Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
814
w
www.oriens.uz
September
2021
dostonlarida ijobiy qahramonlar yurtparvarlik, bag‘rikenglik, rahmdillik,
adolatparvarlik xislatlari bilan bezansa, sevgi-muhabbat to‘g‘risidagi dostonlarda
asosiy belgi vafodorlik hisoblanadi. Millat vakillari o‘zlarining orzularini,
maqsadlarini hamisha ijobiy qahramonlar bilan bog‘laydi. “Xorazm dostonlarining
ko‘pchiligida asosiy qahramon sifatiga ega Go‘ro‘g‘li obrazida yuqoridagi
fikrimizning to‘liq ifodasini uchratishimiz mumkin. Go‘ro‘g‘li Xorazm dostonlarida
eng ko‘p uchraydigan ijobiy qahramonlardan biri. Boshqa xalq dostonlaridagi kabi
qahramonlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik undagi asosiy fazilat hisoblanadi”
16
. Ana
shu ijobiy qahramonlar orqali xalq o‘zi istagan ozod jamiyatni ko‘ra oladi, erkin va
farovon hayot kelishiga umid qilib yashaydi. Ammo hech bir inson nuqsonlardan holi
emas. Mukammallikka intilgan har qanday inson tabiatida ham xatoga yo‘l qo‘yish
holatlari bo‘ladi. Bu inson zotiga xosdir. Shu sababdan: “Xorazm dostonlarida
Go‘ro‘g‘li obrazidagi bir xususiyatni ham qayd qilish kerak. Gap shundaki, xalq
Go‘ro‘g‘lini ijobiy qahramon sifatida yaratar ekan, uni hech qanday xato qilmaydigan
qahramon sifatida ko‘rishni istamadi. Xalq tasavvurida inson, shu jumladan xalq
yaratgan ijobiy qahramon ham benuqson bo‘lmaydi”
17
, - deb ifodalaydi. Dostonda bu
holning yuzaga kelishi Go‘ro‘g‘lini salbiy qahramonga aylantirish uchun o‘ylab
topilmagan. Bu holatni dostonga singdirishning sababi, bizning fikrimizcha, xalq
Go‘ro‘g‘lini pokdomon, taqvodor, o‘z xatolaridan afsuslanib, ulardan xulosa
chiqaradigan ijobiy, yanada sevimli qahramon inson sifatida ko‘rsatish,
yuksaltirishdir. Chunki inson biror gunoh ish qilsa-yu bundan afsus-nadomat chekib,
o‘z aybiga iqror bo‘lsa, kamchilig-u nuqsonlarini anglab, ularni tuzatishga urinsa,
shubhasiz, bu inson yomonliklardan yiroq bo‘ladi. Shu sababdan Go‘ro‘g‘li ham
qilgan xatolaridan pushaymon bo‘ladi. Ayni shu pushaymonlik holati uni oddiy xalq
bilan yanada yaqinlashtiradi. Go‘ro‘g‘li kabi yaxshilikka intiluvchi, ezgulik
ulashuvchi insonlar esa o‘z-o‘zidan xalq qalbidan joy olib boraveradi. Dostonlarda
aks etgan bu hayotiylik ko‘proq Xorazm dostonchiligiga xosdir.
O‘quvchi yoki tinglovchi asardagi obrazlarni yaqqol tasavvur qilishi, ularni ko‘z
oldiga keltirishi uchun yozuvchi tomonidan qahramonlarning portreti yaratiladi.
Portret qahramonlarning ijobiy yoki salbiy obraz ekaniga qarab tasvirlanadi. Agar
xalq idealidagi qahramon tasviri berilsa, uning kelishgan tashqi ko‘rinishi, shu bilan
birga jismoniy imkoniyatlari, baquvvatligi, aqliy salohiyati barcha-barcha yaxshi
xislatlari qo‘shib ta’riflanadi. Agar salbiy obrazning portreti yaratilsa, uning
badbashara ekanligi, barcha yomonliklarga bosh bo‘lishi, qilgan yovuzliklari,
16
Ўша диссертация. Б –74
17
Ўша диссертация. Б – 75
Do'stlaringiz bilan baham: |