Mirishkor tuman hokimining 2019-yil 26-oktabrdagi qaroriga ko‘ra



Download 407,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.12.2022
Hajmi407,77 Kb.
#879212
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'muriy huquq Ozod



KEYS 7
Mirishkor tuman hokimining 2019-yil 26-oktabrdagi qaroriga ko‘ra, 
tumanning Anjirli ko‘chasi, 96-uy manzilida foydalanishdagi 300 kv. metr yer 
maydonida mavjud qo‘shimcha ruxsatsiz qurilgan 2 ta yashash xonasi hamda 
yordamchi xo‘jalik binolariga nisbatan fuqaro I.B. nomiga mulk huquqi e’tirof 
etilgan va uy-joy tegishli tartibda I.B. nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 
2021-yil 10-avgustdagi Tuman prokurori tomonidan tuman hokimining 
2019-yil 26-oktabrdagi qarorini bekor qilish haqida protest keltirilgan. Tuman 
hokimining 
2021-yil 
15-sentylabrdagi 
qaroriga ko‘ra protest qisman 
qanoatlantirilib, tuman hokimining 2019-yil-yil 26-oktabrdagi qarorining 3-bandi, 
ya’ni “Anjirli” ko‘chasi, 96-uy manzilidagi umumiy foydalanishdagi 300 kv. metr 
yer maydonidagi fuqaro I.B. ga tegishli bo‘lgan 80 kv. metr hujjatsiz qurilmalarga 
shundan 2 ta daxliz hammom, ayvon va soyabonlarga mulk huquqi e’tirof etilsin” 
deb o‘zgartirish kiritilgan. Shuningdek, tuman hokimining 2021-yil 23-sentabrdagi 
qarori bilan tuman hokimining 2021-yil 15-sentabrdagi qarori o‘zgartirish kiritilib, 
ya’ni mazkur qarorning 3-bandidagi “ayvon va soyabonlar” so‘zlari chiqarib 
tashlangan. Yuqoridagi hokim qarorlaridan norozi bo‘lib, fuqaro I.B. sudga 
shikoyat ariza bilan murojaat etgan. 
1-savol: Ma’muriy aktga qo‘yilgan talablarni yoritib bering. 
2-savol: Ma’muriy aktga o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibini 
yoritib bering. 
3-savol: Vaziyat yuzasidan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun 
prinsiplarini tahlil qiling. 
4-savol: Normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra tuman va shahar mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni 
belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish vakolatlari, ular yuzasidan qaror, 
farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqini tahlil qiling. 
5-savol: O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni qonuniylashtirish tartibini 
tahlil qiling. 


JAVOB: 
Ma’muriy aktga qo’yilgan talablar haqida gapirishdan oldin ushbu 
tushunchaga tarif berib o’tish shart. Ma’muriy akt- ma’muriy organning ommaviy 
huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, bekor qilish va o’zgartirishga 
qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan 
belgilariga ko’ra ajratilgan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar 
keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi. Oddiy tilda aytganda ma’muriy akt ma’muriy 
organning huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o’zgartirish va bekor qilishga 
qaratilgan va ma’lum shaxslar uchun huquqiy oqibat keltirib chiqaradigan tasir 
chorasi. Ma’muriy hujjatning mazmuniga quyidagi talablar qo’yilgan: 
-qonuniy; 
-asoslangan; 
-adolatli; 
-aniq; 
-tushunarli; 
Ma’muriy hujjat har qanday holda ham qonuniy bo’lishi kerak. Ma’uriy hujjat 
arizachining manfaatlarini qanoatlantirishni rad etganda ham taqdirda haam 
qonuniy qilib,uning normalariga zid bo’lmasligi kerak. 
Ma’muriy hujjat asoslangan bo’lishi kerak. Ma’muriy hujjatning xulosa ya’ni 
qaror qismi asosiy qismiga asoslantirilgan bo’lishi kerak. Asoslangan bo’lishi 
ayniqsa, arizachining arizasi qanoatlantirilmagan hollarda juda muhim. Chunki har 
bir arizachi uning manfaati qanoatlantirilmaganiga sabab bo’lgan omilni bilishi 
kerak. Bunda fuqaroga uning manfaati nima uchun qanoatlantirilmaganini asoslash 
va unga nisbatan nima uchun bunday ta’sir chorasi qo’llangani haqida tasavvurga 
ega bo’lishi kerak. Agar hujjat asoslantirilmasa va mavhum qolsa fuqaroda davlat 
organlariga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati shakllanadi. Zero, ma’muriy hujjat 
arizachining huquq va manfaatlariga to’g’ridan-to’g’ri daxl qiladi.


Ma’muriy hujjat har doim adolatli bo’lishi shart. Ma’muriy hujjat adolatli 
bo’lishi uchun undagi arizachining holatlari har tomonlama o’rganilib , shunga 
mos ravishda to’gri qaror qabul qilinishi kerak.
Ma’muriy hujjat har doim aniq bo’lishi kerak. Ma’muriy hujjatda 
belgilanayotgan holatlar turli xil ma’no keltirib chiqarmaydigan tarzda bayon 
qilinishi va albatta tushunarli ham bo’lishi kerak. Ya’ni uni o’qigan oddiy fuqaro 
uning ma’nosiga qiyinchiliksiz tushunishi kerak va o’rni kelsa hujjat aniqlik bilan 
birga oddiy tilda bayon qilinishi lozim. 

Download 407,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish