Avtotransport vositalari servisi asoslari


Avtoservis korxonalari kommunal xo’jaligi



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

4. Avtoservis korxonalari kommunal xo’jaligi
Avtoservis korxonalari kommunal xo’jaliklarining vazifasi ishlab chiqarishni elektr va issiqlik
energiyalari, suv va siqilgan havo bilan ta’minlash, korxonada zaruriy sanitariya, estetika va ekologik
holat yaratishdir.
Elektr ta’minoti
.
Avtoservis korxonalari elektroenergiya iste’molchila-rining uchinchi toifasiga
kiradi (ya’ni, ularga energiya uzatishdagi uzilishlar bir sutkaga qadar davom etishi mumkin). ASKda
elektroenergiya quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- texnologik jihozlar, elektromotorlarni harakatlantirish;
- qizitish qurilmalari (vulkanizatsiya apparati, avtomobillarni bo’yash, quritish kameralari va x.k),
elektropayvandlash apparatlari va yoritish tizimi asboblarini energiya bilan ta’minlash;
- inson hayoti va uning xavfsizligini ta’minlovchi va normal mehnat sharoiti yaratish uchun xizmat
qiluvchi texnik vositalarning (elektroventilyatorlar, konditsionerlar, kompьyuterlar va x.k) ishlashini
ta’minlash.
Elektroenergiya tizimida kuchlanishi 127, 220, 380 volьtli o’zgaruvchan tok va 6, 12, 24, 36
volьtli o’zgarmas tok qo’llaniladi. Kichik kuchlanishdagi o’zgarmas toklar (asosan 12, 24 v)
akkumulyatorlar batareyalarini zaryadlash, avtomobillarga TXK va ta’mirlash postlari chuqurlarini
yoritish uchun ishlatiladi. Tashqi elektr tarmog’iga ulanish quvvatini korxonadagi iste’molchilarning
belgilangan quvvatlarini va ularning bir vaqtda ulanish ehtimolligini hisobga oluvchi quyidagi
koeffitsientlar orqali jamlanadi:
Ichki va tashqi yoritish chiroqlari e
v
=0,9…1,0
Sanitariya va suv xo’jaligi texnikasi e
g
=0,6…0,7
Texnologik jihozlar e
t
=0,3…0,4
Koeffitsientlarning past qiymatlari kichik quvvatli, yuqori
qiymatlari esa katta va o’rta quvvatli stantsiyalar uchun qabul qilinadi.
Zaruriy ulanish quvvati
N = 0,8 (e
v
N
1
+ e
g
N
2
+ e
t
N
3
), kvt .
bunda:
N
1
– ichki va tashqi yoritish chiroqlarining belgilangan quvvati, kvt;
N
2
– sanitariya va suv xo’jaligi texnikasiga sarf bo’ladigan quvvat, kvt;
N
3
– texnologik jihozlar iste’mol qiladigan quvvat, kvt.
O’rtacha ulanish quvvati turli ko’lamdagi stantsiyalar uchun quyidagi miqdorlarda deb qabul
qilish mumkin:
Eng kichik stantsiyalar uchun (2-4 postli)............ 30 – 40 kvt
Kichik stantsiyalar uchun.........................................60 – 80 kvt
O’rta stantsiyalar uchun.........................................100 – 150 kvt
Katta stantsiyalar uchun........................................150 – 250 kvt
Stantsiyani tashqi elektr tarmog’iga ulanish usuli uning zaruriy elektr energiyasi quvvatiga va
kommunal tarmoqning texnik holati va yuklanganligiga bog’liqdir. Agar stantsiya shahar tashqarisida
joylashgan va zarur ulanish quvvati 50 kvt dan oshmasa unda to’g’ridan to’g’ri past kuchlanishdagi (380
v) shahar kommunal tarmog’iga ulanishi mumkin. Stantsiya elektr tarmog’idan 200-300 m narida
joylashgan bo’lsa unga elektr energiya o’rta volьtli kabel yoki kuchlanishi 10 – 20 kilovolьtli bo’lgan
havodan tortilgan simlar orqali transformatordan o’tkazib uzatish iqtisodiy jihatdan ma’qulroqdir. Bu
holda ist’emolchi stantsiyada kuchlanishni pasaytiruvchi (380 v) transformator o’rnatishi lozim.
Stantsiyaning ichki elektr jihozlarini o’rnatish va ularga elektr o’tkazgichlarni tortish maxsus
“Elektr qurilmalarini o’rnatish qoidasi” va “Elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”
hujjatlari asosida bajarilishi talab etiladi. Birinchi navbatda ishlab chiqarish binolaridagi ustaxonalar
hamda boshqa yordamchi xonalar bajariladigan ishlar tavsifiga asosan yoritilishi va elektr energiyasi
bilan ta’minlanishi lozim. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, ularni diagnostikalash va ta’mirlash


uchastkalari bino shiftiga o’rnatilgan estetik gazli lampalar yordamida yoritiladi. Ko’rish ariqchalari xona
polidan pastda joylashganligi uchun ularning yoritish tizimiga elektr ta’minoti umumiy yoritish tizmidan
alohida shamollatish tizimi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Texnologik jihozlarga elektr energiyasi
devorlarga o’rnatilgan, bosh ulagich orqali ta’minlanadigan shtepsel rozetkalari orqali uzatiladi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish