31
Nishon va boshqa tumanlar bedazorlarida o‘tkazilgan xisoblarimiz beda va dala qandalalari uchrashi
nisbati 1:1 to‘gri keladi. Beda o‘rimi beda qandalasining lichinkalariga kuchli halokatli ta‘sir
ko‘rsatadi. Bunda faqat irrigatsiya tarmoqlari va yonma-yon bedapoya orasidagi o‘t-o‘lanlar orasiga
tushib qolgan lichinkalargina omon qoladi xolos.
Voyaga yetgan beda qandalasining zotlari harakatchan bo‘lib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib
yurib, kunduzi va issiq kunda ayniqsa faollashadi. Yomg‘irli va bulutli kunlari ularning faolligi bir
muncha pasayib, ular guruxlanib barglar ostiga va boshqa himoyalangan joylarga berkinadilar.
Dastlabki voyaga yetgan beda qandalasi 6 mayning boshida qayd qilindi. Yuqorida keltirilgan
ma‘lumotlarda beda qandalasi sonining keskin o‘sishi iyun oyining ikkinchi yarmidan kuzatildi. Beda
qandalasining dastlabki tuxum qo‘yishi 5 iyunda kuzatildi. Tuxumlardan lichinkalarning chiqishi 6-9
kunga to‘gri keldi.
Beda qandalasining lichinkalari ajratilgan statsionar uchastkalarda aprel oyidan - sentyabr oyiga
qadar qayd qilindi. Beda qandalasi sonining keskin o‘sishi may oyining birinchi o‘n kunligida beda
statsionarida kuzatilib, 50 juft entomologik matrap silkitishimizda 109 ekz qadar zararkunanda soni
xisobga olindi. Barcha statsionar uchastkalardagi bedazorlarda zararkunandaning miqdori yuqoriligi
iyun oyi uchinchi va iyul oyi birinchi o‘n kunligida qayd qilindi.
Beda qandalasi kichik yoshdagi lichinkalari kam harakat bo‘lib, ular asosan berkinadigan
joylarga to‘planishini yoqtiradilar. Ular katta yoshga o‘tgan sari faollashadilar va bir o‘simlikdan
ikkinchi osimlikka ham o‘rmalab o‘ta boshlashadi, ammo kattaroq masofalarga ko‘chmaydilar.
Lichinkalar ham voyaga yetgan qandalalarga o‘xshab, o‘simlikning shirasi, uning shona,
gulchalari hamda yosh barglar bandlari va poya uchlari shiralari hisobiga oziqlanadilar. Katta yoshdagi
lichinkalar xattoki mayda umurtqasiz hayvonlar hisobiga ham oziqlanadilar. Beda qandalasi
lichinkalari sonining keskin o‘zgarishiga sabab beda o‘rilishi tufayli bedapoyalarda vjudga kelgan
harorat va namlikning keskin o‘zgarishidir.
Beda o‘rimining ayniqsa beda qandalasining kuchli, salbiy ta‘siri lichinkalar tuxumdan ochib
chiqa boshlagan va ular dastlabki stadiyalarda bo‘lgan davrlarda amalga oshirilgan taqdirda yuz
beradi. Bunda lichinkalar nafaqat shirali ozuqadan mahrum bo‘ladilar, vaholanki to‘gridan-to‘gri
tushgan quyosh nuriga bardosh beraolmasdan va tabiiy kushandalar faoliyatidan ham ko‘plab nobud
bo‘ladilar. Tadqiqotlarimiz ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki beda qandalasi yiliga 5 avlod berib
rivojlanadi.
Beda qandalasining dinamik sonini о‗rganish davomida 2 yillik bedada beda qandalasining soni
4 yillik bedaga nisbatan 3-4 marta kam uchrashi qayd qilindi. 4 yillik bedapoyada may oyidayoq beda
qandalasining soni juda yuqori bо‗lib, bu holat deyarli mavsumning oxirigacha saqlanib qolishiga
sabab, eski bedapoyalarda tuxumlarning kо‗plab qishlab qolishi va dalalarda, ariq bо‗yida hamda
о‗tloqlarda kо‗plab begona о‗tlarning uchrashidir. Umuman olganda beda qandalasining mavsum
davomidagi dinamik sonining keskin oshishi, bedaning yoppasiga shonalashi va gullashi bilan
bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: