O‘QUVCHILAR O‘ZLASHTIRISHINI TASHXISLASHNING AKMEOLOGIK
TEXNOLOGIYALARNI ISHLAB CHIQID VA AMALIYOTDA QO‘LLASH
Hayitov Hamza Ahmadovich,
BuxDUPI dotsenti
Shavkatova Jasmina Jamshid qizi,
BuxDUPI 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
o‘quvchilar o‘zlashtirishini tashxislashning akmeologik
texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi ilmiy-nazariy tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
statistik axborot, ekspert so‘rovi, prognozlash, imitatsion, akmeologiya,
ergodiagnostik, metodologik, monitoring, rivojlanish tendensiyasi, prognozli tashxislash, regional daraja,
local axborot, emperik ma’lumotlar, obyektni konseptualizatsiyalash, ekologik muammolar va hokazo.
366
O‘rgatish faqat yorug‘likdir. Bu ham erkinlikdir. Insonni bilim kabi hech narsa ozod eta
olmaydi.Boshlangi’ch sinf o‘quvchilari o‘zlashtirish darajasini akmeologik tashxislashni tashkil etish
shakllari va bosqichlariga ko‘ra tashxislashning quyidagi guruhlari : analitik tashxislash, eksport
tashxislash va model yordamida tashxislashga ajratiladi.
Analitik tashxislash deganda statistik axborot , funksional iqtisodiy , huquqiy, shuningdek,
matbuotr materiallari , badiiy va ilmiy adabiyotlar, arxiv materiallari va boshqalar asosida tashxislash
jarayoni olib boorish tushuniladi.
Analitik tashxislashni boshqacha qilib, vositasiz tashxislash deb ham ataladi, chunki bu yerda turli
savol-javoblar , anketalar ishlatilmaydi.
Ekspert tashxislash deganda qandaydir muammoni , vaziyatni ekspert so‘rovi va ekspertiza
o‘tkazish metodlari tordamida axborot olish tushuniladi. Tashxislashning ushbu turi so‘rovnoma deb
ataladi , unda anketa , intervyu, testlar metodlaridan foydalaniladi.
Modelli tashxislash o‘tkazish deganda imitatsion modellash nazarda tutiladi. Uni imkoniyatlari
tashxislash uchun cheklangan bo‘lsada , tashxislash jarayonlarini modellash muammoli obyektni
konseptualizatsiyalash , uni prognozlash, loyihalash , dasturlashlardan avval o‘tkaziladi.
Tashxislash diagnostic metodikani ishlab chiqishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni tashkil etishga
alohida talablarni olg‘a suradi.
Ularni ichida tizimli yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi. U quyidagi xusuiyatlarga ega:
-Istalgan hodisa yaxlit tizim sifatida qaralishi lozim;
-Tashxislash ko‘zda tutilgan rivojlanish darajasi (Bizning holatda o‘zlashtirish darajasi ) va uni
muammoli vaziyatlarni hal etish jarayonlari yordamida yechib berish;
-Tashxislanayotgan obyektning ichki asosiy aloqalarini tahlil qilish;
-Tashxislanayotgan obyektning yo‘nalganlik va tashkiliy tuzilmasini aniqlash;
Shu bilan birga tashxislash vaqtga ko‘ra kengayadi va madaniy jarayon kuzatiladi. Bu bir ijtimoiy
madaniy vaziyatdan o‘tish sifatida qaralib , qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishni ssikllari bu holda
bo‘laklanadi. Madaniy jarayon va uni ssiklligini turli tomonlarini shakllanishini turli vaqtda bo‘lishidan
kelib chiqadi. (ya’ni geterxronlik va diskretlik). Tashxislash o‘ziga tekshirishni bo‘laklangan va vaqt
uzaytirganlikda qo‘shib olib beradi.
Diagnostik tekshiruvni struktura sifatida belgilash mumkin, chunki ular jarayoni alohida
tomonlarini kesmani beradi yoki uni bir qancha komponentlari kesmasini beradi. Struktura kesmali
tashxislash jarayonini alohida tomonlari orasidagi aloqalarni ham aniqlaydi. Ular asosida endi nazariy
modellarni yaratish bilan shug‘ullansa bo‘ladi.
Langityud tashxislash xarakteriga ko‘ra tizimlidir, chunki tashkiliy boshqaruv to‘plamni ishlatishni
vaqt jihatidan o‘rganishni qo‘llaydi. O‘rganilayotgan obyektni muhim aloqalarini ham ichidan ham uni
tashqi aloqalarini , rivojlanish turli hyo‘nalishlarini belgilaydi.
Tashxislashni imitatsion modellarni yaratish langityud tizimi eksperimental vositalarni o‘z ichiga
oladi.
Tashxislashda prognozlash va uni metodlarini ko‘rsatish mumkin: jarayonlarni ekstrapolyatsiyalash
maqsadfga erishish tanlangan yo‘l va vositalari to‘g‘riligini ehtimolini aytib berish, prognozli
modellash.
Tashxislashni barcha turlarga ko‘riladigan umumiy talablar shundaki ular qarorlarni noaniqlik
metodlarga qabul qilish diagnostic xarakterlaydi. Shuning uchun diagnostlar uchun yog‘langan kuzatuvlar
metodi qo‘llashi o‘ta muhimdir .
Tashxislashda yana eksperiment metodi mavjud, faqat u jiddiy metodologik tashkiliy , moliyaviy ,
kadrlarga oid zahmat va harakatlarni talab etadi. Shuning uchun bizni noaniq inqirozli davrda
eksperimentga juda oz hollarda beriladi.
Tashxislashni monitoringsiz tasavvur etib bulmaydi, tashxislashning jarayoni va natijalari
ham ilmiy ham amaliy jihatdan biz istagan modellashni amalga oshirilgani muhimdir.
Eng oddiy qilib tushuntiradigan monitoring jarayoni va aloqalarni ularni o‘zgarishini analizi va
bahosi, kuzatish, axborotni doimiy izidan tashkil etish holda ushbu o‘zgarilishi prognozlashni bildiradi.
Emperik ma’lumotlarni sistematik qayd etish va analiz sifatini axborot bazasini mumkin qadar
texnologik va electron jihatdan jihozlanganini talab etadi.
Yuqorida aytib o‘tkanimizdek monitoring kuzatuvining vazifasini sotsiomadaniy jarayonini borishi
tezkor nazorat etish oybekt holati o‘zgarishlarini aniqlash.
Monitoring xizmatini yanada murakkab vazifalari:
-o‘rganilayotgan jarayonlarning fazoviy vaqtiy, ssikliy va boshqa xarakteristikalarini o‘lchash;
-o‘rganilayotgan jarayon mohiyatli xarakteristikalariga ta’sir etuvchi turli omillarni ajratish;
367
-tadqiq etilayotgan jarayonlarni ekologik jarayonlarni o‘lchash;
Ushbu vazifalarni yechish uchun tadqiqotni ham konsepsual va metodologik ishlanganligi zarur.
Chunki dinamik jarayonlarni o‘rganishga yaqin nazariya va metodologiya kerak bo‘lganidek ushbu
jarayonlarni o‘lchashga alohida metodologik fan zarur bo‘ladi.(nafaqat miqdoriy , balki sifat
ko‘rsatkichlari ham) .
Monitoring ma’lum mehnatga boyligi va yuqori qiymati aniqligi uni tashxislash uchun yetib borib
bo‘lmaydigan qilib qo‘yadi. Shuning uchun tashxislashni kuzatib, qayd qilib beruvchi funksiyasi uchun
longityudlik, taqqoslash, qaytarish, panel tadqiqotlari taqdim etilgan. Ergodiklik funksiyasini obyektik
madaniy-tarixiy obrazini sekonstruksiyasini va tashxislashni majburiy metodologik tamoyili tarixiylik
va madaniy merosiylik tamoyili hal etib berishi mumkin.
Shunga qaramasdan monitoring tizimlar global muammolarni tashxislashi uchun zarur. Misol
uchun ekologik muammolar bu yerda jarayon o‘zgarishi mobaynida o‘z vaqtida aniqlash faktori o‘ta
zarur .
Do'stlaringiz bilan baham: |