MUNDАRIJА
So’z bоshi ..................................................................................……..........……….
1. Ish jоyi yoritilishini tеkshirish.. ……………………..….…………………......
2. To’siqli konstruktsiyalarda tovush izolyatsiyasini o’rganish …………………
3. Elektromagnit nurlanishdan himoyalanish..…………………………………...
4. Inson tanasining elektrga qarshiligini o’lchash..……..………………………..
5. Tokni yerda yoyilish zonasidagi xavfsizlik sharoitini o’rganish ……………..
6. 1000 v kuchlanishgacha bo’lgan uch fazali o’zgaruvchan tok tarmog’ida
elektr xavfsizligini o’rganish…………………………………………………..
7. Izolyatsiya holati nazorati………………………………………………………
8. Tok ta’siri ostida shikastlanganlarga to vrach
kelguncha birinchi tibbiy
yordam ko’rsatish usularini o’rganish………………………………………….
9.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va Baxtsiz xodisalarni tekshirish.……...
KIRISH
Ushbu uslubiy ko’rsаtmа «Hаyot fаоliyati hаvfsizligi. Ekologiya» fаni
bo’yichа tajriba ishlаrini nаzаriy vа аmаliyotdа bаjаrilishining аsоsiy hоlаtlаrini
o’rgаnishdа tаlаbаlаrgа yordаmchi mаnbа bo’lib hisоblаnаdi.
Hаr bir tajriba ishining mаzmuni, mаshg’ulоt mаqsаdini, tаlаbаning mustаqil
ishigа
tоpshiriqni, tаlаbа bilim dаrаjаsini аniqlаsh uchun nаzоrаt sаvоllаrini,
nаzаriy mаtеriаlni o’rgаnish bo’yichа uslubiy ko’rsаtmаni o’z ichigа оlаdi .
Hаr bir mаvzu ustidа
ishlаsh ikki qismdаn ibоrаt, ya`ni аuditоriyadаn
tаshqаri mustаqil ishlаsh vа аuditоriyadа o’qituvchi bilаn ishlаsh.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” yo’nalishi bo’yicha tajriba ishlari
fanning ish
dasturiga muvofiq olib boriladi.
Tajriba ishlari, yo’nalishning nazariy qismi tugagandan so’ng, olingan
bilimlarni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
Ish olib borishning aralash
printsipidan foydalaniladi,
bunda uslubiy adabiyotlardan, sxema, uskunalar ishini
texnik ta’rifi kabi ishlarni o’rganishga
tayyorlanish qismi mustaqil
mashg’ulotlarda bajariladi.
Tajriba ishi texnika xavfsizligi qoidalarni o’rgangandan so’ng, o’qituvchi
nazorati ostida bajariladi. Har bir tajriba ishini bajargandan so’ng, bitta
mashg’ulotni bajargan talaba yoki bir guruh talabalar ish mazmuni, maqsadi,
foydalanilgan uskuna va asboblar ro’yhati, o’lchovlar bayonnomasi, hisob-kitoblar,
grafiklar, xulosalar va har bir tajriba ishi vazifalarida
berilgan nazorat savollari
kabi ishlar yoritilgan hisobotni rasmiylashtiradilar. Tajriba ishi o’qituvchi
tomonidan har bir talabadan alohida qabul qilinadi.