110
fikr-istaklarini o`rtoqlashgisi keladi. ekstrovert uchun konkret kim bilan
muloqotda bo`lish muhim emas, shuning
uchun hamma bilan gaplashib,
kirishib keta oladi. Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o`zgarib turadi,
do`stlari, o`rtoqlarini ham almashtirib turishga intiladi. Bundan tashqari, u
o`ta kirishuvchan bo`lganlngi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan
chiqish usullari to`g`risida tez xulosaga keladi, o`ta
qiziquvchan, dunyoda
bo`layotgan hodisalar, «mish-mishlar»ni bilish uning uchun muhim, kek
saqlamaydi, bugun nizoga kirishgan odam
bilan ertaga hech narsa
bo`lmaganday gaplasha oladi.
Introvert
esa ekstrovertni teskarisi, ko`proq ichki dialog shaklidagi
muloqotni afzal ko`radi, ya`ni yolg`izlikda mulohaza yuritadi, odamlarning
uni tushunmay qolishlaridan doimo xavotirda bo`ladi. Introvert kitoblar olami,
falsafiy mushohadani yoqtiradi, odamlar guruhida sodir bo`lib
turadigan
ziddiyatlardan cho`chiydi, o`zini olib qochadi. O‘zaro muloqotda 2-3
kishidan ortiq bo`lmagan guruhni afzal ko`radi. Ba`zan uchrashib turish,
muloqot davomida «shaxsiy» mavzularda emas, umumiy munosabatlar
doirasida suhbatlashishni ma`qul ko`radi, o`z «Men»ini
boshqalarga
o`hshamasligini doimo esda tutadi. Introvert ko‘proq belgilangan normalar
olamida yashaydi.
Mobil yoki rigid tipli shaxs.
Ushbu shaxs tiplari muloqatga kirishish
mezoniga ko`ra farqlanadi.
Mobil tip
har qanday ish bilan mashg`ul bo`lgan
sharoitda ham juda tez muloqotga kirishadi,
tez gapiradi, donmo shoshadi,
yuz ifodalari ham tez o`zgaradi. Suhbat mavzusini ham tez-tez o`zgartirib
turishga moyil. Gaplashib ketishi qanchalik oson bo`lsa, gapni tugatnb,
xayrlashib ketishi ham oson, Suhbat tugagandan
keyin qolgan ishini davom
ettirib ketaveradi.
Rigid tip
li shaxs esa uning aksi. Bunday shaxs
qat`iyatli, dadil bo`lsa ham, bir faoliyat turidan ikkinchisiga ko`chishi juda
qiyin, u ma`lum bir muddatni talab qiladi. O`ylamasdan tavakkal ish qila
olmaydi. Masalan, kompyuterda ishlab turgan paytida kirib qolsangiz, ishni
ma`lum nuqtaga yekazmaguncha sizga e‘tibor qaratmaydi. Rigid tipli shaxs
juda yaxshi suhbatdosh. Mobil tipdagi suhbatdosh bilan gaplashayotganda u
tez-tez gapni bo`lib, suhbatdoshga
tashabbusni bergisi kelmaydi, rigid esa
juda diqqat bilan tinglaydi, o`zi gapirganda, sekin, mantiqan to`g`ri
gapirishni yaxshi ko`radi, gapini bo`lishlarini sira istamaydi.
Agar suhbatni
bo`lsangnz, toqatsizlik qilsangiz keyingi safar siz bilan gaplashmay qo`ya
qolishni afzal ko`radi, chunki fikrni uzoqdan olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: