H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
156
22-rasm.
O‘zbekiston tuproqlarining DDT metabolitlari bilan
ifloslanishi (O‘zRTMQDQ ma’lumoti)
Faqat paxta maydonining har gektariga 54,4
kg zaharli moddalar
sepilmoqda. Rossiya Meditsina fanlari akademiyasining ma’lumotlariga
qaraganda, bir gektar ekin maydoniga bir kg zaharli moddalar
ishlatilmoqda.
"Pravda Vostoka" gazetasining 1990-yil 30-may sonida, 1989-yili
jumhuriyatimiz dehqonchiligida 85 ming tonna zaharli moddalar
ishlailganligi haqida ma’lumot keltirilgan. Har gektar yerga sepilgan
zaharli moddalar miqdori 20 kg ni tashkil qilib, bu ittifoqdagiga qaraganda
bir necha marotaba ko‘pdir. Ishlatilgan umumiy dorilarning 28% kuchli va
xavfli zaharlardir. Jumhuriyatimizning ko‘pchilik tumanlarida 20% gacha
oziqa mahsulotlari zaharli moddalar bilan ifloslangan. Ochiq suv
havzalarining hammasida zaharli moddalar mavjudligi aniqlangan. Bu esa
qishloq aholisi orasida turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda.
Zaharlanishga qarshi kurashish va ekologik vaziyatni saqlab turish
maqsadida paxtachilikda ishlatiladigan ko‘plab kuchli kimyoviy moddalar
taqiqlandi. Zaharli moddalarni saqlaydigan
maxsus xonalar va omborlari
bo‘lmagan xo‘jalik va tashkilotlarga zaharli pestitsidlarni sotish ham
to‘xtatib qo‘yilgan.
So‘nggi yillarda maxsus, ilmiy va qishloq xo‘jaligiga doir
adabiyotlarida "og‘ir metallar" degan ibora paydo bo‘ldi. By ibora salbiy
mahnoni bildirib, o‘simliklar va hayvonlar uchun zaharli hamda havfli
bo‘lgan kimyoviy elementlarni nazarda tutadi. Og‘ir metallar, bu zichligi 5
g/sm
3
dan ko‘p bo‘lgan bir guruh kimyoviy elementlardir. Biologik
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
157
adabiyotlarda "og‘ir metallar" deb atom massasi 40 dan ortiq bo‘lgan
kimyoviy elementlar guruhiga aytiladi.
Og‘ir metallarning zaharliligi to‘g‘risidagi tasavvurni mutlaqo to‘g‘ri
deb ham bo‘lmaydi. Chunki bu kimyoviy
elementlar guruhiga mis, rux,
molibden, kobalt, marganes, temir, ya’ni biologik nuqtai nazardan ijobiy
ahamiyatiga ega bo‘lgan elementlar ham kiradi. Demak, og‘ir metallar va
mikroelementlar deb, bir xil kimyoviy elementlarga aytilsa-da, ular har xil
ahamiyatga ega. Bu aynan o‘sha elementlarning tuproq, o‘simliklar va
hayvonlardagi mehyoriy ulushlari (konsentratsiyasi)ga bog‘liq.
"Og‘ir metallar" deganda, haqiqatdan ham odamlar va hayvonlar
uchun xavfli konsentratsiyada bo‘lgan, nisbiy atom massasi 40 dan yuqori
elementlar tushuniladi. Bu elementlarning (tuproqdagi, o‘simliklardagi va
hayvonlardagi konsentratsiyasiga bog‘liq), oz konsentratsiyasi o‘simlik va
hayvonlarga foydali bo‘lishi mumkin. Ammo haqiqatan zaharli, xavfli
shunday "og‘ir metall"
elementlari borki, bularga: simob, kadmiy va
qo‘rg‘oshin kiradi. Bunday o‘nta element sanoat va transportda ko‘p
ishlatilib,
atrof-muhitni
ifloslantiradi,
odamlar,
hayvonlar
va
o‘simliklarning zaharlanishi xavfini tug‘diradi.
Tuproq metall ionlarini singdirish qobiliyatiga ega bo‘lib, ularni
qabul qiladi va saqlaydi. Oz miqdorda bo‘lsa-da metallarning davomli
vaqtda tuproqqa tushishi, ularni shu yerda to‘planishiga olib keladi.
Madaniy landshaftlarda keng tarqalgan og‘ir metallar rux,
qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy va xrom hisoblanadi. Dalalarda rezina
qoldiqlari kuydirilsa, rux ko‘payib ketadi. Avtomobillar va umuman, ichki
yonuv dvigateli ishlashi natijasida atrof-muhitda qo‘rg‘oshin ko‘payadi.
Dalalarda fosfor o‘g‘itlari ko‘p ishlatilganda,
u bilan birga tuproqqa
kadmiy tushadi va to‘planadi. Urug‘larni dorilashda ishlatiladigan
fungitsidlar simobning tuproqda to‘planishiga olib keladi. Shahar
chiqindilari organik o‘g‘it sifatida ishlatilganda ham tuproqqa simob
tushishi mumkin. Fosforli o‘g‘itlar bilan tuproqqa uran, toriy, radiy
elementlari tushib qolishi mumkin.
Superfosfat va fosfogips bilan birga tuproqqa stronsiy tushishi
mumkin. Bu elementlar tuproqda ko‘payib
ketganda hosildorlikni
kamaytiradi. Bunday holat atrof muhitning ifloslanishi va buzilishiga,
ekologik vaziyatning yomonlashishiga olib keladi. Juda ko‘plab og‘ir
metallarni o‘simliklar tuproqdan ildizlar orqali o‘zlashtiradi va zaharlanib
nobud bo‘lishlari mumkin.
Deyarli hamma og‘ir metallarning tuproq va o‘simliklardagi zaharli
miqdori aniqlangan. Shu bois ularning tuproqdagi miqdorini tekshirib,
ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan oldini olish kerak. Shu maqsadda
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
158
ularning tuproqdagi zararli miqdorini kamaytirish uchun mikroorga-
nizmlarning
faoliyatini kuchaytirish zarur, degan fikr ham mavjud
(Yu.V.Alekseyev, 1987). Og‘ir metallarning tuproqdagi zararli miqdorini
oshirmasdan, ularning to‘planishining oldini olish maqsadida, organik
o‘g‘itlardan keng foydalanish tavsiya qilinadi. Organik o‘g‘itlarning ham
juda ko‘p ijobiy xususiyatlari mahlum. Organik o‘g‘itning tuproqda
chirishi natijasida, issiqlik ajraladi, mikroorganizmlar faoliyati kuchayadi.
Organik moddalar
kation va anionlarni shimib, o‘ziga singdiradi, tuproq
eritmasidagi tuzlar konsentratsiyasini pasaytiradi. Shu sabablarga ko‘ra,
ular og‘ir metallar zararini kamaytirib, ularning o‘simlik tarkibiga
o‘tmasligini ta’minlaydi. Og‘ir metallarning tuproqdagi zararli miqdorini
kamaytirish uchun "ionlar antagonizmi" nazariyasidan ham foydalanish
mumkin.
Tuproqni turli modda va
elementlar bilan ifloslamasdan, toza holda
saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Toza tuproqda o‘simlik uchun
ekologik sharoit ham qulay bo‘ladi. Tuproqqa solinadigan barcha
chiqindilar va yangi o‘g‘itlarni yaxshilab tekshirib ko‘rgandan keyingina
uni ishlatish haqida xulosa chiqarish kerak. Demak, zaharli elementlar va
moddalarning tuproqqa tushib to‘planishiga va ifloslanishiga yo‘l
qo‘ymaslik kerak. Mana shunda ekologik muvozanat buzilmaydi va toza
holda saqlanadi.
Ayrim paxtakor xo‘jaliklar, har gektar yerdan 35-40 sentnerdan hosil
olib turgan bo‘lsa, yer maydoni xuddi shunday bo‘lgan,
ammo gektariga
12-15 sentnerdan hosil oladigan xo‘jaliklar ham bor. Demak, agrotexnik
tadbirlarning ayrimlari yetarli darajada ilmiy tomondan hal qilinmagan
yoki joylardagi mutaxassislar o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan
qarashi natijasida, ba’zi bir tadbirlar sifatsiz bajarilayotgan bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: