo‘ladi. Masalan:
– Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad?
– Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob – uskunalarni ayting.
– Ushbu fizik kattalikni (nur sindirish ko‘rsatkichi) yana qanday usullar bilan aniqlash mumkin?
– Аniqlangan fizik kattalikning (nur sindirish ko‘rsatkichi) fizik maʼnosini bilasizmi va hokazo.
Yuqorida berilgan usular bilan olib borilgan izlanishlar talabalarda fizikadan laboratoriya
ishlarini ongli bajarishga qiziqishining ortishini ko‘rsatadi. Аna shu ongli qiziqish va intilishning
kuchayishi ham sifat jihatdan, ham har bir ishga sarf bo‘ladigan vaqt nuqtayi nazardan
samaradorlik ortishini taʼminlaydi. Bu fikrni bir necha yillik o‘tkazilgan pedagogik tajribalarning
natijalari tasdiqlaydi. Har bir laboratoriya ishini talaba o‘zining individual qobiliyatlaridan to‘liq
foydalangan holda mustaqil bajaradi. Аyni shu yerda talabaning faolligi, mustaqil fikrlashi
rivojlanadi, unda maqsadga erishishga intilish shakllanadi.
Talabaning bilim olishini individuallashtirishda virtual laboratoriyalarni ishlab chiqish va
ularni talabalar foydalanishlari uchun tayyorlash alohida o‘rin tutadi. Bular talabalarning
mustaqil bilim olishi uchun katta yordam beradi. Virtual laboratoriya dasturiga talabalar
mustaqil o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha tuzilgan test va savollar
kiritilgan. Tayyorlangan virtual laboratoriya dasturi talaba laboratoriya ishini bajarishga topshiriq
olgandan boshlab, to ishni bajarib topshirgunga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarga mo‘ljallab
tuzilgan. Talabaning o‘z ustida mustaqil ishlashi uchun tayyorlangan topshiriq materiali
mantiqan tugallangan, aniq va qisqa tayyorlangan “o‘quv porsiyalari” ko‘rinishida berilgan. Test
va savollar faqat bilimni nazorat qilish maqsadidagina emas, balki talaba bajarayotgan ishini
yo‘naltirishda unga ko‘maklashish, tadqiqot malakalarini rivojlantirish, kasbiy malakalarini
singdirish kabi vazifalarni ham o‘z ichiga oladi.
Quyida fizika-astronomiya o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha taʼlim olayotgan
talabalarga umumiy fizikaning “Optika” bo‘limiga oid laboratoriya ishlarini bajarish va
topshirishga tayyorlovchi topshiriqlardan birini misol tariqasida keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: