Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
811
w
www.oriens.uz
September
2021
qo‘yiladi”
9
. Shu sababdan tinglovchi yoki kitobxonda Sayyodga nisbatan ijobiy fikr
paydo bo‘ladi.
Asar kompozitsiyasi ham asar yaratilishida syujet singari muhim vazifa bajaradi.
Xorazm dostonlari kompozitsion qurilish jihatdan ham Samarqand dostonlaridan farq
qiladi. Bu hudud dostonchiligida ijro etiladigan dostonlar matniga Samarqand ijro
an’analaridan farqli o‘laroq qo‘shimcha qo‘shib yoki ayrim bo‘laklarni tushirib
qoldirib bo‘lmaydi.
Ushbu dostonlarning kompozitsion qurilishi haqida shunday deyiladi. “Xorazm
dostonlarining hajm jihatdan torligi baxshining zimmasiga bir necha mas’uliyatlarni
yuklaydi. Jumladan, baxshi o‘z ixtiyori bilan dostonlarga yangi epizodlar qo‘sha
olmaydi. Dostonni hajm jihatdan keng yoki tor qilish baxshining ixtiyorida bo‘lmaydi.
Demak, Xorazm dostonlarining ijrosi xalq ijodidagi improvizatsiyadan holi. Xorazm
baxshisi dostonning qaysi qismini qanday kuyda ijro etilishiga ko‘proq e’tibor beradi.
Baxshi dostonning har bir she’riy parchasini alohida kuy bilan aytadi. Natijada bir
dostonning ijro etilishi ma’lum jihatdan bir necha o‘nlab qo‘shiqlarni bir syujet
asosiga birlashtirgan konsert programmasini eslatadi. Xorazm dostonlaridan hajm
jihatdan eng kichigini ijro etish uchun kamida o‘ttiz-qirq kuyni ijro eta bilish kerak”
10
.
Bizga ma’lumki, xalq dostonlarining janr xususiyatlaridan biri ularda she’r va
nasrning aralash kelishidir. Ertaklar, afsona va rivoyatlar asosan nasriy usulda berilsa,
qo‘shiqlar she’riy usulda ifoda etiladi. Xalq dostonlarida esa har ikkalasi ham, ya’ni
proza ham, poeziya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning bir-birisiz dostonni
mukammal holda tasavvur qilish mutlaqo mumkin emas. Ammo shu muhim
nuqtaning dostonlarda tutgan o‘rni an’analarga ko‘ra ham farq qilishi mazkur
tadqiqot ishida o‘z asosini topgan. Muallif Samarqand dostonlarida poeziya va
prozaning teng ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan holda, Xorazm dostonlarida
prozaik qismlar faqatgina she’riy parchalarni o‘zaro birlashtirish vazifasini bajarishi
haqida aytib o‘tadi hamda shu masala yuzasidan ma’lum izlanishlar olib borgan V.M.
Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarning: “Dostonning asosini she’r tashkil qiladi, proza esa
qisqa bog‘lovchi qo‘shimchadir”, – degan fikrlarini keltirib o‘tadi. Xorazm
dostonlarida prozaik bo‘laklar qisqa bo‘lganidek, she’riy parchalar Samarqand
dostonchiligidagidek uzundan-uzun misralarda emas, aksincha, qisqa-qisqa
ko‘rinishlarda ifodalanadi. Bundan tashqari aynan dostondagi lirik parchalar ham
turli vazifalarni ifodalaydi: “Xorazm dostonlarida she’riy parchalar asosan lirik
xarakterga ega bo‘lib, ularda qahramonlarning asar voqealari munosabati bilan paydo
9
Ўша диссертация. Б –27
10
Ўша диссертация. Б –35.
Do'stlaringiz bilan baham: |