O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 5,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/216
Sana17.12.2022
Hajmi5,27 Kb.
#889729
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   216
Bog'liq
UMUMIY-PSIXOLOGIYA

7
 
ma’ruza. Xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliy maktab 
psixologlarining ish mazmuni va ularning tadqiqotchilik xususiyatlari 
 
Reja: 
1.
Maktab psixologining faoliyat dasturi.
2.
Ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishda amaliy psixologning roli. 
1.
 
Maktab psixologining faoliyat dasturi. 
 
Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak? 
Garchi ko’plab psixologik kitoblar psixologiya ilmiga qaratilgan bo’lsada, aslida 
psixologiya ko’plab amaliy masalalarni yani qanday qilib baxtli turmush yaratish, depressiyani 
yengish kabilarni o’rganadi. Maslahatchi psixologlar insonlarga qiyinchiliklardan chiqib ketishga 
yordam beradi. Va ular shaxsiy ijtimoiy vazifalarni rivojlantiradi. Klinik psixologlar esa aqliy, 
hissiy va hulq-atvordagi tartibsizliklarni tahlil qiladi va davolaydi. Klinik va maslahatchi 
psixologlar ham testlar o’tkazadi, muolajalar qiladi. Psixiatrlar ham psixioterapiya o’tkazishi 
mumkin va ular ham psixologik tartibsizliklar sabablarini aniqlab davolashadi.
Inson muammolari bilan tarixiy psixologiyani tenglashtirish uchun Martin Selegman va 
boshqa olimlar insonlarning kuchi va rivojlanishini tekshirish uchun tajribalar olib borishdi. 
Ularning ijobiy psixologik ilmlari, ijobiy hislari ijobiy harakterlarini aniqladi.
Birlashgan psixologlar insonlarda o’zgarishlarni izlashdan ko’ra, hamma uchun foydali 
bo’lgan ijtimoiy va jismoniy muhit yaratishdi. Masalan: agar maktab bezorilari muammo bo’lsa 
ba’zi psixologlar ularni o’zgartirish yo’llarini izlashadi. Jamoaviy psixologlar esa ilk o’smirlik 
davrida maktab tajribalariga moslashish yo’llarini izlashdi. Biologic farazlarni ijtimoiylaridan 
farqlash uchun psixologiya ko’plab sohalarni o’rganadi. Psixologlar tibbiyot maktablari, yuridik 
maktablar talabalarini o’qitishdi va ular kasalxonalar, korxonalar va offislarda ishlar olib borishdi.
 
14
 
Bugungi kunda ko‘pchilik umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘zining psixologlariga ega. 
Biroq shunga qaramay direktor va o‘qituvchilar ko‘pincha psixologning qo‘lidan nima kelishi 
mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal 
qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda 
tashqi jihatdan hech narsa o‘zgarmaganini ko‘rishgach, ularda «Maktab psixologining o‘zi nima 
keragi bor?» degan tipdagi savollar tug‘iladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o‘rgangan nazariy 
bilimlar etmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko‘pincha amaliyotning ular oldiga 
qo‘ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog 
avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik xizmatning 
umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o‘rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni 
bajarishi talab etiladi:
1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to‘laqonli 
rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish: 
2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik o‘rganilishini 
ta’minlash:
3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin 
bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Umuman olganda kasb o‘z ichiga quyidagi tavsiflarni kiritadi:
6.
Bu mehnatning chegaralangan ko‘rinishi bo‘lib, psixolog uchun boshqa 
mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqdir. 
14
David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – P. 
11 


88 
7.
Bu kasb doimiy maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan holat bo‘lib, bunda 
mutaxassislar doimiy tarzda malakalarini oshirishlari talab qilinadi. 
8.
Bu ma’lum bir maqtovlar, taqdirlash usullari kerak bo‘lgan kasblardan biri 
hisoblanadi. 
9.
Jamiyat uchun foydali bo‘lgan 
kasblardan biri hisoblanadi.
10.
Bu kasb insonlarga ma’lum bir 
statusni berishi mumkin.
Shunday qilib, psixolog maktabga 
avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu 
psixolog o‘qituvchilar bilan ishlamaydi, 
degani emas. 
Psixolog maktabda engib o‘tishi kerak 
bo‘lgan birinchi to‘siq - bu maktabning 
pedagogik jamoasiga qo‘shila olishdir. Bordi-
yu psixolog bu murakkab organizmga 
qo‘shilib keta olmasa, o‘z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir. 
Psixolog adaptatsion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo‘ladi. Ko‘pincha 
o‘qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o‘rgatuvchi inson 
sifatida ko‘rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O‘z- 
o‘ziga ishonchi sust bo‘lgan o‘qituvchilar psixologni go‘yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi 
shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning 
maktab sharoitiga tez ko‘nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi.
Buning oldini olish uchun psixolog o‘qituvchilar bilan o‘zaro teng munosabatlarga 
kirishishi, ikkala taraf ham o‘zini bilag‘on qilib ko‘rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb 
hissoblamasligi zarur. SHunga erishish kerak-ki, o‘qituvchilar psixologni ularga yordam bera 
oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar 
kirmasligini,mo‘jizalar ko‘rsatish uning qo‘lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
O‘qituvchi bilan bo‘lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo 
bo‘lmagani uchun u bo‘yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo‘rqmaslik kerak. Dastlabki 
qadamlarni qo‘yishda ota - onalar bilan aloqa o‘rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy 
xarakterda bo‘lishi va o‘zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun 
psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog: 
1. O‘zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo‘lgan munosabatlarni to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yishi. 
2. O‘z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash ekanini doim 
yodda saqlashi.
3. O‘zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan diagnostik va 
rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan uning oldini olgan 
ma’qulroq- da) lozim bo‘ladi.
O‘qituvchilar ham alohida e’tibor talab qiladigan ob’ektdir. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, 
odatda o‘qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘ladilar. Hamma gap psixolog 
o‘zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o‘qituvchilarga nisbatan egallaydigan 
pozitsiyasi juda muhim rol o‘ynaydi.
Psixolog pozitsiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: 
a) pedagog bilan bo‘lgan munosabatga ustanovka;
b) pedagoglarni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka. 
v) sub’ekt - sub’ekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi 
munosabatlarga ustanovka.
Mana shunday pozitsiya pedagoglar bilan bo‘lgan konstruktiv hamkorlikni ta’minlay oladi.

Download 5,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish