28
mablag‘lar birinchi talab qilinganda naqd pulga aylanadi. Shuning uchun
ham bu mablag‘larni bankka «bi rinchi mudofaa chizig‘i» deb atashadi, sa-
babi mijoz tasodifan o‘z depozitini yoki kredit so‘rab kelganda aynan shu
mablag‘lardan foydalaniladi.
Bank aktivlari strukturasiga kelganda, bu yerda haqli ravishda ta’kidlash
kerakki, qancha birinchi darajali likvidli aktivlar hissasi ko‘p bo‘lsa, shuncha
bank likvidliligi yuqoridir. Lekin esda tutish kerakki, bunday aktivlar daro-
mad keltirmaydi, shuning uchun bunday strukturali aktivlarni har qanday ho-
latda maqsadga muvo
fi
q deb hisoblab bo‘lmaydi.
Ma’lumki bankning daromad keltiruvchi aktivlari qatorida kreditlardan
tashqari qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasida jalb qilingan mablag‘lar ham
mavjud. Albatta ushbu aktivlarning ham tarkibiy, tuzilishini o‘rganib chiqish
muhimdir.
Agar aktivlar tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar salmog‘i qancha
ko‘p bo‘lsa, bu bank o‘z aktivlaridan daromad olish maqsadida samarali foy-
dalanayotganini bildiradi.
Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida, investitsion in stitut sifatida ishtirok
etishadi. Bu fond bozorida raqobatning kuchayishiga olib keladi. Banklar
qimmatli qog‘ozlar bozorida broker va diller sifatida ishtirok etishadi. Bir-
inchi funksiyani brokerlik kontoralar orqali amalga oshirsa, ikkinchisini fond
birjalari orqali amalga oshiriladi.
Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular qim-
matli qog‘ozlar bozorining boshqa qatnashchilaridan farqli o‘laroq, shu bo-
zorda ayni vaqtda eng salmoqli investorlar va eng ishonchli emitentlar ham
bo‘ladilar. Rivojlangan bozor iqtisodiyatli mamlakatlarida kompaniya aktiv-
larining 40-80 % bank kapitali hisobidan ta’minlanadi, qimmatli qog‘ozlar
bilan o‘tkaziladigan operatsiyalardan tushadigan daromadlar esa bank foy-
dasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bank o‘z aktivlarini diversi
fi
katsi-
yalash, qo‘shimcha daromad olish va balansining likvidliligini ta’minlash
maqsadida DQMO dan keng foydalanadi.
Bo‘sh turgan resurslarni joylashtirib daromad topishning eng qulay
usuli, bu DQMOdir. Bundan tashqari DQMO dan olingan daromadga soliq
to‘lanmaydi. DQMOlar banklarning aktivlari ichida eng ishonchlisidir, sababi
unda davlat kafolati mavjud. DQMOlar ham daromadi
fi
ksirlangan qimmatli
qog‘ozlar qatoriga kiradi. Ushbu tur qimmatli qog‘ozlar divident to‘laydigan
qimmatli qog‘ozlarga nisbatan likvidli hisoblanadi.
Banklar uchun quyidagi likvidlilik koef
fi
tsiyentlari belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: