118
O’simlik pigmentlarini qog’ozda taqsimlanish
х
romatografiyasi bilan aniqlash.
Kerakli asboblar: 1. Chinni havoncha ..
2. Shisha tayoqcha
3. Varonka.
4. 250 ml li kimyoviy stakan.
5. Xromatografiya (filtr) qog’ozi.
Reaktivlar: 1. Yangi uzilgan o’simlik barglari.
2. Shisha qirindisi.
3.Asetonning 80% li suvdagi eritmasi
4. Bo’r.
Chinni havonchaga 2g yangi uzilgan o’simlik barglaridan, ozroq shisha qirindisi va
organic kislotalarni neytrallash uchun bo’r solib yaxshilab ezamiz. Aralashmani ezishni
davom ettirgan holda ustiga oz-ozdan jami 10 ml aseton quyamiz va filtrlaymiz.
Stakandagi filtrat ichiga filtr qog’ozining 4×25 sm li bo’lakchasini solamiz. Filtr
qog’oz stakan devoriga tegmasligi kerak. 20-30 minut vaqt o’tgach filtr qog’ozda
o’simlikning har hil rangli pigmentlarining bir- biridan ajralganligi ko’rina boshlaydi.
Karotin olish uslublari :
Tomir kesgich orqali 200g sabzi (yangi holatda 10-12mg 100g karotin tutgan)
o’tkazilib maydalanadi va liofil quritiladi. “Piruet”*
shaklidagi maydalagichda
xokalanadi undan 20g ni 250sm
3
kolbada 100-120 sm
3
petroley efir (t qayn
40.60
o
C) quyib 1.5- 2 s orasida aralashtirib turiladi: Byuxner voronkasiga bu
aralashma quyiladi, qoldiq ustiga yana 80-100sm
3
shu
erituvchi quyiladi, yana 1
soat tindiriladi, filtrlanadi qoldiq 2 marta 25 sm
3
erituvchi bilan tindirilib , yuvilib
filtrlanadi.Hamma yig`ilgan filtratlar eritma (250sm
3
) diametri 1.5-2.0sm bo`lgan
ichida 6-8sm aliminiy oksidli kalonka orqali tepasida 1-2sm
qavatli suvsiz Na
2
SO
4
119
qo’yilgan (fitratni quritish uchun) o`tkaziladi. Malumki ksantofillar alyuminiy oksidda
kuchliroq yopishadi, shu sababli avval karatin qismi o`ta boshlaydi. Kalonka ostidagi
qabul qilivchi kolbalarda birinchi rangsiz filtratlar chekkaga chiqariladi.Qolgan
ksantofillardan ajralgan karotinlar rotor bug’latgichda
haydab konsentrlanadi toki
ozroq cho’kma hosil bo’lguncha, uni 1-2sm
3
toza spirt bilan yuviladi, yaxshisi
eritma
shaklida, azot to’ldirilgan vakuum-eksikatorda sovuqda va qorong’uda
saqlanadi. Agar 2sm
3
petroley efir tarkibida 1mg karotin bo’lsa u cho’kmaga
tushadi.
Meva va sabzavot shiralarida askorbin kislotasi
( vitamin C) borligini YU Q
Х
usuli bilan aniqlash.
Kerakli asboblar: 1. Silufol.
2.Eksikator yoki stakan .
3.Shisha plastinka.
4. Petri chashkasi.
Reaktivlar: 1.Meva (limon, anor , qizil qalampir, karam , namatak,
qulupnay va
shunga o’hshashlarning shirasi).
2. Etanol.
3.Geksan.
4. Yod kristallari.
5. Askorbin kislotaning 0,5% li eritmasi.
Silufol. Plastinkasidan 3×10 sm hajmda qirqib olib, pastidan 1- 1,5 sm yuqorida bir
chiziqda qora qalam bilan ikki nuqta belgilaymiz. Birinchi nuqtaga filtrlangan meva
shirasidan shisha kapillyar yoki pipetka yordamida bir necha tomchi tomizamiz.
Tomchi keng yoyilib ketmasligi uchun har bir tomchini quritib olib keyin yana
tomizish kerak. Ikkinchi nuqtaga huddi shu usulda askorbin kislotasining 0,5% li
eritmasidan ikki tomchi tomizamiz. Petri chashkasiga etanoldan 9 ml, geksandan 3ml
(3:1 nisbatda) solib eksikatorga joylashtiramiz va erituvchilar
sistemasiga silufol
plastinkasini qiya o’rnatib zich berkitamiz. Erituvchi yuqoriga yetishga 0,5-1 sm
qolgach hromatogrammani olamiz va front chizig’ini (erituvchi ko’tarilgan chiziqni)
qora qalam bilan belgilaymiz va quritamiz. Hromatogrammani yod kristallari solingan
120
eksikatorda 1-2 minut saqlaymiz. Bunda yod ta’sirida hromatogrammada ajralgan
moddalar rangli dog’lar hosil qiladi. Ularni qora qalam bilan chegaralaymiz va Rf ni
aniqlaymiz.
Silufol – ustiga silikagel gips bilan yupqa
qatlam qilib yopishtirilgan
plastinka.
Do'stlaringiz bilan baham: