Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


Mavzu: Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning metodologiyasi va metodlari



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

Mavzu: Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning metodologiyasi va metodlari 
 

Ilmiy tadqiqotlarning metodologiyasi haqida tushuncha.
 

Ilmiy tadqiqotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar.
 

Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar dasturi. 
 

Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning faol metodlari: kuzatish, eksperiment, 
anketa, suhbat, intervyu, test, kontent-tahlil.
 

Proyektiv metodikalar.
 

Ijtimoiy-psixologik treninglar.
 
 
Ilmiy tadqiqotlarning metodologiyasi haqida tushuncha. 
Chet ellarda va mamlakatimizda amalga oshirilga ilmiy ishlarni tahlil qilar 
ekanmiz, 
etnopsixologik 
tadqiqotlarda 
xilma-xil 
uslub 
va 
metodlar 
qo‘llanilganining guvohi bo‘lamiz, chunki bunday tadqiqotlarda shaxs 
xusisiyatlarini o‘rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, 
eksprementlarning turlicha ko‘rinishlari, so‘roq metodlari - anketa, intervyu, 
sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi.
Bu metodlar hozirgi kunlarda ham ―madaniy muhit va shaxs‖, guruhlararo 
munosabatlar hamda qiyosiy tadqiqotlarda qo‘llanilmoqda. Bunday ishlarni 
faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan 
shug‘ulanuvchi olimlar ham o‘tkazmoqdalar, lekin shunday bo‘lishiga qaramay, 
etopsixologik metodlarning tanqisligi kun sayin sezilmoqda.
Etnopsixologiya muammosi bilan shug‘ulanishni maqsad qilib qo‘ygan har 
bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o‘zgartirishga, yoki 
bo‘lmasa, o‘zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo‘lmoqda. Nihoyat, 
etnopsixologik metodlarni qo‘llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada 
juda yaxshi natija berib, ishonchi ma‘lumotlar to‘plangan metodika Osiyo 
mamlakatlari yoki bizning respublikamiz sharoitida umuman xech narsani 
o‘lchamasligi, aniqlamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muhit 
ta‘sirlari daxlsiz, deb hisoblangan Kettellning intellekt testi ham baribir, qisman 
bo‘lsada, muhit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladiki, qolaversa ularni 
sharhlar masalasida alohida ehtiyotkorlik zarur. Hozirgi kunda butun jahon 
olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki 
metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar. 
Etnopsixologik tadqiqotlar o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ygan har qanday 
tadqiqotchi asosiy printsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilligi 
va ularning o‘zaro bir – birlariga ta‘sir ko‘rsatishini inobatga olmog‘i zarur. Bu 
narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta hisobga olinish kerak. 


53 
Misol uchun, O‘zbekiston sharoitida tadqiqot o‘tkazilmoqchi bo‘linsa, quyidagi 
narsalarga e‘tiborni qaratish lozim:

shu hudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo‘lgan 
umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullari;

faqat o‘zbek millatiga xos bo‘lgan psixologik sifatlar va omillarni 
aniqlash;

aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni o‘lchaydigan yoki 
eksperemental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni 
tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash;

tadqiqotchilar guruhini tekshiralayotgan milliy guruh tilini, urf – 
odatini biladigan xodimlar bilan ta‘minlash, chunki, tadqiqot ob‘yekti 
hisoblangan guruhda o‘sha guruh tilida tadqiqot o‘tkazish kerak, toki 
tekshiriluvchilarga qo‘yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular 
uchun tushunarli bo‘lsin.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, 
undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo‘q, shuning 
uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy 
sharoitlariga moslash kerak bo‘lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak.
Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki 
metodlarni ( anketalar, so‘roqlar, shkalalar savlollarini) tarjima qilish tarjimondan 
yuksak bilimdonlik va kasbiy mahorat sifatlarini talab qiladi. Aks holda, metodika 
o‘z qimmatini yo‘qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o‘lchamasligi 
mumkin. Hattoki, noverbal testlarni turli sharoitlarda qo‘llab, olingan 
ma‘lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o‘zgarganligi 
ko‘plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni 
qo‘llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko‘rish va natijalarni 
ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovdan 
o‘tkazish yo‘li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.
Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo‘yiladigan yana bir talab - 
tadqiqotni tabiiy sharoitlarda, tekshiruvchilar uchun tanish bo‘lgan joylarda qisqa 
ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan o‘tkazishdir, chunki etnopsixologik tadqiqotlarda 
ko‘pincha turli yosh, kasb va ma‘lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etadilar. 
Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini 
tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi.
Rus tadqiqotchisi G.U.Ktsoevaning yozishicha, bu yerda to‘rt guruhli 
metodlarni ko‘rsatish mumkin:

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish