2.
Sport psixologi tushunchasiga ta’rif.
Xozirgi vaqtda psixologiya fani juda keng tarmoqli fanlardan biriga aylangan Sport
psixologiya ushbu fan tarmoqlaridan biri bo’lib, o’zining o’rganish obyekti-muammolari, usullari
va qonuniyatlariga ega.
Sport psixologiyasi fani shug’ullanuvchi sportchilar (o’quvchi va bolalar) va sport turlari
bo’yicha jamoalar ichki olami, ruhiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo’lib, jismoniy tarbiya
va sport faoliyati bilan bevosita bog’lik Shuni aytib utish kerakki, sport psixologiyasi nazariyadan
ko’ra amaliyotga yaqinroq, ya’ni shug’ullanuvchi sportchilar (o’quvchi va bolalar) o’z faoliyatida
to’qnash keladigan muammolarni tahlil qilishga va hal etishga yo’naltirilgan. Shaxsiy tarkibni
uqitish va tarbiyalash shug’ullanuvchi sportchilar (o’quvchi va bolalar) faoliyatining asosini tashkil
etadi. O’qitish va tarbiyalash jarayonlari esa psixologik bilimlarga asoslanadi.
Keling, yaxshisi buning nima ekanligiga e’tiborni qarataylik shunda yuqorida aytilgan fikrni
tushunish oson bo’ladi. Ta’lim yoki o’qitish shunday jarayonki, bunda ta’lim oluvchilarda ma’lum
bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi yoki rivojlantiriladi. Shug’ullanuvchi sportchilarning
(o’quvchi va bolalarning) faoliyatlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi fazilatlarni tarbiyalash,
rivojlantirish tarbiya jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini psixologik jixatdan samarali tashkil qilish uchun bir
kdtor talablarga javob berish kerak Bu talablar sport jamoalarning ichki qonuni bo’lgan
umumjismoniy nizomlarda, dasturlarda o’z ifodasini topgan. Unga ko’ra har bir jismoniy tarbiya
o’qituvchisi va sport murabbiyi (bolalar bogchalarida uslubchi-
o’qituvchi,
ishlab
chiqarish
korxonalarida
uslubchi-
tashkilotchi) o’z qo’lostidagi shug’ullanuvchi sportchilarning
(o’quvchi
va
bolalarning)
individual-psixologik
xususiyatlarini,
shuningdek
sport
jamoada
kechadigan
ijtimoiy-psixologik hodisalarni bilishi va ular-ni boshqara
olishi lozim.
Inson psixikasi miya faoliyati natijasidan iborat.
Psixika inson xulq-atvori va faoliyatiniig asosi bo’lib xizmat
qiladi. Tashqi dunyoni inson ongida aks ettirish psixika-ning
moqiyatini tashkil etadi. Masalan, musobaqa davri psixika
vositasida musobaqalashuv qolatni to’g’ri baholash juda katta
ahami-yatga ega. Psixologik aks ettirish natijasida inson
ongida obyektiv dunyoning subyektiv obrazlari yaratiladi.
Inson ruhiyati biososiologik xususiyatga, tabiatga ega; inson ruhiyatining ma’lum bir
belgilari biologik-irsiy yo’l bilan ota-onalaridan o’tadi, qolgan xususiyatlar esa ijtimoiy muhit shart-
sharoitlari ta’siri ostida hayot faoliyati mobaynida qaror topadi.
Faoliyat predmeti sifatida odamning o’zi, sportchining o’zi xizmat qiladi. U faoliyatning
faqat subyekti emas, balki obyekti ham hisoblanadi va faqatgina boshqa odamlar uchun emas
(jismoniy tarbiya o’qituvchilari, murabbiylar, hakamlar, sheriklari va sportdagi raqiblari), balki o’zi
uchun ham.
- Jismoniy tarbiyada ham va sportda ham faoliyat tarbiyaning umumiy vazifasini hal etishga
qaratilgan eng erta bolalik chog’idan boshlab jismoniy va ma’naviy kuchlarini barkamol
rivojlantirish bilan yosh avlodni tarbiyalash.
- Jismoniy tarbiya ayniqsa sport odatdan tashqari, ko’pincha kuchli jismoniy va psixik
keskinlik bilan bog’lik bo’ladi.
- Sport faoliyatining mazmuni musobaqalar hisoblanadi.
- Jismoniy tarbiyada faoliyat mahsuloti insonning barkamol-jismoniy va ma’naviy
rivojlanishiga qaratilgan sog’lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiyalash natijasi sifatida ishtirok
etadi. Sportda esa faoliyat mahsuloti sportdagi yutuqlari, ko’pincha rekordlar (turli ahamiyatdagi
sportchi uchun shaxsiy bo’lgandan tortib jahon rekordigacha) ham hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |