29
LA
N
3= _____
(
OV
)
Bunda:
LA
– bankning
pul shaklidagi aktivlari,
OV
– bankning muddatsiz depozit hisobvaraqlariga doir majburiyatlari.
N3 –
me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam alomati 0,25 qilib belgilan-
gan. Mazkur me’yor Markaziy bank tomonidan kunlik balans asosida tezkor
(operativ) tarzda nazorat qilib boriladi.
Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi
– iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ushbu nor-
mativ bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini
shu lahzada bajara
olish qobilayatini anglatadi.
«Joriy likvidlik ko‘rsatkichi»
likvid shakldagi bank aktivlarini 30 kun-
gacha bo‘lgan muddatda yo‘qlab olingungacha turadigan hisobvaraqlari
bo‘yicha majburiyatlari summasi orasidagi nisbatni bildiradi.
LA
(1)
N
4= _______
OV
(1)
Bunda:
LA
– qaytarish muddati 30 kungacha muddatda berilgan bank-
ning likvid aktivlari va kreditlari.
OV
– qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan yo‘qlab olingungacha tura-
digan majburiyatlari.
N4 –
me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 0,3 ga teng.
Tajribadan shu narsa ma’lumki, ayrim banklar o‘rtasida
yuqori daromad-
ni ko‘zlagan holda talab qilib olgunga qadar va qisqa muddatga qo‘yilgan
omonatlar hisobidan kredit berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq mud-
datli tartibda joylashtiradilar. Jalb etilgan mablag‘larning muddati kelgan
paytda esa bank omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini muddatida baja-
rish imkoniga ega bo‘lmaydi. Buning natijasida bank o‘z to‘lov
qobiliyatini
yo‘qotadi. Bunday holat bankning o‘z faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina
qolmasdan, balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga qolaversa, bank ti-
zimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bank amaliyotida aktiv va
passiv mablag‘larning miqdori va muddatlarini balanslash talablari o‘rnatildi.
Bu to‘g‘rida jahon bank tajribasining «bankning oltin qoidasi»
deb nomlanuv-
chi qoidasi amal qiladi. Unga binoan bankning moliyaviy talablari miqdori
va muddati uning majburiyatlari miqdori va muddatlariga muvo
fi
q kelishi
shart.
N4 –
normativining iqtisodiy
mazmuni shundan iboratki, qay darajada
jami balans aktivlarining likvid qismi talab qilib olingunga qadar bo‘lgan
maj buriyatlarni bir vaqtning o‘zida qaytarishi mumkinligidir. Madomiki,
30
bunday muddatli omonatchilar har qanday vaqtda bankdan o‘z omonatlarini
talab qilishlari mumkin.
Yuqoridagi shartlardan
kelib chiqqan holda, mazkur normativ bank to-
monidan omonatchilardan jalb qilingan mablag‘lar muddati bilan ularning
aktiv operatsiyalarga joylashtirish muddatlariga qat’iy muvo
fi
q kelishini ta-
lab etadi.
Shuning bilan bir qatorda mazkur me’yorning buzilishi xalq xo‘jaligida
bo‘ladigan hisob-kitoblarni sekinlashtirishga olib kelishi mumkin.
Quyida biz «A» bank joriy likvidliligini aniqlash
maqsadida uning likvid
aktivlarini o‘rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: