Mundarija kirish. Neft va gaz sanoatining energetika kompleksidagi o‘rni



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana16.12.2022
Hajmi1,29 Mb.
#888642
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
tarelkali rektifikatsion kalonnlarni hisoblash




 
 
 
 
 
 
MUNDARIJA 
1. 
Kirish. Neft va gaz sanoatining energetika 
kompleksidagi o‘rni 
2-3 
2. 
1.UMUMIY QISM 
3. 
 1.1 Tovar neft mahsulotlarining xarakteristikasi 
4-5 
4. 
 1.2 Neftni qayta ishlashga tayyorlash bosqichlari 
5-11 
5. 
 1.3 Rektifikatsion kolonnalarning tuzilishi 
9-14 
6. 
2.ASOSIY QISM 
7. 
 2.1 Tarelkali rektifikatsion kolonnalar 
14-22 
8. 
 2.2 Rektifikatsion kolonnani o‘rnatish va ta’mirlash 
22-24 
9. 
3.HISOB QISMI 
10. 
 3.1 Rektifikatsion kolonnani hisoblash 
25-28 
11. 
 Xulosa 
29 
12. 
 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
30 



KIRISH 
 
Neft va gaz sanoatining energetika kompleksidagi o‘rni 
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg’ona va Buxoro neftni 
qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg’ona zavodi surkov moylari va yonilg’i 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish bo’yicha 30 dan ortiq texnologik 
qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg’i yo’nalishida, uning asosiy 
texnologik uskunalari 7 ta. Buxoro neft zavodi yaqinda, ya’ni 1997 yil 22 avgust 
kuni ishga tushirildi. Neft zavodi to’la quvvatda ishlaganda ulardan yuqori oktanli 
benzin, dizel yoqilg’isi, koks, parafin, motor moylariga qo’shilmalar, ichki yonuv 
dvigatellari uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), 
kerosin, bitum, mazut kabi neft mahsulotlar olinadi. Yangi mahsulotlarni ishlab 
chiqarishni o’zlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar o’zlashtirilmoqda. 
Keyingi yillarda qurilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish hajmi o’sdi va 
Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi. 
Gaz sanoati – yoqilg’i - energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog’i. 
Uning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi hissasi 82,2% ni tashkil 
etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga 
tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin aralashmalardan 
tozalash imkoniyatilari yaratildi. (1994 yilda zavodning 4-navbati ishga tushirildi). 
Yaqinda Sho’rtanda gaz-kimyo zavodi birinchi mahsulotlarini bera boshladi.
Farg’ona neftni, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari va Shoʼrtan gaz 
kompleksida yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. 
O’zbekiston Mustaqillikka erishgach, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga 
bo’lgan ehtiyojini o’z resurslari hisobga qondirish dolzarb masala bo’lib qoldi. 
Tarqoq holda ish olib borgan ilmiy va ishlab chiqarish tarmoqlari birlashtirilib, 
yagona tashkilot – O’zbekiston “Neft va gaz sanoati” davlat konserni tashkil etildi 
(1991). Keyinroq konsern negizida O’zbekiston neft va gaz sanoati milliy 
korporatsiyasi (“Uzbekneftgaz”) tuzildi (1992). Korporatsiya tarkibida yirik 
birlashma va 
boshqarmalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda: “Uzneft qazib olish” davlat -aksionerlik 
birlashmasi 1994-y. Birlashma quduqlar burgilash va qurish neft, gaz kondensati, 
tabiiy gaz qazib olish, tabiiy gaz qayta ishlash, neft konlarini ochish xamda milliy 
me’yoriy-tadqiqot ishlari, kadrlar tayyorlash (Buxoro gaz sanoati kolleji, 1974 y) 
bilan shugullanadi. 
“Uzneftgazqurilish” 
davlat-aksionerlik 
birlashmasi 
1992 
yilda, 
“Uzgazuzatish” davlat birlashmasi 1993 yilda tuzildi. Birlashma tabiiy gazni 
O’zbekistondagi va xorijdagi iste’molchilarga shartnoma asosida yetqazib beradi. 
Tarkibida boshqarmalar, 4 gaz omborlari, 27 kompressor va 283 gaz taqsimlash 
stansiyasi, qo’shma korxonalar va hokazo. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 4-martdagi "2015-2019-
yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilishni taminlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida"gi farmonida neft-



gaz sanoatini rivojlantirishning yangi istiqbollari belgilab berilgan. Ushbu hujjatga 
muvofiq neft-gaz sanoatida tabiiy gaz va gaz kondensatini chuqur qayta ishlash 
asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
oshirish va turini kengaytirish, eksportni ko‘paytirish, mavjud quvvatlarni 
modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy 
yilda umumiy qiymati 20,6 milliard dollarlik 38 investitsiya loyihasini bajarish 
rejalashtirilgan. Buxoro viloyatida joylashgan Qandim gazkondensat konlari 
guruhini o‘zlashtirishdagi asosiy ishlab chiqarish obyekti hisoblangan Qandim 
gazni qayta ishlash majmuasi ulardan biridir. 
"O‘zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi Rossiyaning "LUKOYL" neft 
kompaniyasi bilan hamkorlikda "Qandim-Havzak-Hodi-Qo‘ng‘irot" mahsulotini 
taqsimlash to‘g‘risidagi bitim doirasida Qandim gazkondensat konlari guruhini 
o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu guruhga Qandim, Quvachi- 
Olot, Oqqum, Parsanko‘l, Xo‘ja Mva G‘arbiy Xo‘ja kabi oltita gazkondensat koni 
kiradi. Qandim gazni qayta ishlash majmuasi tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr 
tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod, shuningdek, 114 qazish qudug‘i, 11 
maxsus maydon va 4 yig‘uv punktini o‘z ichiga olgan tabiiy gazni to‘plash tizimi 
kiradi. Bundan tashqari, 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yoli 
qurish rejalashtirilgan. Majmua va infratuzilma obyektlarini barpo etishga 7
mingga yaqin kishi jalb etiladi. 
Bu kompaniyamizning O‘zbekistondagi eng yirik investitsiya loyihasidir, - 
dedi "LUKOYL" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov. - Uskunalar yetqazib 
berish, gazni qayta ishlash majmuasini qurish va Qandim konlar guruhini jihozlash 
bo‘yicha shartnoma qiymati 2,7 milliard dollarni tashkil etadi. Dastlabki bosqichda 
ushbu loyihaga yo‘naltiriladigan jami investitsiya hajmi 3,3 milliard dollar 
miqdorida baholanmoqda. Bu yerga eng yaxshi mutaxassislar va zamonaviy 
texnologiyalar jalb etiladi, ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnat va atrof-muhitni 
muhofaza qilishga doir barcha standartlarga rioya etiladi. 




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish