Mundarija kirish. Neft va gaz sanoatining energetika kompleksidagi o‘rni


Nasadkali rektifikatsion kolonnalar



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana16.12.2022
Hajmi1,29 Mb.
#888642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
tarelkali rektifikatsion kalonnlarni hisoblash

Nasadkali rektifikatsion kolonnalar. 
Bunday kolonnalar eng ko‘p tarqalgan yuzali 
qurilmalar qatoriga kiradi. Har xil shaklli va o‘lchami 12/150 mm bo‘lgan qattiq jismlar, 
ya’ni nasadkalar bilan to‘ldirilagan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori
samaradorlikka ega bo‘lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali
kolonnalarda 
nasadkalar gaz va suyuqlik o‘tadigan tayanch to’rlarga o’rnatiladi. Qurilmaning ichki 
bo‘shlig‘i nasadka bilan to‘ldirilgan bo‘ladi yoki har birining balandligi 1,5 - 3 m bo‘lgan 
qatlamlar holatida joylashtiriladi. Gaz to’rning tagiga beriladi, so‘ngra nasadka qatlamidan 
o‘tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqori qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib 
beriladi, u nasadka qatlamidan o‘tayotganda pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan 
uchrashadi. Kolonna samarali ishlashi uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun 
ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bir har sochib berilishi kerak. Bu qurilmalarda kontakt yuzasi 
esa nasadkalar yordamida hosil qilinadi. 
Odatda nasadkali kolonnlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli 
kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir me’yorda 
taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli kolonnalar samaradorligi ancha kam 
bo‘ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo‘lgan qurilmalar ham ishlatiladi. 
Tarelkali kolonnalarning ishlash prinsipi shunga asoslanganki, unda jihozni 
rektifikatsiya jarayoni bug‘ va suyuqlik fazalarini ko‘p bosqichli kontakt usulida olib 
boriladi. Shu maqsadda kolonna maxsus tarelkalar bilan jihozlangan. Bu tarelkalarda asosan 
fazalar orasida massa almashinuv boradi. Tarelkalar kolonnalar ichiga gorizontal 
o‘rnatiladi. Konstruktiv elementlari bilan farq qiladigan tarelkalar ko‘p. Tarelkali 
kolonnaning ichki qismiga uning balandligi bo‘ylab bir xil oraliqda bir necha gorizontal 
to‘siqlar, ya’ni tarelkalar o‘rnatiladi. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan o‘zaro 
to‘qnashib, ularning harakati boshqariladi. Gazlarning suyuqlikdan o’tishi va natijada 
tomchi hamda ko‘piklaming hosil bo‘lishi barbotaj deyiladi. Sanoatda konstruktiv tuzilishi 
turlicha bo‘lgan tarelkalar ishlatiladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga 
quyilishiga qarab tarelkali kolonnalar quyilish moslamasi bor va quyilish moslamasi yo‘q 
bo‘ladi. Quyilish moslamasi bor tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan ikkinchi 
tarelkaga quyiluvchi quvur yoki maxsus moslama orqali o‘tadi. Bunda quvurning pastki 
qismi pastki tarelkadagi stakanga tushirilgan bo‘lib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi, 
ya’ni bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga faqat suyuqlikni o‘tkazib gazni o‘tkazmaydi. 


12 
15.1-rasm. Quyilish moslamasi bo‘lgan tarelkali kolonna: 1-g‘alvirsimon tarelka; 2-
quyilish quvuri. 
Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi qismidagi tarelkaga berilib, bu suyuqlik 
tarelkadan tarelkalarga maxsus moslama orqali o‘tib, kolonnaning pastki qismidan chiqib 
ketadi. Gaz esa kolonnaning pastki qismidagi tarelkalarning teshikchalaridan pufakchalar 
holida taqsimlanib, tarelkalardagi suyuqlik qatlamida ko‘pik hosil qilib yuqoriga harakat 
qiladi. Tarelkada hosil bo‘lgan gaz ko‘piklari modda va issiqlik almashinish jarayonining 
asosiy qismini tashkil qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning yuqorigi qismidan chiqadi. 
Quyilish quvurlari shunday joylashtiriladiki, bunda qo‘shni tarelkadagi suyuqlik qarama-
qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. 
Quyilish moslamasi bor kolonnalarda elaksimon, qalpoqchali. S - simon elementli, 
klapanli, kapsulali, plastinali, tez harakat qiladigan oqimli va boshqa turdagi tarelkalar 
o‘rnatiladi. Bunday tarelkalarda suyuqlik oqimi harakatini tashkil etishda quyidagi usullar 
ishlatiladi: bir oqimli, ikki oqimli, uch oqimli, to'rt oqimli, halqasimon harakat, tutash 
tarelkalarda bir tomonga yo'nalgan harakat, pog‘onalar bo‘ylab harakat, o‘roqsimon 
quyilish to‘sig‘i orqali harakat (15.2-rasm). Turli xildagi quyilish moslamasi bo'lgan 
tarelkalaming samarali ishlashi gidrodinamik harakat rejimiga bog‘liq. Gazlarning tezligi va 
suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch xil: pufakli, 
ko'pikli. ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi. Bu rejimlar barbotaj qatlamining 
tarkibiga qarab bir-biridan farq qilishi bilan birga, kontakt yuzasining kattaligi, gidravlik 
qarshilik miqdori va balandligini aniqlaydi (15.3-rasni). Ushbu rasmda quyilish moslamasi 
bor tarelkaning gidravlik qarshiligi bilan kolonnadagi gaz oqimi tezligining o‘zaro 
bog‘lanishi ko‘rsatilgan. 
Gazning tezligi kichik bo‘lganda, u suyuqlik qatlamidan alohida pufakchalar holida 
o‘tadi. Bu tarelkalardagi gaz bilan suyuqlikning kontakt yuzasi kichik bo'ladi. Bunday holat 
pufakli rejimni tashkil etadi. 


13 
a-bir oqimli; b—ikki oqimli; d-uch oqimli; e-to‘rt oqimli; f-halqa bo‘ylab harakat; g-tutash 
tarelkalarda bir tomonga yo‘nalgan harakat; h,i-pog‘onasimon harakat; j-o‘roqsimon 
quyilish to'sig‘i orqali harakat. 
15.4-rasm. Elaksimon tarelkali kolonna: a-kolonnaning tuzilishi; b-tarelkaning ishlash 
prinsipi; 1-qobiq; 2-tarelka; 3-quyilish quvuri, 4-stakan. 
15.4-rasmda elaksimon tarelkali kolonnaning ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Bu 
turdagi uskunalarda vertikal silindrsimon qobiq bo‘lib, uning ichiga gorizontal tarelkalar 
o‘matiladi. Tarelkalaming butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan iborat bo‘ladi. 
Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchisiga o‘tishi va tarelkadagi suyuqlik qatlamining 
balandligi quyi qismi stakanga o‘rnatilgan quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka 
teshiklaridan o‘tib, suyuqlik qatlamida pufakchalar holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda 


14 
kam bo‘lsa, bunda yuqorigi tarelkadagi suyuqlik teshiklar orqali quyi tarelkaga oqib tushib 
ketadi, natijada gaz bilan suyuqlikning modda almashinish samaradorligi juda ham kamayib 
ketadi. Shuning uchun berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning bosimi tarelkadagi 
suyuqlik qatlamining bosimidan yuqori bo‘lib, tarelkadan suyuqlikning oqib tushishiga yo‘l 
quymasligi kerak. Odatda g‘alvirsimon tarelka yuzasidagi suyuqlik qatlamining balandligi 
25-30 mm bo‘ladi. 
Hozirgi kunda sanoat kolonnalarini to‘ldirish uchun turli nasadkalar ishlatiladi. 
Nasadkalar solishtirma yuzaga, minimal massaga va katta erkin hajmga ega bo‘lishi kerak 
Ular quyidagi ko‘rsatgichlar bilan xarakterlanadi: 
1. Solishtirma yuza m
2
/m
3
; bu kattalik kolonnaning 1 m
3
hajmiga 
to‘ldirilgannasadkaning yuzasini bildiradi. 
2. Erkin hajm, m
3
/m
3
; bu kattalik 1m
3
hajmdagi nasadkalarning ichida qancha erkin 
hajm borligini ko‘rsatadi. 
3. Suyuqlikning ushlab qolish qobiliyati, m
2
/m
3
; bu kattalik nasadka qatlamining 
hajm birligida ushlab qolinadigan suyuqlikning miqdorini bildiradi. 
4. 1 m
3
nasadkaning massasi, kg. 
2- rasm. Nasadkalarning turlari: 
a- rishig halqasi; b-Lessing halqasi; v-krestga o‘xshash to‘siqli halqa; g- bitta 
spiralli halqa; d- ikkita spiralli halqa; j- Berl egari; z – Intaloks egari
Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, 
polimer halqalar, maydalangan kvars, polimer halqalar,metalldan tayyorlangan to‘rlar, 
sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (6-rasm). 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish