82
ro„yxatdan tovar tanlash
o„rtacha summasi
hudud
tuman
buyurtmachining stir
muddati
Auksionni o‗tkazish chog‗ida ishtirokchilar auksion o‗tkazilishi
to‗g‗risidagi e‘lon chop etilgan kundan e‘tiboran va u tamom bo‗ladigan
paytga qadar butun muddat ichida narx bo‗yicha takliflarni cheklanmagan
miqdorda berishga haqli.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‗lanishga doir ma‘lumotlar
auksion g‗olibi aniqlanadigan paytga qadar davlat xaridlarining elektron
tizimida aks ettirilmaydi.
Zarur lot tanlangandan so‗ng siz bevosita onlayn auksionda ishtirok
etishingiz mumkin. Har ikki yo‗nalishda ham portalga
joylashtirilgan lot
15 kun davomida faol bo‗ladi. Shu vaqt mobaynida ishtirokchilar
boshlang‗ich narxni 2% miqdorda bosqichma-bosqich pasaytirib borish
yo‗li bilan narx taklif qiladilar. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx
boshlang‗ich narxdan 15% va undan past miqdorda bo‗lsa, boshlang‗ich
va taklif etilgan narx o‗rtasidagi farq qilayotgan qiymatda qo‗shimcha
zakalat kiritilishi talab etiladi.
Auksion tugaydigan vaqt kelganda davlat xaridlarining elektron
tizimi auksion o‗tkazilgan vaqt davomida berilgan
takliflar orasida eng
past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past
narx ko‗rsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion g‗olibi sifatida davlat
xaridlarining elektron tizimi tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi
davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan
bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining
buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga
muvofiq shartnomani
shakllantiradi.
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‗lsa yoki hech
kim ishtirok etmagan bo‗lsa, auksion o‗tkazilmagan deb hisoblanadi va
g‗olib aniqlanmaydi. Davlat buyurtmachisi auksionni uch ish kuniga
uzaytirishi yoki xaridni Qonun talablariga muvofiq elektron do‗kon
vositasida yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi
mumkin.
Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom bo‗lgan
paytdan
e‘tiboran uch ish kuni ichida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga
oshiriladi.
83
Auksion uni o‗tkazish haqidagi e‘londa ko‗rsatilgan muddatda (sana
va vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan so‗ng besh minutdan
kam bo‗lmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi. Mazkur vaqt ichida yangi
taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati
oxirgi taklif olingandan so‗ng yana besh minutga uzaytiriladi. Bunda,
auksionning tugash muddati operatorning ish kuni va ish vaqtiga to‗g‗ri
kelishi lozim.
Ishtirokchi o‗zi etkazib berishi mumkin bo‗lgan tovar bo‗yicha
buyurtmalarni qidirayotganda, tovarning
etkazib berish shartlari, uning
spetsifikasi va buyurtmachining alohida talablarini, albatta, ko‗zdan
kechirishi lozim. Agar ishtirokchi bu shartlarni bajara olmasa yoki tovar
belgilangan talablarga mos kelmasa, u insofsiz ishtirokchilarningyagona
reestriga kiritilishi mumkin.
Auksion natijasiga ko‗ra buyurtmachi
va etkazib beruvchining
shaxsiy kabinetida elektron shaklda shartnoma shakllanadi. Buyurtmachi
va ishtirokchi o‗rtasida elektron raqamli imzo yordamida tuzilgan
shartnoma haqiqiy deb hisoblanadi
Agar auksionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok
etmasa, auksion o‗tkazilmagan, deb hisoblanadi. Bunday hollarda
buyurtmachi 3 kun ichida auksionni 5 kunga uzaytiradi.Bu
holatda ham
savdo bo‗lib o‗tmasa, buyurtmachi 10 kunlik tanlov o‗tkazishi kerak
bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: