Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
810
w
www.oriens.uz
September
2021
va’dasiga vafo qilmasdan yorga xiyonat qilish aks etmagan. Shu sababdan ushbu
doston qahramoni tinglovchida ham, kitobxonda ham biroz salbiy taassurot qoldirishi,
tabiiy. Biroq shunga qaramasdan dostonda konfliktning bu tarzda namoyon bo‘lishini
izohlab muallif “Xalq oshiq Hamro obrazini yaratish orqali tinglovchilarni unga
o‘xshamaslikka chaqiradi”
6
, deya o‘z sharhini bayon etgan. Hamda yana ushbu obraz
haqidagi izohlarni davom ettirgan holda ayrim olimlar fikri ham keltiriladi
7
.
Xorazm dostonlarida ham kulminatsion nuqta voqealar rivojidan keyingi
qismlarda keladi. Kulminatsion nuqtaning so‘nggi qismlarda kelishi xalq dostonlari
uchun tabiiy holat hisoblanadi. “Alpomish” dostonining kulminatsion nuqtasi
Alpomishning Qalmoqdan qaytib Ultontoz bilan to‘qnashuvi bo‘lsa, “Rustamxon”
dostonida Rustamning ovdan qaytib otasi bilan uchrashgan vaqti, “Kuntug‘mish”
dostonida esa Kuntug‘mishning o‘z o‘g‘illarini dorga osishga buyurgan payt
dostonning kulminatsion nuqtasi hisoblanadi. E’tibor berib qaralsa, voqealar
rivojining cho‘qqiga chiqish nuqtasi dostonning so‘nggi qismlaridagi o‘rinlariga
to‘g‘ri keladi. Xuddi shu holat Xorazm dostonlarida ham o‘z ifodasini topgan.
“Shohsanam qator sarguzashtlarga uchragandan so‘ng doston oxirida u majburan
podshohga turmushga chiqayotgan paytdagina G‘arib yetib keladi. Shoh bilan
yuzma-yuz to‘qnashadi. Bu o‘rin “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonining
kulminatsion nuqtasi bo‘lib hisoblanadi”
8
. Doston boshlanishida, voqealar rivoji
davomida ushbu nuqta yo‘qdek bo‘lishi mumkin. Ammo yakuniy qismga
yaqinlashgach, tinglovchi dostonning kulminatsion nuqta va yechim bilan
yakunlanishiga amin bo‘ladi.
Dissertatsiya davomida Xorazm dostonlarida ayollar o‘rni haqida ham asosli
fikrlar keltirib o‘tiladi. Ma’lumki, dostonchiligimizda ayollar go‘zal, oqila, mehribon,
kamtar, vafoli, sadoqatli, shu bilan birga jasorat bobida yigitlardan qolishmaydigan
mard, bir so‘zli, va’daga vafo qilish xislatlarini o‘zida jamlagan holda aks ettiriladi.
Barchinoyning alpligi, Alpomishga sadoqati, Xolbekaning Kuntug‘mishga vafosi,
Huroyimning matonati-yu, sabr-toqati, kechirimliligi shular jumlasidandir. Ayni shu
holatlar Xorazm dostonchiligida ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ishqiy-romanik
dostonlarda, xususan, “Sayyod va Hamro” dostonidagi Sayyodxon obrazi betakror
tarzda tasvirlanadi. “Tinglovchi Sayyodxonning xatti-harakati orqali uni Hamrodan
har tomonlama afzal ekanligini tushunib oladi. Sayyodning bir so‘zliligi, dushman
duch kelganda uning mardligi Hamrodagi ikkilanishga yolg‘onchilikka qarama-qarshi
6
Ўша диссертация. Б – 23
7
1. М. Қобулниёзов. Сўзбоши (Сайёд ва Ҳамро достони), Тошкент, 1964, Б – 13. 2. Ҳ. Т. Зарифов. Улкан халқ
санъаткори, Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни китобида. Тошкент, 1971 йил, Б – 8.
8
Мадаев О. “Хоразм достонлари ва уларнинг ўзига хос хусусиятлари”. Тошкент – 1973. Б – 29
Do'stlaringiz bilan baham: |