1-Amaliy mashg’ulot. Inshootlarning diskret hisobiy sxemalarini tanlash. Reja



Download 432,45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.12.2022
Hajmi432,45 Kb.
#880039
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot. Inshootlarning diskret hisobiy sxemalarini



1-Amaliy mashg’ulot. Inshootlarning diskret hisobiy 
sxemalarini tanlash. 
Reja: 
1. Inshootlarning statik sxemalarini tanlash.
2. Inshootlarning dinamik sxemalarini tanlash 
Tayanch iboralar: 
Statik sxema, dinamik sxema, bino, inshoot, balka, rama, o’qlar, plastina, hisobiy sxema, 
massa, prujina, bino vazni, sterjen. 
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
Inshootlar va uning qismlarining statik va dinamik 
hisobiy sxemalarini tanlash va asoslash haqida tushuncha berish. 
Inshootlarning statik hisobiy sxemalari haqidagi tushuncha 
Inshoot va konstruktsiyalarning hisobini osonlashtirish uchun ular soddalashtirilgan 
sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan tasvirini ifodalovchi sxema 
hisoblash sxemasi deyiladi. 
Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarining geometrik shakliga ko’ra 
quyidagicha kvalifikatsiyalanadi: 
1. Sterjenlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar. 
Sterjenlardan tashqil topgan inshootlarga balka, rama, arka, ko’p oraliqli balka, fermalar 
kiradi. 
Agar inshootlar to’g’ri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa unga balka deyiladi. 
Inshoot egri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa, arka deyiladi. 


 
Bir-biriga bikr qilib biriktirilgan sterjenlardan tashkil topgan inshoot rama deyiladi.
 
 
Inshootlarning dinamik hisobiy sxemalarini tanlash 
O’zbekistonda 60 yillardan boshlab, turar-joy, fuqaro va sanoat inshootlarida naturaviy 
izlanishlar olib borilmoqda. Uning asosiy maqsadi inshootlarning haqiqiy ishlashiga baho 
berishdan iborat. 
Natural sinash natijalariga asoslanib inshootlarning xisoblash sxemalari aniqlanadi va 
konstruktsiyalari takomillashtiriladi. 
O’zbekistonda inshootlarning keng kulamda ilmiy izlanishlar olib borilishi, akad. Urezboev 
M.T.Kobulov V.Q. va prof. Abdurashidev K. S. rahbarligida olib borilgan va olib borilmoqa. 
Inshootlarning xisobiy xolatdari bilan, ularning xaqiqiy ishlash xolatlari orasida quyidagi 
farq bor.
Biz qurilish mexanikasi kursida inshootlarning xisoblash sxemasini o’rgangan-miz. 
Inshootning hisobiy holati bilan haqiqiy ishlash holati orasidagi farqning sababini, inshootning 
QMQ 2.01.03-96 bo’yicha hisoblash misolida ko’rib chiqamiz. 
Hisoblash vaqtida, to’plangan yoki yoyilgan massali brus, hisoblash sxemasi deb qabul 
qilinadi (1–rasm). Natural holatdagi sinashga va inshootning hususiyatlariga tegishli yangi olingan 
natijalarga asoslanib, hisoblash sxemalari va hisoblash modellari takomillashtiriladi. 


1-rasm. 
Hisoblash natijalari bilan inshootning xaqiqiy ishlash holati orasidagi farqning yana bitta 
sababi, qurilishda har xil jinsli materiallarning /beton, g’isht, armatura va x.k./ qo’llanishidadir. 
Hisoblash jarayonida bu materiallarning o’zaro ta’sirini e’tiborga olish mumkin emas. SHu 
sabablarga ko’ra hisoblash va eksperimental natijalarda farq bo’ladi. 
 
 
 
 
 
 

Download 432,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish