Qatordagi tugunaklar oralig‘ini o‘zgartirish
uchun traktor
quvvat olish valiga ulangan kardan val
(18
) (161-rasm) dan harakat
oladigan reduktor
(15)
ning yetaklanuvchi validagi yulduzcha
(19)
ni almashtirish kerak. Bu yetarli bo‘lmasa, agregatning tezligi
o‘zgartiriladi.
O‘rnatilgan ekish me’yorini dala sharoitida tekshirish uchun
ko‘mish disklari ko‘tarib qo‘yiladida, agregat 10 m masofaga
yurgiziladi. Keyin 7, 14 m (70 sm qator oralig‘i uchun; 60 sm qator
oralig‘i uchun - 8, 4 m; 90 sm qator oralig‘i uchun -5, 55 m)
masofadagi ekilgan tugunaklar soni hisoblanib, uni 2000 (gektarga
aylantirish uchun) ga ko‘paytirib,
(1)
gektarga ekilayotgan
tugunaklarning soni aniqlanadi.
Ko‘chat o‘tqazish mashinalari. Agrotexnik talablar.
Sabzavot ekinlari urug‘ini qishning oxirida issiqxonalarda ekib-
o‘stirib, ko‘chat qilib, bahorda ularni ochiq dalalarga ekiladi.
Ayrim ko‘chatlar
alohida-alohida tuvakchalarda,
ayrimlari
tuvakchalarsiz o ‘stirilib-yetishtiriladi.
Mashina yordamida ekish
uchun bir xil o‘lchamdagi, so‘limagan, egilmagan ko‘chatlar
saralanib, olinadi. Karam ko‘chatlar 12 - 15 sm balandlikka (5-6
bargga), pomidor ko‘chatlari 20-25 sm balandlikka (8-10 bargga)
ega bo‘lishi talab qilinadi.
Ko‘chatlarning oralig‘i 60, 70, 80, 90 sm bo‘lgan qatorlarga
yoki 50 + 90, 60 + 120 sm qilib ekiladi. Bir qatordagi ko‘chatlar
oralig‘i 10- 140 sm gacha bo‘lishi mumkin. Agar ko‘chatlar oralig‘i
35 sm dan kam bo‘lsa, ekishda jo ‘yaklar bo‘ylab sug‘oriladi, 35 sm
dan ko‘p bo‘lsa, har bir tup ko‘chatni alohida sug‘orish, ma’qul
bo‘ladi. Sug‘oriladigan dehqonchilikda ekish bilan bir yo‘la
jo ‘yaklar ham olinadi.
Mashinadan ko‘chatni tik holatda, ildizlarini bukmasdan,
shikastlantirmasdan, bexato ekish talab qilinadi. Tuvaksiz
ko‘chatlar 5-15 sm, tuvagi bilan kamida 10 sm chuqurlikka ko‘mi-
ladi. Agronom tayinlagan chuqurlik ±2 sm aniqlikda ta’minlanishi
kerak. Ko‘chat atrofidagi ildizi tuproq bilan zichlanadi.
Qatorlar to‘g‘ri chiziq bo‘yicha, belgilangan kenglikdan ±2
sm (tutash qator uchun ±7 sm) olinishi kerak. Oddiy ko‘chatning
95%, tuvakli ko‘chatning 100% ildiz olishiga erishish kerak.
292
Ko‘chat ekish mashinasi 0, 6-3, 5 km/soat tezlik bilan
ishlaydi. Uning ko‘chat o‘tqazish apparati (163-rasm) disk
(1)
va
unga o‘rnatilgan tutqichlardan iboratdir. Tutqichning ichi bo‘sh
ustun (2) ning yuqori tomonida qo‘zg‘almas plastina (3) o’rnatil-
gan. Prujina (7) plastina (3) ga qo‘zg‘aluvchan plastina (5) ni qisib
turadi. Qo‘zg‘aluvchan plastina (5) ning ichiga o‘ta yumshoq rezina
yelimlangan bo‘ladi. Ekish vaqtida ko‘chat (3) plastina (5)
lar ora-
sida qisilib turishi kerak. Plastina (5) dagi rezina ko‘chatni shikast-
lantirmasdan qisib ushlab turish imkonini beradi, plastina sterjen
(6) bilan bikir biriktirilgan. Sterjen burilsa, plastina (5) ham qo‘z-
g‘almas plastina (3) ga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi mumkin.
Sterjen
(6)
ga aylanuvchan rezina rolik
(9)
kiydirilgan tirsak (8) o‘r-
natilgan bo‘lib, prujina (7) ustun (2) ga nisbatan rolikni tortib turadi.
163-rasm.
^ ‘chat o‘tqazish apparati:
1 - disk; 2 - ustun; 3 - q o ‘z g ‘almas plastina; 4 - yumshoq rezina;
5 - q o ‘z g ‘aluvchan plastina; 6 - sterjen; 7 - prujina; 8 - sterjen
tirsagi; 9 - rezinalangan g ‘altak; 10 - y o ‘naltirgich.
Disk (7) bilan uzluksiz aylanib turadigan rolik (9)
kerakli
vaqtda qo‘zg‘almas yo‘naltiruvchi yo‘lakcha
(10)
ning ustiga
chiqib, prujina (7) ning qarshiligini yengib, sterjen orqali
qo‘zg‘aluvchan plastinani qo‘zg‘almas plastina (3) ga nisbatan
burib, ko‘chatni qistirish uchun joy ochadi.
Mashinaning maxsus o‘rindig‘ida o‘tirgan xizmatchi o‘z
qo‘li bilan ko‘chatni plastinalar
orasiga kiritib turganida, rolik
yo‘lakchadan tushadi va plastinalar ko‘chatni qisib qoladi va disk
293
bilan birgalikda uni ekadigan joyga keltiradi. U yerda rolik yana
yo‘lakcha ustiga chiqib, plastinalarni
bir-biridan uzoqlashtirib,
ko‘chatni qo‘yib yuboradi.
164- rasmda ko‘chat o‘tqazadigan mashinaning ish jarayoni
sxemasi ko‘rsatilgan. O‘tqazish apparati (5) ga harakatni yuritish
g‘ildiragi
(1)
dan zanjirli yuritmalar
(15)
va
(17),
ochiq reduktor
(16)
orqali uzatiladi. Ekish bilan bir vaqtda har bir ko‘chat tubiga
suv quyib ketish maqsadida mashinaga suv tizimi o‘rnatilgan. Bu
tizimga bak
(21)
lar, suvni bakdan sug‘orish
naychalari
(13)
ga
yetkazadigan suv quvuri
(18)
va suv sarfini rostlaydigan jo ‘mrak
(14)
lar kiradi. Bakdagi suv quvur
(18)
orqali jo ‘mrak
(14)
ga
keltiriladi. Jo‘mrak
(14)
yordamida esa naycha
(13)
ga kerakli
miqdordagi suv yuboriladi. Agar qatordagi ko‘chatlar oralig‘i 35
sm dan kamroq bo‘lsa, suv uzluksiz
ekkichning orqa tomoniga
to‘kilib turadi, ko‘chatlar oralig‘i 35 sm dan ko‘proq bo‘lsa, suv har
ko‘chat tubiga o‘zi ag‘dariladigan cho‘michda me’yorlab quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: