Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

JANGGA HOZIRLIK
«Ko‘kkezar»  to‘rt  kun  deganda  Miks  sayyorasiga 
yetib  bordi.  Qo‘mondon  Dordon  qahramonlarimizni  iliq 
kutib  oldi.  Bo‘lgan  voqealarni  eshitib  juda  g‘azablandi. 
U qaroqchi gikslarga qarshi jang qilishga tayyor ekanini 
bildirib:


124
– O‘zi shu qaroqchilar sabab galaktika xalqlarining tin-
chi buzildi. Mayli, shu bahonada galaktikamiz bu kallake-
sarlardan xalos bo‘ladi, ‒ dedi.
Qo‘mondon  Dordon  o‘zining  50  millionlik  askari,  1 
millionta  harbiy  kemasi  va  30  millionta  robot-droidi  bi-
lan  jang  qilishni  rejalashtirgan  edi. Ammo  Miks  qo‘shini-
da  «Ko‘kkezar»dek  kema  yo‘qligi  sababli  Dordon  Koinot 
muzeyiga  faqat  ikki  oydagina  yetib  borishi  mumkinligini 
aytdi. Bu muddatni oldindan bilgan Ahmad va Margol e’ti-
roz bildirish madi. Chunki Obma salmirliklar kemasida o‘z 
qarorgohiga qaytib borib, qo‘shini bilan Koinot muzeyiga 
kelgunicha uch oyga yaqin vaqt kerak bo‘ladi. Bu vaqt ichi-
da Miks qo‘shini Koinot muzeyiga yetib borib, jang oldidan 
yaxshilab tayyorgarlik qilib olishi ham mumkin edi.
Bir  oy  deganda  g‘azab  otiga  mingan  Obma  ham  o‘z 
qarorgohiga yetib keldi. U Koinot muzeyida Miks qo‘shini 
bilan jang qilishini hali bilmasdi. Shu sababli unga raqib-
lari  juda  ojizdek  ko‘rindi.  Lekin,  baribir,  bor  kuchi  bilan 
jangga kirishga qaror qildi. Chunki uning raqibi – odam 
bolasi juda «ayyor», aytish mumkinki, Obma shu kunga-
cha bunday jiddiy raqibga duch kelmagan edi. «Ikki marta 
meni dog‘da qoldirgani yetar. Bu safar uni tiz cho‘ktirma-
sam, qo‘shinim mendan yuz o‘girishi aniq», ‒ deb o‘yladi 
Obma. U o‘zining qirq millionlik qaroqchi-qo‘shini, bir mil-
lionta kemasi va oltmish millionta vahshiy robot-droidlari 
bilan jangga otlandi.
Koinot muzeyining ham ixcham qo‘shini bor bo‘lib, bu 
qo‘shin  ixtiyorida  besh  millionta  askar,  uch  yuz  mingta 
kema va ikki millionta robot-droid bor edi.
Ikki  oydan  so‘ng  Miks  qo‘shini  Koinot  muzeyiga  yetib 
keldi.  Qo‘mondon  Dordon  va  muzey  direktori  o‘zaro  itti-
foq tuzib, jang rejasini kelishib olishdi. Oradan bir oy o‘tib 
josuslar  qaroqchi  gikslarning  ham  yaqinlashib  qolganligi 
haqida xabar berdilar.


125
Hademay  Somon  yo‘li  galaktikasida  misli  ko‘rilmagan 
katta jang boshlanishi tayin edi. Bunday katta ko‘lamdagi 
jang hali galaktika tarixida bo‘lmagandi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish