Lazer nurlanishi
Lazer yoki optikali kvant generatori - bu majburiy (stimullangan)
nurlanishdan
foydalanishga asoslangan optik diapozondagi elektromagnit nuri generatoridir.
Faol muhit hususiyatiga qarab, lazerlar qattiq jismli (shisha yoki kristalda),
gazsimon, bo’yoqlardagi lazer, kimyoviy, yarimo’tkazgichli va boshqalarga bo’linadi.
Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun lazer nurlanishining xavflilik darajasi bo’yicha,
lazerlar to’rt sinfga bo’linadi:
- I sinf (xavfsiz) – nurlanish chiqishi ko’z uchun xavfli emas;
- II sinf (xavfi kam) - to’g’ridan to’g’ri yoki ko’zgudagi aks etgan nurlanish ko’z
uchun xavfli;
- III (xavfi o’rtacha) - to’g’ridan to’g’ri yoki ko’zgudagi aks etgan, 10 sm.masofada
aks etuvchi yuzadagi aralash nurlanish ko’z va teri uchun xavfli;
- IV sinf (juda xavfli) - 10 sm.masofada aks etuvchi yuzadagi aralash nurlanish
teri uchun juda xavfli;
Tasniflash, nurlanishni ko’rish organi va teriga o’ziga hos ta’sirini belgilaydi.
Genirirlangan lazer nurlanishining xavflilik darajasini baholashda
etakchi mezon sifatida,
kuchlanish (energiya), to’lqin uzunligi, impuls vaqti va nurlanish ekspozitsiyasi kattaliklari
qabul qilingan.
Lazer nurlanishidan himoya vositalari
Lazer bilan ishlashda, mehnat xavfsizligi sharoitini ta’minlovchi
shahsiy himoya
vositasiga, ko’zga nurlanish ta’sirini kamaytiruvchi mahsus ko’zoynak, qalqon, niqoblar
kiradi.
Lazer bilan ishlovchi xodimlar (yilda 1 marta) terapevt,
nevropatolog va
okulistlarda dastlabki va davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart
Turg’un elektr
Bu izolyatsiyalangan o’tkazkich yoki yarim o’tkazkich materiallar, dielektr xajm va
erkin elektr earyadini yuzadagi relaksatsiyasi bilan bog’liq sodir bo’ladigan,
saqlanadigan
hodisalar yig’indisidir. Doimiy elektrstatistik maydoni (ESM) - bu ular o’rtasidagi o’zaro
ta’sirni amalga oshiruvchi xarakatsiz zaryadlar maydonidir. Turg’un elektr zaryadlari,
kontaktda bo’lgan ikki jismning nisbatan aralashishida, kristallashishda,
shuningdek induktsiya
natijasida paydo bo’ladi.
ESM maydonda faoliyat ko’rsatayotgan kuch bilan belgilanadigan kuchlanishni
( E), nuqtali elektr xaryadiga, ushbu xaryadni kattaligiga nisbati bilan ta’riflanadi. ESM
kuchlani birligi voltni metrga nisbatidir (V/m).
Elektr maydoni energetika qurilmalari va elektr texnologik
jarayonlarda hosil
bo’ladi. Hosil bo’ladigan manbalarga qarab, elektr maydoni aslida turg’un elektr maydoni
(xarakatsiz zaryadlar maydoni) yoki statsionar elektr maydoni (doimiy tok elektr maydoni)
ko’rinishda mavjud bo’lishi mumkin.
Biologik ta’sirchanlikni o’rganish uchun olib borilgan tekshirishlar, asab, yurak-qon
tomir, neyrogumoral va organizmning boshqa a’zolari elektr
maydoniga nisbatan juda
sezuvchan bo’lishini ko’rsatdi.
Elektr maydoni ta’siri bor zonada ishlayotgan xodimlarda asabiylik, bosh og’rig’i,
uyqusizlik, ishtaha buzilishi kabi turli shikoyatlar yuzaga keladi. Xodimlarda razryad kutish
qo’rqinchi sabab bo’lgan o’ziga hos “fobiya” (qo’rqish) mavjud. “Fobiya”ga mayl asosan yuqori
hissiy ta’sirlanish bilan birga sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: