Elektrokimyoviy korroziyalanishga turli omillarning ta’siri
Ilgari aytib utganimizdek korroziyalanishga ta’sir etuvchi
omillar shartli ravishda ikki turga, ya’ni tashki (muxit tabiati
uning kimyoviy tarkibi, korroziyalanishni tezlashtiruvchi yoki
sekinlashtiruvchi kushimchalarni eritmada ishtirok etishi) xamda
ichki omillar (metallning tarkibi, tuzilishi, strukturasi,
kuchlanishi, yuzining xolati va boshkalar) ga bulinadi.
SHulardan eng asosiysi muxitning vodorod kursatkichi rN dir.
SHularga ayrim misollarni keltiramiz.
Agar muxit (eritma) da oksidlovchi bulmay, fakatgina xavo
kislorodi bulsa Au va Pt ni korroziyalanishi birinchi
rasmdagidek buladi. Ikkinchi rasmdan kurinib turibtiki, bu
metallarning oksidlari ishkoriy va kislotali muxitda eriydi. Bu
metallarning gidrat oksidlari amfoter oksidlardir.
ZnO kislotali muxitda tegishlicha tuz xosil kilib, ishkoriy
muxitda tsinkatlarni - Na
2
ZnO
2
- xosil kiladi.
SHunday kilib bu metallar kislotali va ishkoriy muxitlarda
ximoya pardadan maxrum bulganliklari uchun bunday
muxitlarda korroziyalanadi. Xar bir metall uchun uzining
korroziyalanish tezligini muxitga nisbatan egri chizigi bor. Biz
bu erda ularni xammasi uchun bunday egri chizikni bir
kurinishda ifodaladik. Keltirilgan misoldagi metallar ishkoriy
muxitda erimaydigan parda xosil kilgani sababli, bu parda
metallni ishkoriy muxitda korroziyalanishdan saklaydi. Ammo
bu pardalar kislotali muxitda eriydi, ya’ni metallar - Fe, Ni, Sd,
Mq - korroziyalanadi. Ta, Mo, W esa, aksincha, ishkoriy
muxitda korroziyalanib kislotali muxitga turgun buladi. Kuyida
ayrim metallarni xar xil muxit ta’siriga bulgan munosabati
keltirilgan:
Metall Al Pb Sn Zn Fe
rN 7 8 9 10 14
Bunday muxitda metallar juda xam oz mikdorda emiriladi.
Metallarning korroziyalanishiga rN kursatkichdan tashkari
neytral tuzlarning anion va kationlarning xarakteri, ularning
kontsentratsiyasi, xarorat, bosim, eritmani elektroditga nisbatan
tezligi va kupgina omillar ta’sir etadi.
Temir va uning qotishmalari ishkoriy muxitda eriydigan
kompleks birikmalar xosil kilmagani sababli, uning sirtidagi
parda metallni korroziyalanishidan saklaydi. Muxitning rN
kiymati ortib borishi bilan temir (gg) -gidroksidni eruvchanligi
kamaya boradi va rN kiymati kamayishi bilan uning
eruvchanligi ortib boradi.
Temir va uning qotishmalari kuchli oksidlovchilar, masalan
HNO
3
, ta’sirida passiv xolatga utadi, ya’ni bu kislota ta’siriga
bardosh beraoladigan buladi. Kontsentratsiyalari 35% dan
yukori bulgan HNO
3
yoki kontsentratsiyasi 60% dan yukori
bulgan H
2
SO
4
kislotalarning korroziyalash ta’siri, ular ta’sirida
temir va uning qotishmalari passiv xolatga utganligi sababli,
keskin kamayib boradi. SHuning uchun bu kislotalarni
kontsentrlangan eritmalarini temir tsisternalarda (idishlarda)
saklash va tashish mumkin. Ammo Hl, H
3
PO
4
, SH
3
SOOH,
HSOOH va boshka kislotalar (ayrimlari) temir qotishmalarini
xar kanday sharoitda xam emiradi, ya’ni temir va uning
qotishmalari bu kislotalar ta’siriga bardosh beraolmaydi.
Atmosfera ta’siri natijasida temir va uning qotishmalari
sirtini avvaliga govvak chukma tarzida temir (gg) - oksidi, sung
esa temir (ggg) - oksidi, umumiy nomi zang deb ataluvchi va
kuyidagi tarkibga -xFeO
.
uFe
2
O
3
.
zH
2
O - ega bulgan chukma
koplaydi. Bunday chukma temir va uning qotishmalarini
korroziyalanishdan saklay olmaydi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Xamraev A.L. Konstruktsion materiallar va metallar korroziyasi
fanidan ma’ruza matni. Toshkent, TITLP, 1999 y.
2.
Klinov I.YA. Korroziya ximicheskoy apparaturы i
korrozionnostoykie materialы. M.,Mashinostroenie,1967,468 s.
3.
Klinov I.YA. Ximicheskoe oborudovanie korrozionnostoykom
ispolnenii. Spravochnik. M., Mashinostroenie 1970, 589 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |