Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


BUG‟DOYNING VIRUSLI KASALLIKLARINI ANIQLASH VA ULARNI OLDINI OLISH



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
BUG‟DOYNING VIRUSLI KASALLIKLARINI ANIQLASH VA ULARNI OLDINI OLISH 
 
Abduvaliyev B.A., Zokirov B.D., Fayziyev V.B.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom 
ashyoga bo‘lgan talabini qondirish hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi oldida turgan eng dolzarb 
vazifalardan biri bo‘lib, respublikamiz hukumati bu sohaga katta e‘tibor qaratmoqda. Respublikaning 
sug‘oriladigan va lalmikor maydonlari uchun bug‘doyning qurg‘oqchilik, kasallik va 
zararkunandalarga chidamli, yotib qolishga va qattiq sovuqqa bardoshli, doni sifatli, serhosil navlarini 
yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bugungi kundagi asosiy vazifasidan biri hisoblanadi. 
Davlatimizda oziq-ovqat sanoati uchun bir yilda 120-150 ming tonnadan ziyodroq don talab etiladi. 
Hozirgi vaqtda buncha miqdordagi donning ko‘p qismi chetdan sotib olinmoqda [Qurbonov, 2015]. 
 
Bug‘doyning yetishtirilishida ko‘gina kasalliklar hosildorlikni kamayishiga sabab bo‘lmoqda, 
jumladan bug‘doyning virusli kasalliklari, zang kasaliklaridan
 
qolishmasdan
 
hosildorligini 
kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Virusli kasalliklaridan bug‘doyning chiziqli mozaik virusi (
Wheat 
streak mosaic virus
) bug‘doy ekiladigan maydonlarda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa Rossiyada keng 
tarqalgan va bug‘doydan tashqari 30ga yaqin o‘simliklarga ziyon keltirishi hozirda ma‘lum. 
Kasallikning birinchi alomatlari virus yuqqandan keyin 4-8 kun o‘tgach bug‘doyning yosh 
barglarining tomirlar bo‗ylab kichik xloritik chziqli dog‘ yosh barglarda paydo bo‘ladi. So‗ngra 
xloritik chiziqlar yoki dog‘lar birlashib yaqqol mozaika alomatlarini shakillantiradi. Ko‘pincha 
simptomlar o‗simlikning maysa chiqarish bosqichlarida namoyon bo‘ladi.
Zararlangan barglar sarg‘ayib quriydi yoki rivojlanishdan orqada qoladi donlari kichik, ichi puch 
va zaif bo‗lib qoladi. Simptomlar yozda 26-30°C atrofida va kuzda 5-8°C atrofida bo‗lgan haroratlarda 
aniqlanishi qiyin bo‘ladi. O‘simliklar asosan kuz va bahorda zararlanadi. Tabiiy sharoitda kasallangan 
o‗simlik barglari va ildizlari, turpoq va o‗simlik qoldiqlaridan sog‘lom o‗simlikka yuqmaydi. Sog‘lom 
o‗simlikka yuqishi uchun virus bilan kasallangan o‗simlikda oziqlangan shira bitining bir necha fursat 
davomida oziqlanishi yetarli bo‗lishi mumkin. Virusning inkubatsiya davrining davomiyligi 6-14 [1, 
5]. Virus va uning tashuvchilari bug‘doy ekiladigan maydonlarda juda keng tarqalgan bo‗lishi 
mumkin, ulardan ko‗plab yovvoyi o‗simliklar virusning saqlovchisi bo‗lib xizmat qilishi mumkin. 
Epifitotiy yillarda bug‘doyning chiziqli mozaikasi zarar yetkazilishi juda sezilarli darajada bo‗ladi. 
O‗simlikning samarasiz somoni, doni, 1000 dona donning og‘irligining kamayib ketishiga olib keladi. 
Hosildorlikning yo‗qotilishi 60-70% gacha, o‗simliklarning zararlanishi 50-100% bo‗lishi mumkin. 
Virusning zararli ta‘sir darajasi o‗simlikni zararlantirish vaqtiga bog‘liq: qishki bug‘doy 
rivojlanishning dastlabki bosqichlarida virus eng ko‗p ta‘sir qiladi 
[
Сулаймонов, 2013].
Bundan tashqari bug‘doyning yana bir kasallik qo‗zg‘tuvchi virusi qishki bug‘doy mozaikasi 
yoki rus mozaikasi hisoblanib bu virusni birinchi marta 1937 yilda V.K.Zajurilo Vorenej viloyatida 
aniqlagan shu sabali bu virusga rus mozaikasi nomi berilgan. Hozirgi kunda bu virus qishki va bahorgi 
bug‘doy yetishtiriladigan maydonlarning deyarli barcha hududlarda keng tarqalgan [6]. Qishki 
bug‘doy mozaikasi bug‘doyning hosildorligini kamaytirib qishloq xo‗jaligiga katta ziyon yetkazadi. 
Bu kasallik bug‘doyning yosh barglarida va ularning tomirlarida odatda kuzda och yashil yoki limon-
sariq chiziqlar va dog‘ ko‘rinishida nomoyon bo‘ladi. Bunday mozaik barglarning pastki qismidan 
ayniqsa aniq ko‗rinadi. Zararlangan o‗simliklar o‗sishdan orqada qoladi. Sovuq havoning boshlanishi 
bilan barglarning mozaika rangi yo‗q bo‗lib ketishi mumkin, ammo keyingi yilning bahorida u yana 
aniqlanishi mumkin. Zararlangan o‗simliklarning barglari ochiq rangli qattiq ba‘zan o‗ralgan bo‗lib, 
o‗tkir burchak ostida yuqoriga ko‗tariladi, ko‗pincha piyoz barglariga o‗xshaydi. Bohorgi bug‘doyda 
barglarning mozaikasi o‗simliklar unib chiqanda aniq ko‗rinadi. O‗simlikning pastki yarimida oz sonli 
mozaik joylari paydo bo‗ladi. Yuqori barglarda sarg‘ishlik plastinka bo‗ylab taraladi, lekin barglarning 
yashil ranglari ba‘zan saqlanib qoladi. Kasallik juda zararli bo‗lib, hujayralarda xlorafil miqdori 


28 
virusning ta‘siri ostida kamayib ketadi. Natijada bargning uzunligi 1,5-2, 1000 don og‘irligi 5 
barobargacha kamayadi [Умарова, 2009].
Shunday ekan, mamlakatimizda bug‘doy o‘simligida tarqalgan viruslarni aniqlash, ularni 
identifikatsiya qilish va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Bu o‘z navbatida ushbu yo‗nalishda kuzatish va ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. Shuning 
uchun ushbu ishda bug‘doy o‘simligini kasallantiruvchi viruslar haqidagi dastlabki qisqacha nazariy 
ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish