Avtomarkazlar, yirik va ba’zi o’rta quvvatli ASKlarda yuvish uchastkasi
mexanizatsiyalashgan, ba’zida
esa avtomatlashtirilgan bo’ladi (4-rasm).
2-rasm
. Avtomobillarni shlang yordamida qo’l bilan yuvish posti.
3-rasm.
Avtomobillarni cho’tkalar bilan yuvish posti.
Yuvilgan avtomobillar asosan issiq havo oqimi yordamida quritiladi (5-rasm).
4-rasm.
Avtobuslarni yuvish posti.
5-rasm.
Avtomobillarni issiq havo oqimi yordamida quritish jihozi.
2. Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish, avtomobil va uning agregatlari, uzellari va tizimlarining
texnik holatini aniqlash bajariladigan ishlar
hajmini va muddatini belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni
to’ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi ishlar avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirish
uchastkasida bajariladi.
SHuningdek
qabul qilish jarayonida, avtomobilning tashqi ko’rinishi ko’zdan kechiriladi, uning
butligi tekshiriladi, egasi “nosoz” deb aytgan agregatlar va uzellar tekshirib ko’riladi, hamda harakat
xavfsizligini ta’minlovchi barcha mexanizmlar tekshirilib, sarf bo’ladigan ehtiyot qismlar, materiallar
miqdori va taxminiy xaqi ham kelishilib olinadi. Bundan tashqari avtomobilning
umumiy texnik holatini
belgilovchi agregatlar va qismlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi.
Bajariladigan ishlarning taxminiy hajmi, bajarish muddati va narxi belgilanib, mijoz bilan
kelishilgandan so’ng hujjatlar rasmiylashtiriladi. Avtomobillarni servisga qabul qilish korxona yoki soha
rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Avtomobillarni ko’rikdan
o’tkazish va servisga qabul qilish davomida uning butligi va texnik holatiga maxsus talablar qo’yiladi.
Albatta, avtomobilning markasi va rusumi uning texnik pasportiga mos bo’lishi,
agregatlari va barcha
qismlari zavod mahsuloti bo’lishi shart, yasama detallar qo’yilgan va konstruktsiyalarga o’zgartirishlar
kiritilgan holda avtomobil xizmatga qabul qilinmaydi.
Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko’rsatilgan ishlarning bajarilganligi,
avtomobilning butligi va tashqi ko’rinishi tekshirilib, topshiriladi. Avtomobillarni qabul qilishda va ularni
egasiga topshirishda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qabul qilish
paytida avtomobildagi barcha nosozliklar sababini aniqlashning imkoniyati bo’lmagan
hollarda u
diagnostika postlariga yuboriladi va maxsus stendlar, o’lchov-nazorat asboblari yordamida uning texnik
holati aniqlanadi.
3. Avtomobillar,
ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash
ishlari maxsus diagnostika uchastkasi (posti)da bajariladi. Diagnostika jarayonida texnik holatni aniqlash
avtomobilni qismlarga ajratmasdan maxsus dasturlarga asosan stendlar, o’lchov va nazorat asboblari
yordamida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: