Aynan mehnat to‘g‘risida juda ko‘p maqollar va hikmatlar vujudga
kclganligi, ko'pgina mumtoz san’at asarlarida ham mehnat munosabatlari
o‘z ifodasini topganligi bejiz emas.
Ular madaniyat, ijtimoiy munosabatlar,
an’analar va tajribalarni aks ettiradi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan
islohotlar mehnat m unosabatlarining mazmuni va xarakterida ham tub
o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Sobiq ittifoq davridagi davlat tizimida
aslini olganda yagona mulkdor va ish beruvchi mavjud bo‘lib, xodim siyosiy
iqtisodning klassik qonunlariga ko‘ra yollanma ishchi hisoblanmas edi.
Mamiakatimiz mustaqillikka erishgach, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar
mulk shakllarining xilma-xilligini vujudga keltiridi, mehnat yollanadigan
bo'lib, ishchi kuchi tovarga aylandi.
M ehnat to ‘g‘risidagi fanlardan biri «M ehnat iqtisodiyoti* fanidir.
Odamning moddiy va m a’naviy boyliklar yaratish borasidagi maqsadga
yo'naltirilgan, ongli faoliyati bo‘lmish m ehnat ushbu fan o'rganadigan
obyekt bo'lib hisoblanadi. M ehnat,
shuningdek, ko'plab boshqa fanlar,
jumladan mehnat fiziologiyasi va psixologiyasi, mehnat statistikasi, mehnat
gigiyenasi, mehnat huquqi va shu kabi bir qator fanlami ham o ‘rganish
obyektidir. Ushbu fanlar tadqiqot predmeti, ya’ni obyektning qaysi tomonini
o'iganishi bilan bir-biridan farqlanadi.
♦Mehnat iqtisodiyoti* fan sifatida mehnat munosabatlari sohasidagi
qonuniyatlarni, shu jum ladan, m ehnat mohiyati nam oyon b o ‘lishining
o'ziga xos shakllari,
chunonchi, ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish,
unga haq to‘lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiologiyasi bilan bog'liq
bir qator muammolarni o ‘rganadi. ♦Mehnat iqtisodiyoti* iqtisodiy va ijtimoiy
fan sifatida jam iyatdagi o ‘zaro muvofiqlik va moslashuv jarayonlarini
tushuntirib beradi. ♦Mehnat iqtisodiyoti * asoslarini bilish mutaxassisga ro‘y
berayotgan voqea-hodisalami o'rganishga asbtraktsiyalashgan holda va asosli
ravishda yondashish, ulaming harakatlantiruvchi kuchlarini tushuntirish va
ahamiyatini baholash imkonini beradi.
♦Mehnat iqtisodiyoti* fanini o ‘rganishda mehnat jarayonida amalga
oshadigan turli om illar —
texnikaviy, tashkiliy, ijtim oiy yoki boshqa
xarakterdagi omillar ta ’siri ostida qaror topadigan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy
munosabatlaiga katta e’tibor beriladi. Bunday yondashuv tasodifiy narsalami
chiqarib tashlab, asosiy e’tibomi obyektiv vatipiknarsalargaqaratish, fanni
yanada chuqur o‘ rganish uchun mehnat munosabatlari sohasidagi to‘g‘ri
dunyoqarashni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ifodalash imkonini yaratadi.
♦ M ehnat iqtisodiyoti* kursining m azm uniga m ehnat va m ehnat
munosabatlari sohasidagi ham nazariy, ham amaliy masalalar kiritilgan
bo‘lib, ular qanday natijalar berishiga iqtisodiy
va ijtimoiy jihatdan baho
berish nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. Har qanday nazariya tushuntiruvchi
va prognoz qiluvchi kuchga ega. Biroq amaliyot nazariy kontekssiz mustaqil
ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kurs masalalarini o‘rganish
6
talabalarga konlcret faoliyat sharoitida shaxsiy bilimlaridan yanada chuqurroq
foydalanish imkonini beradi. Kurs korxona miqyosida m ehnatni tashkil
etish va uni amalga oshirish omillari, shart-sharoitlari, mehnat bozorining
mavjud boiishi, ish bilan bandiik, ish haqi va uni tashkil etishda davlat
siyosati, kishilaming ehtiyojini qondirish uchun mo'ljallangan moddiy va
m a’naviy qadriyatlarning oshib borishida m ehnatning
roli singari asosiy
kategoriyalar va tushunchalarni o'rganish, shuningdek, «Mehnat iqtisodiyoti
va sotsiologiyasi* ko'rsatkichlarini iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan tahlil qilishni
e ’tiborda tutadi. Bundan maqsad — uiaming o'zgarib borish tamoyillarini
aniqlash, rejalashtirish va prognoz qilishdir.
TD IU olqtisodiyot va statistika» fakulteti tomonidan o ‘qitiladigan «Mehnat
iqtisodiyoti* fani iqtisodiyot fakultetining iqtisodoyot (mehnat) yo'nalishida
o'qiydigan barcha talabalarga o‘qitiladi. Bu fan ijtimoiy-mehnat munosabatlari
sohasidagi qonuniyatlarni, shu ju m lad an m ehnat m ohiyati nam oyon
bo‘lishining o ‘ziga xos shakllari, chunonchi ish bilan bandiik, mehnatni
tashkil etish,
unga haq toiash, uning samaradorligi, mehnat iqtisodiyoti va
mehnat sotsiologiyasi bilan bogiiq bir qator muammolami o'rgatadi.
TDIUda «Mehnat iqtisodiyoti* fani jami 214 soatdan iborat bo'lib, shu
jumladan 72 soat m a’ruza, 72 soat seminar va 70 soat mustaqil ta’Iimdan
iborat. Bu fanda, shuningdek, 16 ta mavzu mavjud. Endi buni boshqa chet
davlatlardagi universitetlar bilan taqqoslaydigan bo'lsak, Kislovodsk Ijtimoiy
Texnik Instituti (KGTI)da «Mehnat iqtisodiyoti » fani bo'yicha 12 ta mavzu
mavjud, umumiy 80 soatni tashkil etadi, shundan 18 soat ma’ruza, 16 soat
seminar, 44 soat mustaqil ta ’Iimdan iborat.
Shuningdek, Penza Davlat
Universitetida va Penza Texnologiya Institutida bu fan bo‘yicha 14 ta mavzu mavjud
bo'lib, jami fan bo‘yicha ajratilgan soatlar 54 soatdan iborat, shundan 36 soat
ma’ruza, 18 soat seminar, mustaqil ta’lim bo'yicha soatlar rejalashtirilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: