Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZBEK QISSALARI TAHLILINING INNOVATSION



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘ZBEK QISSALARI TAHLILINING INNOVATSION 
USULLARI 
Hayitov Hamza Ahmadovich, 
BuxDUPI dotsenti 
Amonova Shahlo Aminovna, 
BuxDUPI 1- bosqich magistranti 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘zbek qissalarining g‘oyaviy badiiy tahlil qilish ilmiy 
nazariy talqin qilingan. 
Tayanch so‘zlar: 
Obraz va obrazlilik, qahramon, metod, xilma-xillik, zamon va makon, adabiy 
qahramon, tabiat tasviri, IMAK texnologiyasi, Skarabey texnologiyasi, shakl va mazmun, To‘maris, 
Doro, massagetlar va h.k. 


364 
“San`at – mo‘jizadir. Yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki, unga faqat san`at 
vositasidagina kirish mumkin”. San`atning turli ko‘rinishlari voqealikning, undagi hodisa, narsa va 
holatlarni o‘zlariga xos usullar yordamida aks ettiradi. Masalan musiqada – tovushlar ularning o‘zaro 
bog‘lanishi, uyg‘unligi orqali, badiiy adabiyotda esa so‘z obrazlar orqali namoyon bo‘ladi. Lekin shu 
holatda ham, ular orasida ma`lum darajada umumiylik mavjud. Bu umumiylik esa shundan iboratki, 
ularning hammasida voqelik badiiy – badiiy obrazlik tarzida aks ettiriladi. Mana shunday san`at va 
adabiyot nazariyasining ilk durdonalari Arastuning “Poetika” (Nafis san`atlar haqida) kitobi jahonda 
yuzaga kelgan eng birinchi adabiyotlardan sanaladi. Bu asar o‘sha davrning eng noyob durdonalari 
bo‘lgan. Bunda Arastu barcha san`at turlarini poeziya deb atagan. Poeziyaning drama, epos, lirika kabi 
ko‘rinishlarini tushuntirgan. Uningcha poeziyaning asosida HAYOT turadi. Bunday estetik qarashlar 
keyinchalik o‘sdi. Hozirgi paytda turli janrlarda yozilgan asarlarni tor ma`noda “Poetika” deb 
atashmoqda. Hozirgi kunda “Poetika” so‘zi o‘rniga “adabiyot nazariyasi” termini qo‘llanilmoqda. Mana 
shu Arastuning asarida adabiyotni turlarga ajratish an`anasi davom etgan holda uch guruhga ajratilgan. 
Drama, poeziya, epos – bular adabiy turlar hisoblanib, bunday asarlar o‘zlarining nutqiy shakllanishi 
jihatidan bir-biridan farqlanadi. Lirik asarlar tizma(she`riy) va sochma(nasriy) nutq shaklida bo‘ladi. Epik 
asarlar asosan sochma tarzda yoziladi. Epik asarda “o‘tmishda bo‘lib o‘tgan” voqealar qalamga olinadi, 
zero, zamonda kechib yuz berib bo‘lgan voqealarnigina hikoya qilib berish mumkin bo‘ladi. Epik asarda 
makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar aks etadi. Hayotni badiiy qamrash ko‘lami jihatidan epik 
turni quyidagi tartibda tasniflash mumkin: 
1.Kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse; 
2.O‘rta epik shakllar: qissa(povest) 
3.
Katta epik shakllar: epos, epik doston,roman,epopeya 
Yuqoridagi tasnifdan kelib chiqib, qissa haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, sujet jihatdan olinsa, 
roman ko‘p planli murakkab sujetga egaligi, qissa sujeti asosan bosh qahramon tevaragida uyushishi, 
hikoya syujeti odatda bitta yoki bir-biriga uzviy bog‘liq bir necha voqea asosiga qurilishi kuzatiladi. 
Qissada u yoki bu shaxsning, uning hayotining ma`lum bir davri ketma-ketlik tarzda bayon qilinadi. 
Qissaning ham roman kabi bir necha turlari bor. Mana shunday tarixiy qissalardan biri bu Sarigul 
Bahodirovaning “To‘maris” qissasi boshlang‘ich o‘qish kitobidagi alohida ahamiyatga egadir. Bu qissada 
jasurlik, vatanparvarlik va insoniylik jihatlari yaqqol namoyon etilgan. To‘rtinchi sinf o‘qish kitobida 
berilgan bu qissani o‘quvchilarga yetkazib berish maqsadida IMAK texnologiyasidan foydalansak 
maqsadga erishiladi. Texnlogiyaning maqsadi: o‘quvchilarda ishontirish va boshqara olish malakasini 
hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, ularni jamoada va turli xil vaziyatlarda 
o‘zini tuta olishga o‘rgatish. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: o‘quv jarayoni boshlanishida o‘qituvchi 
o‘quvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari bilan. tanishtiradi. O‘quvchidan biri mashg‘ulot 
shartlariga binoan xonadan chiqadi. Qolgan ishtirokchilar esa o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi 
ziddiyatni nazarda tutuvchi muammoli holatni o‘ylab chiqadilar. Muhokama qiladilar va tayyorlaydilar. 
Boshqacha aytganda, muammoli holatni rollarga bo‘lingan holda ijro etishga tayyorgarlik ko‘radilar. 4- 
sinf o‘qish kitobida qissadan berilgan parcha haqida tahlil qiladigan bo‘lsak avvalo, badiiy matn 5 asosiy 
tamoyildan iborat ekanligini yoddan chiqarmagan holda uni o‘quvchilarga chuqur holatda tahlil qilib 
berishimiz kerak. Bunda o‘quvchi qissadagi qahramonlarni o‘zi anglab o‘zi tahlil qilib ichiga kirib ketadi. 
Hattoki o‘zi bilmagan holatda qahramonlarni ijobiy va salbiy qahramonga ajratadi. Bunda o‘quvchi asar 
mazmunini uning qahramonlarini unutmaydigan holda eslab qoladi. Chunki ularda amaliy ko‘rsatiladi, 
rollarga bo‘linadi va o‘zi ijro etadi. Eng asosiysi esa asar mazmunini to‘liq tushunadi. Mana shu IMAK 
texnologiyasi yakunida o‘quvchilar "ishontirish uslublari" mavzusida mustaqil o‘qish uchun tarqatmalar 
oladilar. Mashg‘ulot yakunlangach, Skarabey texnologiyasidan foydalanib (universal texnologiya) qissa 
tahlili yakunlanadi. Bu texnologiyada ta'limdan tashqari tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga 
oshirishga imkon beradi: 

o‘zgalar fikriga hurmat; 

jamoa bilan ishlash mahorati; 

faollik; 

xushmuomalilik; 

o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirish. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklaridagi kichik epik asarlarni o‘qitishda 
innovatsion texnologiyalar stilizatsiyasi asosida dars jarayonlarini tashkil qilish davr talabidir. Epik 
asarlarning g‘oyaviy-badiiy mohiyatida didaktik tarbiya asosnoma vazifasini o‘tovchi bosh g‘oyadir. 
Bugungi zamon yoshlarini milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga zamon talablari asosida ta'lim 
berish davrimiz o‘qituvchilaridan jiddiy mas'uliyat talab qiladi. 


365 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish