Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV 
KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA MAKTAB VA OILA 
HAMKORLIGINING ROLI 
Habibova Kumushoy Hamidovna, 
BuxDUPI 1- kurs magistranti 
Majidova Mehrinigor Tursunovna, 
Buxoro viloyat Vobkent tuman 11-DMTT tarbiyachisi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi kommunikativ kompetensiyani 
rivojlantirishda ota-onalar va maktab hamkorligi haqida fikr yuritilgan. 
Tayanch soʻzlar: 
ta’lim, kommunikativ kompetensiya, moslashuvchanlik, hamkorlik, muomala 
madaniyati, samaradorlik, natija. 
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limning sifat va samaradorligiga erishishda kompetensiyaviy 
yondashuv, har bir sinf yoshiga mos badiiy adabiyotlar bilan boyitib borish, o
ʻ
quvchilarning darsdan 
tashqari faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, 
qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, o‘tkaziladigan darslar va tanlangan 
badiiy kitob manbaalarini bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish muhim vazifa 
hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning umumiy muhim kompetensiyalaridan biri bu - 
kommunikativ kompetensiya. Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda 
foydalana bilish ko‘nikmasi. Boshlang‘ich ta’limda bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash 
uchun maktab va ota-onalarning o‘zaro hamkorligi muhim hisoblanadi. Bunda: 
1.
Ota-onalarning maktab borasidagi fikrlarini inobatga olish; 
2.
Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishi masalalarida ota-onalarga bilim berish; 
3.
Ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; 
4.
Ota-onalarning maktab hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan 
iborat. 
Maktabning oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan 
hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, o‘quvchining ijobiy 
tomonlarini ko‘rsatib, keyin asta-sekinlik bilan uning xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, 
tevarak- atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil harakat qilish kerakligini uqtirish lozim. Biz 
o‘zbeklarda kamgaplik yaxshi fazilatlar qatoriga kiradi. Hozirgi kunda bu fazilat ikkilamchi bo‘lib 
qolmoqda. 
Chunki 
kamgap 
bo‘lsin 
deb 
muloqotdan 
qochadigan 
yoshlarni 
tarbiyalab 
qo‘ymayapmizmikan? Har bir ota-onani shu haqida mulohaza yuritishga chorlash maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi. 
Kommunikativ kompetensiya- ijtimoiy vaziyatlarda eng avvalo ona tili qoidalari asosida hamda 
birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga rioya 
qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatini ko‘zda tutadi. 
O‘quvchi yoshlarimizning kommunikativ kompetensiyasini qanday qilib rivojlantirishimiz mumkin? 
degan savol oldimizda turgan va hal etilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 
Kommunikativ kompetensiyaning yuzaga kelishi, uning rivojlanishiga quyidagi omillar to‘sqinlik qiladi: 
-Farzand uchun ota-onaning kam vaqt ajratishi; 
-Bolaning savollariga to‘liq javob bermaslik; 
-Ota-onaning bolaga badiiy kitoblar o‘qib bermasligi; 
-Bolaning fikrini tinglamaslik va savollariga to‘liq javob bermaslik; 
-Bolaning qobiliyatlariga yetarlicha baho bera olmaslik; 
-Ta’lim va tarbiyaning uyg‘unlashmasligi; 
-Bolalarni yoshlikdan kitobxonlik ruhida tarbiyalamaslik, ularga kitob o‘qishda o‘rnak bo‘lmaslik 
va shunga o‘xshash ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarni o‘z 
vaqtida bartaraf etmasak farzandlarimiz fe’l-atvorida tortinchoqlik, mustaqil fikrlay olmaslik, kamgaplik, 
muloqotga kirisha olmaslik, o‘z fikrini bayon etishga qiynalish kabi sifatlar shakllanib qolishi, shu bilan 
birga bolaning ruhiyatiga singib qolishi mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, butun borliqni anglashga intilayotgan jajji yurakchalarga 
to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish lozim. Farzandini ertangi kuniga katta umidlar bog‘layotgan har bir ota- 
onadan bu davrlarni va shu davrlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni yaxshi bilishi talab qilinadi. Har birimiz 
farzandimizni muloqotga kirishuvchan, jamoa bilan tez til topisha oladigan, turli vaziyatlarga 
moslashuvchan, mustaqil fikrlaydigan va bilimli bo‘lishini xohlaymiz. Bu maqsadimizni amalga oshirish 


323 
uchun bolalarda kommunikativ qobiliyatni va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishimiz lozim. 
Bu ikki atama bir olmaning ikki pallasiga o‘xshaydi. Biri ikkinchisini doimo to‘ldirib turadi. 
Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish uchun avvalo kommunikativ qobilyatni rivojlantirish talab 
etiladi. Ularni birgina farqli tomoni shundaki kommunikativ kompetensiyada biror xorijiy tilni bilish va 
unda muloqot qila olish talab etiladi. Kommunikativ qobilyat esa bu kishining boshqa odamlar bilan 
bo‘ladigan muloqotni yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik qovushuvchanlikni 
ta’minlaydigan qobilyatdir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish