O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

birinchi guruh 
normalarga — jazo turi, jazo tayinlash, jazodan shartli ozod qilish, javobgarlik va sudlanganlik 
muddatini belgilovchi normalar; 

ikkinchi guruh 
normalarga - jazoni o'tash koloniyasi tur-larini belgilovchi, tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov 
choralari kiradi. 
2001-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida jinoiy jazolarni 
liberallashtirish munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodek-siga kiritilgan o'zgartirish va 
qo'shimchalar jazo sanksiyalarining yengillashuviga, jazo muddatlarining kamayishiga, ozodlikdan mahram qilish, 
qamoq jazolarining kamroq belgilanishiga olib keldi. Jinoiy jazolar tizimidagi bunday islohotlar voyaga yetmaganlarga 
nisbatan jazo tayinlashda muhim ahamiyatga ega. 
Kriminologik tadqiqotlar, statistik ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 
ozodlikdan mahram qilish, qamoq va umuman, jamiyatdan ajratish bilan bog'liq bo'lgan jazolarning qo'llanishi salbiy 
natijalarni bermoqda va kelajakda retsidiv jinoyatlarni ko'payishiga zamin yaratmoqda. Voyaga yetmagan shaxslarning 
jinoyat sodir etishining oldini olish masalasi respublikamizda barchani o'ylantirayotgan eng og'riqli, achinarli va dolzarb 
muammolaridan biridir. Chunki bu kelajagimiz bo'lgan yosh avlodning barkamolligi bilan bog'liqdir. Ularni tarbiyalash, 
jamiyat uchun foydali, shu bois ma'naviy sog'lom bo'lishi har birimizning burchimiz. Shu o'rinda voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligining sabablariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, voyaga yetmagan shaxslarni jinoyatga yetaklaydigan sabab va 
shart-sharoitlar quyidagilardan iboratdir: 
1) aholi turmush darajasining pasayishi; 
2) ota-ona, tarbiyachilar, maktab, internat va boshqa muassa-salarda bolalar tarbiyasi bilan yetarli darajada 
shug'ullanmaslik, tarbiyaviy, profilaktik tadbirlarning o'tkazilmasligi. 
3) oila, maktab va o'quv muassasalarida nazoratning sustligi; 
4) voyaga yetmagan shaxs yashayotgan, o'qiyotgan mikromuhitdagi kriminologik sharoit; 
5) maktablarda yuristlar va psixologlarning faoliyat olib bor-masliklari; 


146 
6) oilalardagi ajrashib ketish, ota yoki onalik huquqidan mahram qilish holatlarining yuqoriligi. Masalan, 1999-
yilning birinchi yarmida voyaga yetmagan sudlanganlar 1105 kishini tashkil etib, shulardan 258 tasi (23,3 %) ota-onasiz 
tarbiyalangan-lardir; 
7) bosqinchilik, o'g'rilik kabi jinoyatlarga voyaga yetmagan shaxslarni jalb qilish holatlarining tez-tez uchrashi; 
8) axloqqa qarshi jinoyatlar, ya'ni voyaga yetmagan shaxsni g'ayri-ijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishi, o'n olti 
yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, o'n olti yoshga to'l-magan shaxsga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar 
qilish, pomografik narsalarni tayyorlash va sotish, fohishaxona saqlash yoki qo'shmachilik qilish kabi jinoyatlarning 
sodir etilib turi-lishi; 
9) jazoni o'tab chiqqan voyaga yetmagan shaxslarni o'z holiga tashlab qo'yilganligi, ish bilan band qilishning sust 
darajada olib borilishi; 
10) huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan militsiya, mahalla posbonlariga voyaga yetmagan shaxslar bilan 
ishlash, tarbiyaviy, profilaktik choralarni ko'rish, ishga joylashtirish tad-birlari o'tkazish vazifasini yuklovchi huquqiy 
hujjatlaming mavjud emasligi, mavjud bo'lgan huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlovchi mexanizmning yo'qUgi va 
hokazolar. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 19-iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti 
to'g'risidagi» 16-qarorida voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolarning 
samaradorligiga e'tibor berish lozimligi aytilgan. Shu bilan birga og'ir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam 
sudlangan, huquqni buzganlik uchun ichki ishlar organlarida hisobda turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda 
qat'iyatsizlikka yo'l qo'yib bo'lmaydi. Sudlar voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov ishlarini 
sifatli va puxta olib borilishini, voyaga yetmaganlarning shaxsini ifodalovchi ma'lumotlarni, ularning yashash sharoiti, 
tarbiyasi, jinoyat sodir qilish motivlari, jinoyat sodir qilishga olib kelgan sharoit va sabablar to'la va har tomonlama 
aniqlanishini talab qilishlari lozim. Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishida katta yoshdagilarning ta'siri, ularning 
jinoyat yoki boshqacha huquq-buzarliklarga jalb qilinishining sabablarini batafsil aniqlash kerak, deb ta'kidlangan. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish