86
5. Shisha tayoqcha.
6. Libix sovutgichi.
7. Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1.Natriy ishqori, 0,4%li eritma.
2. Sirka kislota, 5%li eritma.
3. Sulfat kislota, 5%li eritma.
4. Dietil efiri.
5. Achitqi. 6. Feling suyug’ligi.
7. Lakmus qog’ozi.
8. Kumush nitrat, 1%li eritma.
9. Ammiak, konsentrlangan eritma.
Chinni havonchaga 5 g achitqi solib ustiga 10 tomchi efir va 10
tomchi suv
quyamiz hamda ozroq qum solib yaxshilab ezib maydalaymiz. Ustiga 30 ml natriy
ishqorining 0,4%li eritmasidan quyib maydalashni davom ettiramiz. Keyin aralashmani
sentrifuganing uchta probirkasiga 10ml dan solib 5-10 minut davomida 2500
tezlikda
sentrifugalaymiz. Probirkalardagi sentrifugani bitta stakanga quyib shisha tayoqcha
bilan aralashtirib turib nukleoproteidlar to’liq cho’kmaga tushguncha sirka kislotaning
5%li eritmasidan qo’shamiz. Cho’kmani yuqoridagidek
sentrifugalab ajratamiz va
kolbaga solib ustiga 5%li sulfat kislota eritmasidan 15 ml qo’shib og’zini qaytar Libix
sovutgichi o’rnatilgan tiqinch bilan berkitib asta-sekin alangada bir soat qaynatamiz.
Gidrolizatni sovutib filtrlaymiz. Filtratni ikkiga bo’lamiz va nuklein kislotalari
komponentlarini aniqlaymiz.
Pentozalarni aniqlash. Probirkaga gidrolizatdan 0,5-1 ml solib 10%
li natriy
ishqori bilan indikator qog’ozi bo’yicha neytrallaymiz. Ustiga teng miqdorda Feling
suyuqligidan quyib yaxshilab chayqatamiz va ustki qismi qaynaguncha qizdiramiz.
Qizil rangli mis (I)-oksidi hosil bo’lishi eritmada pentozalar borligini ko’rsatadi.
Purin asoslarini aniqlash. Probirkaga 2ml gidrolizatdan
solamiz va ustiga
indikator qog’ozi bo’yicha ishqoriy muhit hosil bo’lguncha konsentrlangan ammiak
eritmasidan qo’shamiz. Ikkinchi probirkaga 0,5 ml kumush nitratning 1%li eritmasidan
87
olib ustiga tomchillatib oraliqda hosil bo’ladigan cho’kma
erib ketguncha
konsentrlangan ammiak qo’shamiz. Keyin ikkala probirkadagi aralashmani qo’shamiz.
Bunda purin asoslarining kumushli tuzi asta-sekin paxtasimon cho’kma hosil qiladi.
Tajriba ximizmi: Nukleoproteidlar-nuklein kislotalarning oqsillar bilan birikmasi
(murakkab oqsillar) hujayralarda bo’ladi va ishqoriy muhitda achitqilar ezilganda
hujayralar yorilib eritmaga o’tadi. Nukleoproteidlar gidrolizlaganda nuklein kislotalari
va oddiy oqsillar hosil qiladi. Nuklein kislotalari esa to’la
gidrolizlaganda pentozalar
(riboza va dezoksiriboza) purin (adenin va guanin) va pirimidin (uratsil, timin, sitozin
asoslari hamda fosfat kislota hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: