QAROQCHINING SO‘NGGI CHORASI
Ertasi kuni ertalabdan yaxshilab dam olgan fazogirlar
kemalarni safarga hozirlay boshlashdi. Bu orada Ahmad
donishmand Ko‘rsichqon bilan uzoq-uzoq suhbatlar qur-
di. Ko‘rsichqon ham bu noyob bolakayga o‘zgacha mehr
qo‘ydi. Ahmad sabab yerliklarni yanada ko‘proq hurmat
qila boshlaganini aytdi. Keyin Ko‘rsichqon yerlik do‘stini
kutubxonadagi «Yer sayyorasi bo‘limi»ga olib bordi. Uni
Yerdan olib kelingan nodir kitoblar bilan tanishtirdi. Ah-
mad balandligi 100 metr keladigan kitob javonlarining
peshtaxtasidagi yozuvlarni bir-bir o‘qib kelarkan, ko‘zi
«Ulug‘bek xazinasi» deb nomlangan javonga tushib qol-
di. Ha, bu o‘sha, Mirzo Ulug‘bek vafotidan oldin shogir-
di Ali Qushchi ko‘magida yashirishga muvaffaq bo‘lgan,
ammo shu kunga qadar topilmagan xazina edi. Bu javon-
da Qadimgi Misr, Bobil, Xitoy, Yunoniston, Arabiston va
Movarounnahr olimlarining eng sara asarlari jam bo‘lgan-
di. Bularni ko‘rgan kitobsevar qahramonimiz juda sevinib
ketdi. Albatta, mazkur xazinani Yerdan olib ketishgani
uchun o‘zga sayyoraliklardan o‘pkaladi va Ko‘rsichqonga
yuzlandi.
– Axir, bu kitoblar Yerning mulki-ku! – dedi jahli chiqqa-
nini yashira olmay.
– To‘g‘ri, ammo ularni biz olib ketmasak ham, odamlar
baribir topa olishmasdi. Kitoblar esa yer ostida chirib ket-
gan bo‘lardi.
‒ Kitoblarni saqlab qolganingiz uchun rahmat! – biroz
hovuridan tushdi Ahmad. – Ammo endi «xazina»ni o‘zim
bilan olib ketaman.
‒ Kechirasan-u, lekin buning sira imkoni yo‘q. Kutub-
xonadagi har bir kitob Galaktika mulki hisoblanadi. Hatto
men ham birortasini o‘zim uchun ololmayman.
‒ Nima, galaktikada adolat degan tushuncha yo‘qmi?!
144
– Bor, albatta! Agar da’voying bo‘lsa, Galaktika Oliy Su-
diga murojaat qil. Faqat, aytib qo‘yay, Sud arizangni ko‘rib
chiqib, xulosa chiqargunicha bir yildan bir asrgacha vaqt
o‘tib ketishi mumkin...
– Eh-he, bunaqa nayranglar boshqa joylarda ham bor
ekan-da, – yana tumtayib oldi bola.
– Ahmad, sen meni ma’zur tut. Men shunchaki bu joy-
ning oddiy xodimiman, xolos. Bu masalada senga yordam
berolmayman...
Endi Ahmad boshqa chorasi yo‘q ekanini tushunib yet-
di. U do‘stlaridan uni yana ikki soat kutib turishlarini ilti-
mos qildi. O‘zidagi noyob fotografik xotiradan foydalanib
«Ulug‘bek xazinasi»dagi o‘nta eng nodir kitob matnini yod-
lab oldi. Shundan keyin juda charchab qolgan Ahmad Ko‘r-
sichqon hamrohligida kemaga qarab yo‘l oldi.
Bu vaqtda ekipajning boshqa a’zolari birin-ketin ke-
malarga mina boshlagandi. Jajji do‘stiga o‘rganib qolgan
Ko‘rsichqon uni kema yonigacha kuzatib qo‘ydi. Mikslar
ham, Margol va Moki ham kemaga chiqib ketishdi, ammo
Ahmad hali ham Ko‘rsichqon bilan kemaning yonginasi-
da nimalarnidir gaplashib turardi. Axiyri ularning suhbati
poyoniga yetdi, shekilli, Ahmad qariyaning qo‘llarini siqib
qo‘yib kema tomonga burildi. U endigina kema eshigiga
qo‘l cho‘zgandi, kutilmaganda bir maxluq o‘qday uchib kel-
di. Maxluq Ahmadni xuddi burgut o‘z o‘ljasini changallab
olib ketganday bir hamlada yerdan uzib oldi-da, ko‘zdan
g‘oyib bo‘ldi.
Bu maxluq Obmaning ishongan sarkardasi Rago edi. U
Koinot jangi vaqtida qochib qutula olgan va jangdan omon
qolgan boshqa qaroqchilar bilan yangi to‘da tashkil qilgan
edi. Xo‘jayini Obma uchun qasos olishga qasam ichgan
Rago «Ko‘kkezar»ni anchadan buyon ta’qib qilib yurgan-
di. Mana, bugun ertalab u salmirliklarning tezkor kemasi-
da Koinot kutubxonasigacha yetib keldi. Bu safar Rago
145
faqat Ahmadni mo‘ljaliga oldi. Chunki u Ahmadsiz qolgan
fazogirlar hech narsa qila olmasligini allaqachon anglab
yetgandi.
Rago uchar mototsikliga o‘tirib qahramonlarimizni uzoq
vaqt kuzatib turdi. Uning baxtiga, hamma fazogirlar kema-
larga minib olganida ham Ahmad tashqarida sichqonga
o‘xshaydigan kattakon maxluq bilan suhbatlashib qoldi. Bu
esa Rago uchun eng qulay vaziyat edi. U yashin tezligida
uchib kelib epchillik bilan Ahmadni dast ko‘targanicha qa-
roqchilar qo‘nalg‘asi tomon ketdi.
Ko‘p o‘tmay Ahmad o‘zining o‘g‘irlanganini fahmlay
bosh ladi. Ammo uning boshiga qop kiydirib qo‘yishga-
ni uchun qayerdaligini ham, uni kimlar o‘g‘irlaganini ham
bilolmadi. Lekin tez orada uning boshidagi qopni olishdi.
Shunda u o‘zini bir to‘da qaroqchilar qarshisida ko‘rdi.
– Buni qaranglar, odam deganlari hali og‘zidan suti
ketmagan go‘dak ekan-ku, – masxara qila boshladi
Rago. Endi unga qo‘shilib to‘dadagi boshqa qaroqchilar
ham qah-qah otib kula boshlashdi. Chindan ham ular
Ahmadni haybatli va qo‘rqinchli maxluq sifatida tasavvur
qilishgan edi. Chunki butun boshli galaktikani zir titrat-
gan qaroqchilarning mahv etilishida Ahmadning hissasi
katta edi-da.
– Biz odamlarda bir maqol bor, – Ahmad shunday deb
gap boshlashi bilan bir-birini tutib, yelkalarini qoqib kula-
yotgan qaroqchilar jim bo‘lib qolishdi. – Aql yoshda emas,
boshda... Ha, yana bir maqol – Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi
zo‘r ‒ mingni. Xullas, biz, yerliklar, odamning yoshiga yoki
kuchiga emas, balki aql-farosatiga qarab baho berishga
harakat qilamiz.
– Bo‘ldi-bo‘ldi, bunaqa mahmadonaliging bizga o‘tmay-
di, – gapda yengilib qolgani uchun qo‘pollik qilishga o‘tdi
Rago. – Xo‘sh, mana shu aqling bilan hozir mening tutqu-
nim bo‘lib o‘tiribsan-ku!
146
– To‘g‘ri, lekin bu ham men uchun bir sinov bo‘lishi
mumkin!
– Unda o‘ta og‘ir sinovga tayyor tur. Men seni suvsiz,
ovqatsiz zindonband qilmoqchiman! Qachonki hamto-
voqlaring mening shartlarimni bajarishsa, ozod bo‘lis-
hing mumkin. – Rago shunday deb qaroqchilarning biriga
ishora qildi. Qaroqchi esa Ahmadni qo‘ltig‘idan mahkam
ushlab tortqilagancha temir qafasga olib borib qamab
qo‘ydi.
Qaroqchilar Koinot kutubxonasi sayyorasining ovloq
joyi – chiqindixonadan qo‘nim topishgan bo‘lib, bu joyda
chirib, yaroqsiz holga kelib qolgan kitoblar saqlanar edi.
Uyum-uyum bo‘lib yotgan millionlab kitoblarga qurt tushib
ketgan. Juda zax bo‘lgani uchun hasharotga o‘xshaydigan
jonzodlar urchigan joy edi bu. Ahmad tez orada sovqota
boshladi. Xayoliga kelgan birinchi narsa qochish haqidagi
fikr emas, balki «Har holda, bu kitoblardan nusxa ko‘chirib
olingan bo‘lsa kerak?» degan o‘y bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |