475
bildirishgan. Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komеnskiyning (1592—1670) maktab tizimi va bolalarni
o`qitishga oid ayrim fikrlari bugungi pedagogikamizda ham muhim. Olim maktablarning to`rt xilini,
chunonchi, “,ona
maktabi har bir oilada
; ona tili xalq maktabi har bir jamoada, har bir qishloqda va aholi
yashaydigan
har bir joyda; gimnaziya har bir shaharda, akadеmiya esa har bir davlatda yoki kattaroq har bir
viloyatda bo`lishi zarur”,- deydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni o’qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy
hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga
o’rgatishdan iborat. Ilmiy-ommabop maqolalar bolalarni gazeta va jurnallarni o’qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-
siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o’zlashtirishga
yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini
o’stiradi.
Ona tili va o’qish savodxonligi darsliklarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-ommabop maqolalar
berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq, mavjudot,
uning turli tomonlari
, dalillar va
ularning bir-biriga ta ’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta ’kidlash
kerakki,
badiiy asar markazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni,
voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish
haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan
voqealarga munosabati o'qituvchining diqqat markazida turadi. O'quvchilar voqelikni obrazlar orqali
tasvirlashning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.
Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda
tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina matnni to 'g 'ri o'qish, qatnashuvchi shaxslarning
xatti-harakati
sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang'ich
sinflarga tatbiq etganda, awalo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin
o'quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga
olgan holda baholashni o'stirish zarur.
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o'quvchilaming yoshlariga mos ravishda tanishtirish
maqsadga muvofiq.
To'rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o'quvchilarni asarning g'oyaviy yo'nalishini tushunishga
o'rgatish
muhimdir
, bu asami to'g'ri
idrok etish uchun, matn ustida ishlash ko'nikmasini, o'quvchilaming
dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy
hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o 'z munosabatini ifodalashga harakatqiladi.
Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g'oyaviy mag'zini
tashkil etadi. Asarning g'oyaviy yo'nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog'liq. Asarning tarbiyaviy
ahamiyati, o'quvchiga ta ’sir kuchi uning g'oyaviy yo'nalishiga1 -sinf dasturida o'qish bilan bog'liq holda
kuzatish, sayohat darslari mo'ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (obhavoning
o'zgarishi, o'simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala,
bog', xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko'zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar va
kishilarning mehnati yuzasidan bolalaming nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi. Bunday darslarda
ko‘rgazma sifatida o ‘quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin. Tarixiy
mavzudagi ilmiy-ommabop
asarlarni unga mos rasmlar bilan bog'lab o'qitish kishilarning baxtli
hayot uchun intilishlari
, ota-
bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam
beradi; o'quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib,
farovonlashib borishini bilib oladilar. Dasturga ko‘ra 2-sinf o'quvchilari ,,Toshkent“ , „Toshkent metrosi"
mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa „Mangulikka tatigulik kun“ (Safar Barnoyev)
asarini
o'qish orqali o'tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu
maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalami Vatanga,
xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: