Sport psixologiyasi -
Sport
musobaqalari va
mashqlanish faoliyatida
inson psixikasining
rivojlanishi, guruxiy
munosabatlarnint
psixologik qonuniyatlarini
tadqiq qiluvchi psixologiya
soxasi.
72
Sport psixologiyasi
sohasida
Ozbekistonda ilmiy izlanishlar
olib borgan olimlar
M.M.Mamatov, R.A. Abdurasulov,
Z.G. Gapparov va boshqalar.
saylanadi. 1970 yildan boshlab ISSPning rasmiy organi nashr etiladi – “sport psixologiyasi xalqaro
jurnali”.
ISSPning tashkil etilishi sport psixologiyasi regional birlashmalari tashkil bo’lishiga yordam
beradi. 1967 yilda sport psixologiyasi Shimoliy Amerika tashkiloti yuzaga keladi. 1969 yilda sport
psixologiyasi Yevropa assosiasiyasi (FEPSAK) tashkil topadi. Shundan keyin turli yillarda
Kanadada, Yaponiya, FRG, Angliya, Fransiya, Braziliya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda sport
psixologiyasi milliy tashkilotlari tuziladi.
Sport psixologiyasi bo’yicha hisobotlar XVIII va XX Xalqaro (butunjahon) psixologik
kongresslari dasturlaridan joy oladi. 1972 yilda myunxen shahrida o’tkazilgan olimpiya ilmiy
kongressi, 1974 yilda Moskvada o’tkazilgan “Sport hozirgi zamon jamiyatida” nomli xalqaro
konressda hisobotlar tinglanadi.
Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi Rossiyada sosialistik revolyusiyadan keyin paydo
bo’ladi. Revolyusiyadan avval Rossiyada psixologiya fani va bilimlar bu sohasi mavjud emas edi.
Bunga sabab sportning rivojlanmaganligi, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasini ilmiy ishlab
chiqishga qiziqish va talab yo’qligi bo’ldi.
Sport psixologiyasi yuzaga kelishi mumkinligi va zarurligi bir qator boshqa omillarga ham
asoslangan. Bu birinchi navbatda yoshlarning ma’naviy va jismoniy barkamol rivojlanishi va
sportchilarning mahorati o’sishi masalalarini hal etish bilan bog’liq sport va jismoniy tarbiyani
ommaviylashtirish amaliyotiga bo’lgan talab edi.
Guruhiy psixologik trening amaliy psixologiyadagi faol usullarning yig‘indisi hisoblanadi.
Ular quyidagi holatlarda ishlatiladi:
1)
klinik psixoterapiyada nevrozlarni, alkogolizmni va somatik kasalliklarni davolashda;
2) psixik sog‘lom insonlar bilan ishlashda, o‘zini rivojlantirish uchun yordam va psixologik
yordam muhtojlar uchun.
Bizning faoliyatimizda ikkinchi holat biz uchun muhimdir.
Psixologik lug‘atda ijtimoiy psixologik trening amaliy psixologiyaning sohasi sifatida
ko‘rsatiladi.
Bunda
muloqot
uchun
layoqatliligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Guruhiy psixologik trening nafaqat ijtimoiy
psixologiyada, balki keng qo‘llaniladigan
usullardan biridir.
Trening faoliyati bo‘yicha etakchi
mutaxassislardan
biri
hisoblangan
Yu.N.Emelyanovning fikriga ko‘ra trening bu
insonlarni turli xil vaziyatlarda oson muloqot
qilish imkoniyatini beradigan usullardan biri hisoblanadi. Bunga guruhda o‘quv mashqlarini misol
qilsa bo‘ladi.
Hozirgi kunga kelib trening atamasi o‘tgan yillardagidan ko‘ra kengroq ma’noga ega
bo‘lmoqda. Neyrolingvistika va akmeologiya bo‘yicha etakchi mutaxassis A.P.Sitnikovning fikriga
ko‘ra: «Trening bu o‘quv va o‘yin faoliyatini o‘zida jam qiluvchi sintetik antropotexnik usuli
hisoblanadi». Antropotexnika bu insonning o‘z qobiliyatlarini tabiiy ravishda rivojlantirishga
qaratilgan jarayon hisoblanadi. Antropotexnikaning uch xil ko‘rinishi mavjud: o‘qish, o‘qitish va
o‘yin.
Treningni ko‘p sohalarda ishlatishning asosiy sabablaridan biri bu maqsadlarni
kengayishidir. Maxsus boshqaruv treninglarning ko‘payishi bu shaxsiy o‘sish hisoblanadi.
Psixologik trening tushunchasi shunchalik kengdirki u guruhiy psixoterapiya, psixokorreksiya va
o‘qitish bilan kesishadi.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |