Nazorat savollari
1. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari sifati qanday omillarga bog’liq?
2. Avtoservis ma’daniyati nima?
3. Avtoservis sifatini belgilovchi qonun, standart, talablar nimalardan iborat?
4. Avtoservis sifatini ta’minlovchi qanday texnik texnologik hujjatlar mavjud?
5. Ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash chora-tadbirlari nimalardan iborat?
6. Xalqaro ISO standartining mohiyati nimadan iborat?
5-mavzu. Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida bajariladigan ishlar.
Reja:
2. Avtomobillarni tozalash, yuvish va quritish, qabul qilish va egasiga topshirish, diagnostika texnik
xizmat ko’rsatish va ta’mirlash postlari.
3. Kuzovlarni ta’mirlash, tanlash va bo’yash bo’limlari.
4. Avtomobillar agregatlari, detallari, yonilg’i bilan ta’minlash, elektr va elektron jihozlari, shina va
g’ildiraklari va akkumulyatorini ta’mirlovchi ustaxonalarda bajariladigan ishlar.
5. Yordamchi bo’limlar: ombor-xo’jalik, elektro-issiqlik, suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash
tizimi.
6. Mijozlar uchun xonalar:kutish, bar, kafe, maishiy xizmat xonalari.
7.
Savdo-tijorat shoxobchalari: sotiladigan avtomobillar, extiyot qismlar omborlari, do’konlar,
avtosalonlar.
Tayanch iboralar.
Tozalash, yuvish, qabul qilish, egasiga topshirish, diagnostika, texnik
xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, kuzov, bo’yash, agregat, detal, tarmoq, yelektr, yelektronika,
shina, yurish qismi, g’ildirak, akkumulyatorlar batareyasi, ustaxona, mintaqa, omborxona,
ehtiyot qismlar, maishiy xizmat, do’kon, avtosalon.
Avtoservis korxonalari ishlab chiqarish bo’linmalari va
ixtisoslashgan ustaxonalari
Avtomobillarga to’la ravishda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish bo’linma va
ustaxonalar tashkil etiladi:
-avtomobillarni yuvish va quritish;
-avtomobillarni xizmatga qabul qilish va ularni egasiga topshirish;
-maxsus diagnostika;
-texnik xizmat ko’rsatish postlari;
-ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlari;
-kuzov elementlari (eshiklar, kapotlar, bamperlar va h.k.)ni
ta’mirlovchi postlar;
-avtomobil, agregat, asbob va jihozlarini ta’mirlovchi maxsus ustaxonalar (agregatlar, uzel va detallarini
ta’mirlovchi; g’ildiraklar va shinalarga xizmat ko’rsatuvchi; akkumulyatorlarni ta’mirlovchi va zaryadka
qiluvchi; elektr jihozlariga xizmat ko’rsatuvchi; motorning yonilg’i ta’minlash tizimi asboblari:
karbyurator, ijektor, benzonasos va h.k.ga xizmat ko’rsatuvchi; kuzovni ta’mirlash kompleksi:
tunukasozlik, payvandlash, armatura, bo’yashga tayyorlash, bo’yash va quritish va boshqalar.
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish korxonasi ishlab chiqarish binosining tarkibiy qismi 5.1-
rasmda sxematik ko’rinishda keltirilgan. ASK ishlab chiqarish texnologik jarayonini to’g’ri tashkil etish
maqsadida barcha postlar (avtomobil turar joylari) maxsus belgi (indeks)larga ega. Indekslarning birinchi
raqami (nuqtagacha) ushbu postning qaysi mintaqaga tegishliligini bildirsa, ikkinchi raqam (nuqtadan
so’ng) postning turini bildiradi: 0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 1-qo’zg’almas ko’tarish eltish
jihoziga ega bo’lgan ishchi posti; 2-er usti ishchi posti; 3-yordamchi post; 4-tormoz tizimini tekshirish
jihoziga ega bo’lgan ishchi post; 5-boshqarish g’ildiraklarini o’rnatilish burchaklarini tekshirish va
sozlash jihozi bilan ta’minlangan ishchi post; 6-yoritish va signalizatsiya, shu jumladan dvigatel va uning
tizimlarini tekshirish jihozlariga ega bo’gan ishchi post (quvvat jihozi o’rnatilishi ham mumkin).
Post va ishlab chiqarish mintaqalari quyidagi indekslar bilan belgilanadi (5.1-rasm): 1-qabul qilish va
topshirish mintaqasi; 1.3-nazorat, qabul va topshirish posti (yordamchi post); 2-yuvish bo’limi; 2.1-
yuvish posti (ishchi); 2.3-quritish posti (yordamchi); 3-diagnostika bo’limi; 3.4-tormoz tizimini tekshirish
jihoziga ega bo’lgan ishchi post; 3.5- boshqarish g’ildiraklarini o’rnatilish burchaklarini tekshirish va
sozlash jihozi bilan ta’minlangan ishchi post; 3.6-dvigatel, uning tizimlari va yoritish va signalizatsiya
asboblarini tekshirish ishchi
posti (quvvat jhoziga ega bo’lishi ham mumkin);
1-rasm.
ASK postlari va mintaqalarini joylashish chizmasi.
I-ishlab chiqarish mintaqasi; II-ma’muriy mintaqa 4-TXK mintaqasi; 4.0- avtomobillarning navbat kutish
joyi; 4.1-qo’zg’almas kutarish jihoziga ega bo’lgan TXK ishchi posti; 4.2- TXK yer usti ishchi posti; 5-JT
posti; 5.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 5.1-qo’zg’almas ko’tarish jihoziga ega bo’lgan JT posti; 6-
moylash bo’limi; 6.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 6.1.-qo’zg’almas ko’tarish jihoziga ega
bo’lgan ishchi posti; 7-akkumulyator batareyalarini ta’mirlash va zaryadlash ustaxonasi; 7.0-
avtomobillarning navbatkutish joyi; 8-elektr jihozlari va asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 8.0-
avtomobillarning navbat kutish joyi; 9-yonilg’i ta’minoti tizimi asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 9.0-
avtomobillarning navbat kutish joyi;10-agregat-mexanika bo’limi; 10.0-avtomobillarning navbat kutish
joyi; 11-shinomontaj bo’limi; 11.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 12-qoplamachilik agregat
ustaxonasi; 12.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 13-kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasi; 13.0-
avtomobillarning navbat kutish joyi; 13.1-qo’zg’almas ko’targichli ishchi post; 13.2-er usti ishchi posti;
14-bo’yoqchilik ustaxonasi; 14.1-qo’zg’almas ko’targichli ishchi post; 14.2-er usti ishchi posti; 14.3-
yordamchi post.
Avtomarkazlarda, yirik va o’rta ASKlarida yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish uchastkalarining
barchasi to’la va mustaqil ravishda tashkil etiladi. Lekin uning bir qancha variantlari ham bo’lishi
mumkin, masalan, mayda ta’mirlash ishlari (3 ishchi-soat hajmigacha) TXK postlarida yoki alohida,
kirishga va chiqishga qulay bo’lgan postlarda bajarilishi mumkin. Ba’zi ustaxonalar kichik ASKlarga
birlashtiriladi, masalan, akkumulyator ustaxonasi elektr jihozlari ustaxonasi bilan, ta’minlash tizimi
asboblarini ta’mirlash agregatlar ustaxonasi bilan. SHuningdek, TXK ishlari ta’mirlash ishlari bilan birga
bir postlarda tashkil etilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |