Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


ZARAFSHON DARYOSINING HOZIRGI EKOLOGIK HOLATI VA UNI SAQLASH



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
ZARAFSHON DARYOSINING HOZIRGI EKOLOGIK HOLATI VA UNI SAQLASH 
TADBIRLARI 
 
Ravshanova M.X., Aliyeva K.B. 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
Respublikamizda iste‘mol qilinayotgan suv miqdorining 95 % ini daryo va soylardan oladi. 
O‗zbekiston hududini kesib o‗tuvchi eng yirik suv zahiralari hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo 
hamda uning irmoqlari O‗zbekistondan tashqarida boshlanadi. Norin, Qoradaryo, Chirchiq, So‗x, 
Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo O‗zbekistonning yirik daryolari hisoblanadi.
Zarafshon daryosi qadimda Rudi Mosaf, Rudi Sharg‘, Daryo Ko‗hak kabi nomlar bilan atalgan, 
arablar kelgach, Vodiy us - Sug‘d, Nahr ul - Buxoro nomlari bilan ham juda mashhur bo‗lgan. 
Yunonlar esa ―Ko‗p ezgu suv‖ ma‘nosida Politimet deyishgan.
Zarafshon daryosi - O‗rta Osiyoda Amu va Sirdaryolardan keyin uchunchi muhim daryo 
hisoblanadi. Shuningdek bu daryo juda ko‗p nomlar bilan ataladi. ―Zarafshon‖ so`zining ma‘nosi esa 
Zarafshon - bu zar, ya‘ni ―Oltin sochuvchi‖ degan ma‘noni bildiradi. Chunki daryoning tekislikdan 
oqadigan qismi cho‗l iqlimli yerlarga qadim - qadim zamonlardan buyon hayot bag‘ishlab kelganligi 
sababli uning suvi ―zar‖ ga teng ko‗rilgan va juda ham qadrlangan. Bundan tashqari ushbu daryoni 
qadimda Sug‘diyona o‗lkasini jannatmakon o‗lkaga aylantirgan daryo sifatida ulug‘lashgan.
Bundan ko‗rinib turibdiki, daryo juda ko‗pchilikda qiziqish uyg‘otgan. Bu esa o‗z navbatida 
daryo suvi nechog‘li ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, Navoiy viloyatini suv bilan 
ta‘minlashda Qo‗yimozor, To‗dako‗l suv omborlari, Konimex kanalining ahamiyati katta bo‗lib, 
viloyatining asosiy suv manbai esa - Zarafshon daryosi hisoblanadi.
Daryo Turkiston, Zarafshon va Oloy tizimlari tutashgan joydagi Mastchoh tog‘ tugunida 
joylashgan Zarafshon muzligidan boshlanadi va g‘arbga tomon oqadi. Yuqori qismi Mastchohdaryo 
deyiladi. Ayniy qishlog‘i yonida Fondaryo irmog‘i qo‗shilgandan keyin. 
Pajikent shahridan o‗tgach, O‗zbekiston hududida uzunligi 480 km masofada keng vodiydan 
tekis bo‗ylab oqadi. Zarafshon Samarqand shahri yaqinidagi Cho‗ponota tepaligi yaqinida ikkita katta 
tarmoq – Oqdaryo (Shimoliy tarmog‘i) va Qoradaryoga ajraladi. Suvning ko‗p qismi Qoradaryodan 
oqadi. Ikkala daryo Xatirchi qishlog‘i yonida yana birlashib Zarafshon nomi bilan oqishda davom 
etadi. Zarafshon keng Qizilqum cho‗lida mayda tarmoqlarga bo‗linib tugaydi.
Zarafshon daryosining umumiy uzunligi 576 km. Bir yillik suv oqimi miqdori 5064,2 mln.m
3
ni 
tashkil qiladi va suv oqimining to‗liq davri yilning bahor va yoz fasllariga to‗g‘ri keladi. Suvning ko‗p 
bo‗lgan davri iyul oyida va pasayishi avgustdan mart oyigacha davom etadi.
Zarafshondan Konimex kanali chiqarilgan. Zarafshon daryosi vohasining o‗rta qismida 
viloyatning paxtachilik zonasi o‗rnashgan. Karmana qishlog‘iga ichimlik suvini asosan hududning 
shimol tomonidan oqadigan Zarafshon daryosi ta‘minlab beradi. Shuningdek daryo suvi havza 
hududida joylashgan sug‘oriladigan maydonlarga va sanoat ehtiyojlari uchun sarf bo‗ladi. Zarafshon 
daryosining ahamiyatli jihatlarini ko‗plab keltirish mumkin jumladan elektr quvvati hosil qilishning 
asosiy manbai bo‗lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiyotning yaxshilanishiga, aholi turmush tarzining bir 
muncha o‗sishiga daryo suvidan oqilona va ehtiyotkorona foydalanish evaziga amalga oshirish 
imkonini beradi. Daryoning yana bir muhim ahamiyatli tomonlardan biri unda hayot kechiradigan suv 
osti o‗simliklari va hayvonot olami ahamiyatga molikdir. Baliq mahsulotlari yetishtirishda ham muhim 
o`rin tutadi. Zarafshon daryosi bo`yidagi to‗qaylarda daraxt, buta va o‗t - o‗simliklarning gurkurab 
o‗sib, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlashi, atmosferani kislorod bilan boyitishda ishtirok etishi o`ziga 


348 
xos ahamiyat kasb etadi. 
Biroq bugungi kunda jahonning barcha hududlarida ichimlik suvi tanqisligi va uning ifloslanish 
darajasi oshib bormoqda. Xususan, Zarafshon daryosi suvining ifloslanishi ham bizni befarq 
qoldirmaydi. Daryo suvini ifloslanishining bir qancha manbalari bo‗lib, bularga sanoat korxonalari, 
qishloq xo‗jaligi va mahalliy aholining faoliyatini aytish mumkin. Bizga ma‘lumki, Navoiy shahri 
sanoatlashgan markazlardan biri hisoblanib, mavjud yirik korxonalar o‗z faoliyatini amalga oshirishda 
daryo suvidan foydalanadi va ishlab chiqarishda bevosita foydalanilgandan so‗ng yaroqsiz holga 
kelgan oqava suvlar atrofga chiqarib tashlanishi natijasida mazkur joyning flora va faunasiga salbiy 
ta‘sirini ko‗rsatmay qolmaydi. Bu esa turli ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab 
bo`lmoqda. Kun kelib daryo suvining butkil yaroqsiz holga kelishi hech gap emas. Buni oldini olish 
zarur. Daryosining hozirgi ekologik holatini saqlab qolish va yashilash uchun bir qancha chora 
tadbirlarni amalga oshirish lozim. 
Aholi o‗rtasida tushuntirish ishlarni olib borgan holda, ekologik madaniyatni shakllantirish. 
Zarafshon daryosi bo‗yida faoliyat olib borayotgan korxonalar ish faoliyatini o`rganish hamda 
muhim tavsiyalarni ishlab chiqish;. 
Zavod, fabrikalardan chiqadigan oqava suvlarni tozalashda ijobiy samara beruvchi yuksak suv 
o‗simliklaridan foydalanish va ko‗paytirish;
Daryo suvini ifloslanishdan muhofaza qilish, atrof muhit musaffoligi va aholi salomatligining 
garovidir. Chunki suv tiriklik manbai bo`lib, uning tozaligi hayot uchun o`ta muhim sanaladi.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish