Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Аqliy hujum savollari:
1. 
Oqsillarning yaratilish tarixi qanday? 
1
A.A. Аbdusamatov Organik kimyo, Toshkent “Talqin” darslik, 2005 йил, 327 б. 
2
Грандберг, И.И. Органическая химия: учебник / И.И.Грандберг. – М.: Высшая школа, 2007. стр.480
39


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
2. 
Insulin tarkibida nechta aminokislotalar bo‘ladi, ular qanday ketma-ketlikda joylashgan? 
3. 
Insulinning tarkida qanday funksional guruhlar bor? 
4. 
Birinchi bo‘lib tabiiy polipeptidni kim sun’iy sintez qildi? 
5. 
Insonlar organizmida oqsilning o‘rni qanday bo‘ladi?
Shuningdek, oqsillarning qandli diabet kasalini o‘rganish bo‘yicha ishlar bir necha yuz 
yilliklar davomida olib borilgan. Bu sohada qilingan ilmiy ishlar haqida maʼlumotlar 
prezentatsiyalar orqali o‘quvchilarga beriladi. O‘quvchilarga oqsillarning tuzilishini o‘rganish 
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi olib borgan olimlar ishlari va sanalarni o‘zaro bir-biri bilan juftlash 
bo‘yicha nazorat topshirig‘i berilganda, ularda mavzu yuzasidan qiziqish yanada ko‘payadi. 
Masalan, ushbu jadvalning javobini to‘ldirishadi.
№ 
Sanalar 
Vazifalar 
1. 
1927-yili

Dj.Аbel insulin moddasini kristall holatida olishga muvaffaq 
bo‘ldi. 
2. 
1926-yili 

Insulin molekulasi qanday tuzilishli ekanini ingliz biokimyogari 
Frederik Senjer hal etdi. 
3. 
1923-yili 
Djon Makleod, Frederik Banting, Charlz Best meʼda osti bezidan 
insulinni ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi. 
4. 
1921-yili 

Dj.Makleod va F.Banting insulinni kashf etganlari sharafiga 
tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishi bo‘yicha А.Nobel mukofoti bilan 
taqdirlandilar. 
5. 
1955-yili 

F.Senjer «proteinlar tuzilishini, asosan, insulin tuzilishini 
aniqlash bo‘yicha bajargan ishlari uchun» А.Nobel mukofotini 
oldi. 
6. 
1958-yili 

Vinsent Dyu Vino ikkita gormonning vazopressin va oksitotsin 
moddalarining tuzilishini aniqladi 
Oqsillarning yaratilish tarixi haqidagi o‘zlashtirilgan bilimlarni “Zinama-zina” metodidan 
foydalanib aniqlash mumkin. 
Ikki spiralli DNK tuzilishidagi fragmentlar 
joylashishining ketma-ketligini kim aniqlagan?
Proteinlar tuzilishini, asosan, insulin tuzilishini aniqlash 
bo
ʼ
yicha bajargan ishlari uchun А.
Nobel mukofotini kim 
oldi?
Insulinda aminokislotalar joylashishi tartibini kim 
aniqlagan? 
Qaysi olim insulin moddasini kristall holatida 
olishga muvaffaq bo
ʼ
ldi? 
Insulin preparati qachon birinchi marotaba 
diabet kasalining og
ʼ
ir shakliga in
ʼ
eksiya 
qilindi? 
40


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Bunda tarqatma materialda oqsillarning yaratilish tarixi ketma-ketlikda jamoa bilan 
birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasi beriladi va guruh o‘quvchilari birgalikda tarqatma 
materialda berilgan savolga yozma holatda javob yozadilar. Bunda o‘quvchilar mavzu bo‘yicha 
imkon boricha to‘laroq maʼlumot berishlari kerak bo‘ladi. 
Bu metodda talabalarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, 
izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri 
bilan taʼsir eta olishga, uni maʼqullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh 
berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish mumkin. 
Ushbu mavzuning biologiya fani bilan bog‘liqligi shundaki, inson organizmiga insulin 
moddasi yetishmovchiligi qanday taʼsir etish holati haqida maʼlumotlar beriladi.
Insulin yetishmay qolganda, glyukoza hujayra ichiga kira olmasligi sababli hujayraga 
glyukoza singmaydi va u qon tarkibida to‘planib buyrak orqali peshobga o‘tadi. Glyukozaning 
qon tarkibidagi miqdori ko‘payishi va uning siydik orqali chiqarib tashlanishi inson tana vaznining 
keskin kamayishiga (ozishga), haddan ziyod siydik hosil bo‘lishiga, doimiy chanqoqlikka va 
to‘yinish hissining yo‘qolishiga olib keladi. Organizm siydik orqali foydasiz chiqib ketayotgan 
glyukoza kaloriyasini to‘ldirish maqsadida yog‘ zaxiralarini va to‘qimadagi oqsillarni (asosan, 
mushaklardagi) parchalab yetishmayotgan energiyani qoplay boshlaydi. Oqibatda toliqish, 
uyquchanlik, ko‘ngil aynish va modda almashinish jarayonlari buziladi. Bu esa diabet komasiga 
(hushni yo‘qotishga) va vaqtida davolanilmasa, o‘limga olib keladi. 
Biologiya fani o‘qituvchisi o‘quvchilarga oqsillar mavzusini o‘tish jarayonida oqsillarning 
biologik ahamiyatini, oqsillarda bo‘ladigan jarayonlarni, insulinning hujayralarga glyukozaning 
so‘rilish jarayonini taʼminlashini ketma-ketlikda misollar bilan tushuntiradi. Tibbiyotda 
insulinning qo‘llanilishi haqidagi maʼlumotlarning talabalarga taʼkidlanishi taʼlim-tarbiya 
jarayonida integratsion yondashuv asosida o‘qitishni amalga oshiradi
1
.
Kimyo va biologiya fanlarining o‘zaro aloqasi dars mazmunini chuqurlashtiradi. 
O‘quvchilarning bilim darajasini oshiradi. Bularning hammasi dars jarayonida turli kimyo fani 
bo‘yicha mashg‘ulotlarda talabalarning ilmiy dunyoqarashini rivojlanishiga, kimyo fani keng 
qamrovli va katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini tushunib olishga yordam beradi
2
. Bu holatda 
integratsiya biologiya fani bo‘yicha olingan bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish, balki zamonaviy 
kimyo fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish 
jarayoni bo‘ladi. Demak, integratsiya – talabaning kimyo fanlari bo‘yicha kuzatishlari va 
xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir.

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish