60
Moistchilarning keyingi davrdagi asarlarida mantiq katta o‘rin tutdi. Ular
hukmning 7 usulini ishlab chiqdilar (“Mo-szi”, syao syuy bo‘limi). Ularning
ba’zilari G‘arbiy Ovro‘po olimlari tomonidan ishlab chiqilgan deduktiv va
induktiv metodlarga o‘xshaydi.
Moistchilarning mantiqiy asarlarida Xuey Shi va Gunsun Lunning
qarashlari rad etilgan edi. Ular riyoziyot (matematika), ilmiy tabiatshunoslik va
texnika muhandisligi masalalari bilan ham shug‘ullanishga kirishgan edilar. Ular
bilish jarayonining o‘zi bilan ham qiziqishgan. Ularning aqidasicha, “bilish
vokeylik bilan hissiy to‘qnashish vositasida yuz beradi hamda his-tuyg‘u orqali
qabul qilingan tushunchalarni idrok etish yo‘li bilan hosil kilinadi”.
Eramizdan oldingi II asrda konfusiychilik moizmni orqa planga surishga
muvaffaq bo‘ldi va u o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: