Neft va gaz tarmog‘i. Elektr energetika tarmog‘i. Atom energetikasi tarmog‘i



Download 251 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2022
Hajmi251 Kb.
#432090
  1   2   3
Bog'liq
2 (2)


2 – mavzu. O‘zbekiston sanoati sohalarining samaradorligi
Reja:

    1. Neft va gaz tarmog‘i.

    2. Elektr energetika tarmog‘i.

    3. Atom energetikasi tarmog‘i.

Neft va gaz sanoati, neft va gaz konlarini qidirish, burg‘ulash, qazib chiqarish, uglevodorodlarni qayta ishlash, neft maxsulotlarini ishlab chiqarish, neftkimyo va kimyo usunalarini ishlab chiqarish va ist’molchilarni neft maxsulotlari bilan ta’minlashgacha bo‘lgan barcha neft va gaz operatsiyalarini qamrab oladi.
Neft va gaz sanoatida 30ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, ular, avtobenzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, xar-xil turdagi moylar, mazut, bitum, xar-xail turdagi polietilen, tovar xoldagi tabiiy va suyultirilgan gaz, neftkimyo va kimyo usunalari, suyultiriligan gaz uchun balonlar va boshqa maxsulotlar ishlab chiqaradi.
Neft va gaz sanoatining investitsiya siyosati, avvalo soxani diversifikatsiya qilish va neft va gaz resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlash uchun yuqori texnologiyalar bilan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan.
So‘nggi 5 yil ichida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi va boshqa bir qator sanoat ob’ektlari strategik ob’ektlar foydalanishga topshirildi.
Uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yirik strategik loyixalarni amalga oshirish davom etmoqda.
Xususan:
Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi 2020 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu loyixa ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,6 mlrd. kub metr tabiiy gazni qayta ishlash va Evro-5 talablariga javob beradigan 1,5 mln. tonna yuqori sifatli sintetik yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi.
SHu bilan birgalikda, SHo‘rton gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyixasini amalga oshirishning yangi Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Loyixani amalga oshirish bilan zavodning xozirda ishlab turgan quvvati 125,0 ming tonnadan 500,0 ming tonnagacha, ya’ni 4 baravar ko‘payadi.
Natijada neft-kimyo sanoatini yanada rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Undan tashqari, Evro-5 Evropa standartlariga javob beradigan yuqori sifatli neft maxsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan “Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish” investitsiya loyixasini amalga oshirish xam rejalashtirilgan.
2020 yil 4 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft va gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-4664-sonli qarori qabul qilindi.



"O‘zbekneftegaz" AJ neft va gaz sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qarzlari bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni kapitallashtiradi.
Ushbu loyihalarga sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun GTL zavodining qurilishi, Surg‘il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi, Janubiy Kemachi konining ta’mirlanishi va o‘zlashtirilishi, SHimoliy SHo‘rtan konlarida bog‘liq gazlarni utilizatsiya qilish, qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalar sotib olish va bir qator konlarni o‘zlashtirish kiradi.
SHunday qilib, "O‘zbekneftgaz" AJning kapitallashuvi aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Qarorga muvofiq, Energetika vazirligiga boshqa tegishli vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrgacha gaz-transport tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish topshirildi. SHuningdek, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislarini jalb qilish vazifasi yuklatilgan.
SHuningdek, ungacha, barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyat va narxlarning shaffof mexanizmini ta’minlashni inobatga olgan holda birja savdolariga asoslangan elektr energiyasi va tabiiy gazning ulgurji bozorini yaratish taklifini ishlab chiqib hukumatga taqdim etish topshirildi.
Hujjat, shuningdek, Energetika vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat aktivlarini boshqarish agentligiga bir qator ko‘rsatmalar beradi, shu jumladan joriy yilning 1 iyunigacha malakali xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni yollash, jumladan, chet eldagi vatandoshlarni, neft va gaz sanoati korxonalariga ishga qabul qilish bo‘yicha hukumatga takliflar kiritish
2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish dasturini moliyalashtirishni davom ettirish maqsadida Ipak yo‘li jamg‘armasi (XXR) va xorijiy tijorat banklarining 250 million AQSH dollari miqdoridagi, shuningdek, eksport-kredit agentliklari hisobidan 400 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini jalb qilish.
Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi. Ushbu mahsulotlarni neftni qayta ishlash zavodlari (BNQZ) tomonidan sotish ushbu sanadan boshlab faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatda shuningdek, neft mahsulotlarini neftni qayta ishlash zavodlaridan birja savdolari orqali sotib olishda aksiz solig‘i to‘lash mexanizmi ham tushuntirilgan.

Download 251 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish