H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
103
2.
Ustunnamo
Yirik ustunnamo
O‘rta ustunnamo
Mayda ustunnamo
5
5-3
<3
3.
Prizmasimon
Yirik prizmasimon
O‘rta prizmasimon
Mayda prizmasimon
>5
5-3
3-1
3 - tip. Plitasimon
1.
Plitasimon
Slanetssimon
Plitasimon
Plastinkasimon
>5
5-3
3-1
2.
Tangasimon
Yaproqsimon
Yirik tangasimon
Mayda tangasimon
1
3-1
1
Sinov savollari:
1.
Tuproq donadorligi deganda nimani tushunasiz?
2.
Tuproqning donadorligiga ta’sir qiluvchi omillarni bilasizmi?
3.
Tuproq donadorligining suv, havo va oziqa rejimiga ta’siri qanday?
4.
Tuproq donadorligi qanday uslublar yordamida o‘rganiladi?
20-bob. Tuproqning unumdorligi
Tuproq unumdorligi deganda, uning o‘simlik o‘sishi
va rivojlanishi
uchun kerak bo‘ladigan oziq moddalar bilan tahminlanish darajasi nazarda
tutiladi.
Tuproq unumdorligi bir necha kategoriyalarga bo‘linadi: 1) tabiiy; 2)
sunhiy; 3) potensial; 4) effektiv; 5) solishtirma; 6) iqtisodiy; 7)
qayta
tiklash kabilardir.
Tabiiy unumdorlik
tuproq hosil bo‘lishida shakllangan, inson
aralashmasdan yuzaga keladigan unumdorlikdir.
Sunhiy unumdorlik
insonning tuproqqa bevosita ta’sir etib, haydash, o‘g‘itlash,
ishlov berish,
meliorativ tadbirlar olib borish orqali erishilgan unumdorlikdir.
Effektiv
unumdorlik
- bu ma’lum iqlim sharoitida ekilgan yoki tabiiy o‘simliklar
tufayli shakllangan unumdorlikdir.
Solishtirma unumdorlik
– ma’lum ekin
turi yetishtirilganda yuqori yoki kam hosil olinishiga qarab aniqlanadi.
Iqtisodiy unumdorlik
tuproq xossalari, tarkibi va sharoitlarini hisoblash
natijasida kelib chiqadi.
Potensial
, ya’ni
umumiy unumdorlik
–
tabiiy
sharoit va inson ta’sirida tarixiy shakllangan unumdorlikdir. Agrotexnik va
meliorativ tadbirlarni birga qo‘shib, effektiv darajadagi tuproq
unumdorligini potensial holatgacha olib chiqish, qayta tiklash hisoblanadi.
Tabiiy iqlim sharoiti va o‘simlik dunyosiga monand tabiiy tuproqlar
hosil bo‘lib, yashash sharoitini yaratadi. Shuning uchun unumdorlik asosiy
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
104
ko‘rsatkich bo‘lib, tuproq turlarini solishtirish uchun u imkoniyat beruvchi
mezondir. Tuproq unumdorligi uning fizik, kimyoviy va biologik
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Unumdorlik tuproqning mexanik tarkibi,
donadorligi,
suv-fizik xossalari, issiqlik sharoiti, organik moddalar
miqdori, biologik faollik va singdirish sig‘imi bilan bevosita bog‘liq.
Shuning uchun bu ko‘rsatkichlarning tubanligi, yengil mexanik tarkibli,
sovuq
yoki issiq sharoitlar, quruqlik, qattiq yoki yumshoqlik, muhitning
o‘zgarishi, gumusning kamligi, sho‘rlanish, eroziya jarayonlari rivojlanishi
unumdorlikning keskin pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Tuproqda harorat,
suv va havoning yetishmasligi ham unumdorlikning rivojlanishiga salbiy
ta’sir qiladi.
Shuning uchun insoniyat tomonidan qishloq xo‘jaligida
tuproq va
iqlim sharoitida mos rejalashtirilgan madaniy ekinlar ekiladi va yerning
meliorativ holatini yaxshilash uchun bir qator agrotexnik tadbirlar amalga
oshiriladi. Hozirgi paytda tuproqning unumdorligini baholash, narxini
aniqlash maqsadida tuproq boniteti va kadastri ishlab chiqilgan. Uni
amalga oshirish uchun ham bir fermer va shirkat xo‘jaligidagi yerlarning
kadastri va bonitirovkasi ishlab chiqiladi. Bunda
tuproq bahosini ishlab
chiqish, ichki imkoniyatlaridan, meliorativ holati, suv-fizik xossalari,
kimyoviy tarkibi, oziq moddalar miqdori, ekologik holati va ko‘p
yillar
mobaynida olingan hosil ehtiborga olinadi.
Tuproq qoplamining unumdorligini oshirish va uni muhofaza qilish
xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Shuning uchun
mamlakatimizda yetishib kelayotgan yosh kadrlarning xalqimizning asosiy
boyligi bo‘lgan ona tuprog‘imiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
3>
Do'stlaringiz bilan baham: