1716 15 14 13
164-rasm.
^ ‘chat o‘tqazadigan mashina ish jarayonining
sxemasi:
1 - g ‘ildirak; 2 - yashikdagi k o ‘chatni q o ‘yadigan joy; 3 va 10 -
oldingi va orqadagi o ‘rindiqlar; 4 - ekkich; 5 - disksimon k o ‘chat
miqdorlagich; 6 va 9 - k o ‘chat tutqichlar; 7, 8 va 19 - k o ‘chat
solingan yashiklar; 11 - soyabon; 12 - zichlovchi g ‘ildirakchalar;
13 - suv naychasi; 14 - j o ‘mrak; 15 va 17 - zanjirli uzatma; 16 -
ochiq reduktor; 18 - suv quvuri; 20 - tokchalar; 21 - suv baki.
294
Mashinaning ishi. Agregat harakatlansa, disk aylanib
tutqich (6) va (9) lar maxsus o‘rindiqda o‘tirgan xizmatchilarning
oldiga kelganida, tutqichlar ochiladi. Ularning orasiga ko‘chatlar
qo‘lda kiritilsa, tutqich uni qisib qoladi. Ko‘chat suv quyilgan
ariqchaning ustiga keltirilganida, tutqich ochilib, uni nam yerga
tushiradi. Ekkich o‘tgandan so‘ng, tuproq ko‘chat ildizi ustiga
to‘kiladi, uni g‘ildirakcha
(12)
lar zichlab ketadi.
O‘tqazish diskiga ekish sxemasiga qarab, 2 - 12 tagacha
tutqichlar o‘rnatilishi mumkin. Traktor ramasiga tokchalar o‘rnatil-
gan bo‘lib, ularning ustiga ko‘chat solingan yashiklar qo‘yiladi.
Agregatni ishlatish uchun traktorchidan tashqari, o‘n ikki (6 qator
uchun) xizmatchi (ko‘chatni tutqichga qo‘yishuchun) hamda
ekilgan ko‘chatlarning holatini tuzatish uchun uch ishchi, tuvakdagi
ko‘chatlarni ekishda ularni kuzatib turishi uchun yana ikki
xizmatchi jalb qilinadilar.
Namunaviy test savollari
1. Qanday sabablarga ko‘ra urug‘ ekishda ko‘p usullardan
foydalaniladi?
2. Qanday sabablarga ko‘ra urug‘ni tuproqqa ekib ko‘mishda
ko‘p usullar ishlatiladi?
3. Qanday sabablarga ko‘ra monoblokli seyalkaga nisbatan
modulli yoki seksiyali seyalka afzalroq hisoblanadi?
4. Qanday sharoitda g‘altaksimon urug‘ miqdorlagichdan
foydalanish ma’qul bo‘ladi?
5. Disksimon miqdorlagichning g‘altaksimonga nisbatan
afzalligi nimada?
6. Pnevmatik urug‘ miqdorlagichlar nega keng tarqalmoqda?
7. G‘altaksimon urug‘ miqdorlagich qanday vaziyatda “past-
dan” yoki “ustidan” ajratish tartibida ishlatiladi?
8. G‘altaksimon miqdorlagich bir aylanganda ajratib beradigan
urug‘ miqdori qanday omillarga bog‘liq?
9. Disksimon miqdorlagich uyachalarining o‘lchamlari qanday
omillarga bog‘langan holda aniqlanadi?
295
10. Qanday sabablarga ko‘ra disksimon urug‘ miqdorlagich-
ning aylanish tezligi cheklangan bo‘ladi?
11. Nima sababdan turli xil urug‘ ko‘mgichlardan foyda-
laniladi?
12. Ekkich ta’sirida tuproqning deformatsiyalanish tartibi
qayerda e’tiborga olinadi?
13. Pnevmatik seyalkaning afzalliklari nimada?
14. Seyalka iztortkichining uzunligi qanday ahamiyatga ega?
15. Chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasining afzalliklari
nimada?
16. Qanday maqsadda chigit ekilgan joyning ustiga to‘shalgan
plyonkaning chetlarini tuproq bilan sifatli ko‘mish talab qilinadi?
17. Plyonka ostiga chigit ekadigan barabansimon miqdorlagich
ishini izohlab bering.
18. Kartoshka ekish apparatining ishini izohlang.
19. Ko‘chat o‘tqazish apparati ishini izohlang.
20. Qanday maqsadda chigit ekish uchun tuproqni mayin
holatga keltirish kerak?
296
Do'stlaringiz bilan baham: |