3
Kirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning bosh vazifasibo’lib,
makroiqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqarishning izchil va mutanosib o’sishi
sur’atlarini taminlash, jalb etilayotgan investetsiyalarni ko’paytirish hisobidan
tarkibiy o’zgarishlarni qat’iy davom ettirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini
modernizatsiya qilish va yangilash hisoblanadi. Oldimizga qo’yilgan bosh vazifani
amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlarining asosiylari _ byudjet siyosatini
yanada erkinlashtirish, aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va uning
farovonligini oshirishning eng muhim yo’nalishi sifatida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab-quvvatlashdan va
rivojlantirishni rag’batlantirishdan iborat.
Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida izchil islohotlarni amalga
oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hisobiga
yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Ushbu keng ko’lamli islohotlarni amalga
oshirish va pirovard natijada erishilayotgan natijalarni ta‟minlashda mahalliy
byudjetlarning o‟rni va ahamiyati g‟oyat yuqoridir.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimizni 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2020 yilga mo‟ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‟nalishlariga bag‟ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma‟ruzasida ta‟kidalaganlaridek “Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga
__________________
1
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. O‘zbekiston
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
ning mamlakatimizni 2020
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib
chiqadigan moliya tizimi
xodimlarining vazifalari to‘g‘risida Hay’at qarori. – T., 14.12.2020. № 4/1
4
o’sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo„jaligi – 6,8
foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya
darajasi prognoz
ko’rsatkichidan past bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan xarajatlar
yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkil etdi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-
joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‟lim-tarbiya jarayonlari va
yurtimizda pandemiyaa sharoitida sogliqni saqlash tizimini yanada isloh etish va
takomillashtirish e‟tiborimiz markazida bo‟lib kelgan va bundan keyin ham
shunday bo‟lib qoladi”
1
.
Ayniqsa hududlarimizda amalga oshirilayotgan keng ko‟lamli ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, 2021 yilda Respublikamizni ijtimoiy-itisodiy
rivojlantirishning vazifalari hisoblanuvchi, kabi masalalarning kun tartibidagi
dolzarb masala sifatida maydonga olib chiqilishi mahalliy davlat hokimiyati
organlarining oldiga yangi qator vazifalarni qo‟ymoqda.