Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

PISTIRMA
«Ko‘kkezar» gravitatsiya to‘lqinidan chiqishi bilan Moki 
sheriklarini uyg‘otdi. Ular Koinot muzeyiga 1000 km ma-
sofa qolganida to‘lqindan chiqishgan edi. Ahmad «Ko‘kke-
zar»ni sayyora sathiga qo‘ndirish uchun kemalar saf tortib 
turgan tarafga burildi. Ammo shu vaqtda kutilmagan kuchli 
zarbadan kema chayqalib ketdi. Ahmad har qancha urin-
masin, «Ko‘kkezar» unga bo‘ysunmasdi.
– Qandaydir kema bizni po‘lat arqonlar bilan tutib oldi. U 
bizni ochiq fazo tomon tortmoqda, – Moki monitorni yoqib, 
bo‘layotgan voqeani tashqaridan ko‘rsata boshladi. Ekran-
da kattaroq bir kemaning baliq tutadigan to‘rga o‘xshash 
narsani «Ko‘kkezar»ning ustiga tashlab o‘zi tomon torta-
yotgani ko‘rinardi.
– Axir, bu bizning kema-ku! – Margol hayratdan yoqasi-
ni ushladi. – Nahotki, Obma yovuz ishlarida bizning kema-
dan foydalanayotgan bo‘lsa?!.
Obma  «Ko‘kkezar»ning  kelishini  naq  ikki  oy  kutdi. 
O‘tgan vaqt davomida u bir daqiqa ham uxlamadi. Chun-
ki u har onda, har daqiqada «Ko‘kkezar»ning kelib qolishi 
mumkinligini bilar, biroz chalg‘isa bir umr kutgan o‘ljalaridan 


118
mahrum bo‘lishini yaxshi anglar edi. Hammasi u kutgan-
day bo‘ldi. Obma bir nuqtaga tikilib turarkan, «Ko‘kkezar» 
uchun tayyorlab qo‘ygan pistirmasi ish berishidan umid qil-
di. Bir payt u o‘zlariga yaqin joyda juda g‘alati, yorqin bir 
gardishning hosil bo‘lganini ko‘rib qoldi. U o‘sha gardish-
ga yaqinlashib bordi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas gar-
dish ichidan «Ko‘kkezar» chiqib keldi. Obmaning askarlari 
po‘latdan  yasalgan  ulkan  to‘r-qopqonni  «Ko‘kkezar»ning 
ustiga tashlab, uni osongina tutib olishdi. Endi o‘ljani xo-
liroq joyga olib borib, keyin ularning masalasini hal qilish 
qolgandi, xolos.
– Ahmad, sen aqlliroqsan, biror chora o‘ylab top! – Mar-
golning ko‘zlarida umidsizlik ko‘rina boshladi.
– Bilmadim, bimadim! – Ahmad boshini changallagan-
cha o‘tirib oldi.
Bu  orada  kema  Koinot  muzeyidan  ancha  uzoqlashib 
qolgandi.
–  Hozir  qochib  qolmasak,  aniq  bilaman,  bizni  omon 
qo‘yishmaydi! – dedi Margol Ahmaddan najot kutganday.
– Bimadim! Axir, o‘sha Obma minib olgan kema sizlarni-
ki bo‘lsa... – Ahmad ozroq muddat bir nuqtaga tikilib qoldi. 
– Shoshmang, kema haqiqatda sizlarniki-ku!
– Ha-ha, bizniki...
– Moki, o‘sha kemaning kompyuteriga masofadan ula-
na olasanmi?
– Amallasa bo‘ladi, – javob berdi Moki.
–  Unda  urinib  ko‘r.  Siz  esa,  Margol,  kompyuterning 
maxfiy parolini eslang.
– Qanday parol? Men hech qanday parolni bilmayman!
– Favqulodda vaziyatlarda ishlatiladigan maxsus parol 
bo‘lsa  kerak,  axir?  Faqat  salmirliklar  biladigan  parol-chi, 
bormi?
Margol  ko‘zlarini  katta-katta  ochib  angrayib Ahmadga 
qarab  turardi.  O‘zga  sayyoraliklar  bir  narsani  eslashga 


119
qattiq harakat qilsalar shunaqa g‘alati holatga kirib qolardi. 
Bu vaqt ichida Moki qo‘shni kema kompyuteriga ulanishni 
qoyilmaqom tarzda uddaladi.
– Men kompyuterga ulandim! Ammo u dasturga kirish 
parolini so‘rayapti.
– Ha, ha, to‘g‘ri aytasan, – qotib qolgan Margolning bu-
tun tanasi birdan qimirlashni boshladi. – Kirish paroli bor! 
Bu... bu «salmir-03101SQ89».
Moki zudlik bilan Margol aytgan parolni kiritdi.
– Bo‘ldi, parol tasdiqlandi. Endi kema to‘liq bizning ixti-
yorimizda, – dedi Moki qo‘llarini ko‘tarib. – Ammo shoshi-
lish kerak. Ular ham kompyuterning himoya tizimini buzib 
kirishlari mumkin. Lekin eng kamida besh daqiqa vaqtimiz 
bor.
– Tushunarli. Moki sen eng avval kemani to‘xtat. So‘ng 
esa hamma chiqish eshiklarini berkit!
Moki Ahmad  aytganiday  qildi.  Salmir  kemasi  taqa-taq 
to‘xtadi. Obma va boshqa qaroqchilar nima bo‘layotganini 
tushunolmay qolishdi. Ular tez tashqariga chiqishmoqchi 
bo‘lishganida hamma chiqish eshiklari mahkam yopilib qo-
ganini ko‘rishdi.
–  Qani,  Margol,  skafandrni  kiying,  tashqariga  chiqib 
po‘lat  to‘rni  lazer  bilan  kesib  tashlaymiz,  –  dedi  Ahmad 
qo‘liga lazer qurolni olib.
Ular  eshikni  ochib  tashqariga  chiqishdi. Ahmad  uzoq-
dan  Obmaning  darg‘azab  qiyofasini  ko‘rib  biroz  qo‘rqdi. 
Ammo buni sezdirmadi. Obma shu paytda Salmir kema-
sining  ulkan  oynalaridan  hammasini  kuzatib  turgandi.  U 
qo‘llarini musht qilib Ahmadga o‘qtaldi. Ammo Ahmad ham 
bo‘sh kelmadi, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi deganday 
qo‘l siltab qo‘ydi. Uning bu qo‘l siltashi Obmaning jon-jo-
nidan o‘tib ketdi. G‘azablangan qaroqchining butun tanasi 
shishib, ustidagi kiyimlari va sovutlari har tarafga otillib ket-
di. Gikslar o‘ta g‘azablanganida shunaqa shishib ketishar-


120
di. Bu Obmaning umri davomidagi birinchi shishishi edi.
Bu  orada  Margol  chaqqon  harakatlar  bilan  po‘lat  to‘r 
halqalarini  bir-bir  kesa  boshlagandi. To‘rt  daqiqa  o‘tgani-
dan so‘ng Mokidan xabar keldi.
– Tezroq qimirlanglar! Ular parolni buzishga juda yaqin 
turishibdi.
– Hozir, bir-ikkita halqa qoldi, xolos.
Qahramonlarimiz  «Ko‘kkezar»ni  ozod  qilishi  bilan  qa-
roqchilar ham parolni buzib Samir kemasini o‘t o‘ldirishdi.
– Moki, bizni kutib o‘tirmay Koinot muzeyiga hayda! – 
qichqirdi Margol.
Moki ham kemaning bor quvvatini ishga solib sayyora to-
mon uchdi. Lekin tezkorlikda Salmir kemasi ham qolishmas-
di. «Ko‘kkezar» gravitatsiya to‘lqinida emas, balki ochiq fa-
zoda uchayotgani sabab qaroqchilar «Ko‘kkezar»ni izma-iz 
quvib kela boshlashdi. Ko‘p o‘tmay qaroqchilar o‘q uzish-
ni ham boshlashdi. Kema bortida qolib ketgan va maxsus 
arqon bilan kemaga boylangan Margol va Ahmad ochiq fa-
zoda pirpirak bo‘lib uchib borishar, qaroqchilar otgan o‘qlar 
esa ularning shundoqqina yonidan o‘tib ketar edi.
Xayriyatki, fazodagi to‘qnashuvdan xabar topgan Koi-
not  muzeyi  harbiylari  zudlik  bilan  chora  ko‘rishdi.  «O‘q 
uzishni to‘xtating, ogohlantiraman, o‘q uzishni to‘xtating» 
degan  ovoz  keldi  yaqinlashib  qolgan  harbiy  kemadan. 
O‘zlariga  qarshi  butun  bir  armiyaning  oyoqqa  turib  kela-
yotganni ko‘rgan qaroqchilar chekinishga majbur bo‘lishdi. 
«Ko‘kkezar»ni esa muzey harbiylari qurshab oldi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish